Nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga ijtimoiy nafaqa qanday toʻlanadi
Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga ijtimoiy nafaqa toʻlash tartibi belgilandi
Soddalashtirilgan tartibda iqtisodiy sud ishini yuritishning asosiy xususiyatlari
Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan soddalashtirilgan tartibda ish yuritish toʻgʻrisidagi bobni koʻrib chiqamiz
Bogʻdorchilik subsidiyalar va kreditlar boʻyicha kafillik berish bilan qoʻllab-quvvatlanadi
Prezidentning 20.03.2019 yildagi PQ–4246-son qarori bilan Oʻzbekistonda bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Oʻzbek madaniyati nufuzini oshirganlik uchun – koʻkrak nishoni
Vazirlar Mahkamasining 20.03.2019 yildagi 236-son qarori bilan «Madaniyat va san’at fidokori» koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Norezidentlarning foydasini repatriatsiya qilishga ruxsat berildi
Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi va Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi
Qoʻriqxonalar markazlashtirilgan tartibda boshqariladi
Prezidentning 20.03.2019 yildagi PQ–4247-son qarori bilan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufidagi qoʻriqxonalar va buyurtma qoʻriqxonalar Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazildi
Shikoyat boʻyicha birinchi majlis qachon oʻtkaziladi?
Iqtisodiy protsessual kodeksda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi shikoyatni (protestni) koʻrish boʻyicha birinchi majlis oʻtkaziladigan muddat qayd etildi
Ustav fondining eng kam miqdorini muassislar belgilaydi
Qonun hujjatlaridagi yuridik shaxslar ustav fondining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi talablar chiqarib tashlandi
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun uchastkani qanday olish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 yildagi 224-son qarori bilan oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomili mexanizmi tasdiqlandi
Hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish: asoslar aniq belgilandi
Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (20.03.2019 yildagi OʻRQ–531-son Qonun)
Yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulkni notariussiz sotish mumkin
Fuqarolik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (20.03.2019 yildagi OʻRQ–531-son Qonun)
Taksida yurganda: yaqin kelajakda qanday hisoblashamiz?
Prezidentning «Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori – taksini jihozlashning muqobil texnologiyalarini izlashga zamin yaratdi. Ertaga xatolarni tuzatmaslik, safar yaxshi taassurot qoldirishi uchun nimalarga e’tibor berish lozim?
Toshkentda Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etiladi
Prezidentning 2019 yil 20 martdagi PQ–4245-son qarorida shu nazarda tutilgan.
Aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlari uchun taqdirlaydilar
Vazirlar Mahkamasining 22.03.2019 yildagi 240-son qarori bilan «Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi» koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi, deya xabar beradi Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida.
Ish oʻrinlarini tashkil etish uchun – subsidiyalar
Prezidentning 5.03.2019 yildagi «2019 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida»gi PQ–4227-son qarori qabul qilindi.
Biznesning fikri inobatga olindi: TIF soddalashtiriladi
Adliya vazirligi va DBQ tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi muammolarni oʻrganib, tadbirkorlardan kelib tushgan takliflarni inobatga oldi. Natijada sohani liberallashtirishga doir hujjat loyihasi ishlab chiqildi.
Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini himoyalash boʻyicha majburiyatlar aniq belgilanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Majburiy avtosugʻurta: yangi polislar, toʻlov miqdorlari va koeffitsiyentlar
Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 yildagi «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 222-son qarori qabul qilindi
XUMSh uchun gaz arzonlashishi mumkin
1 kub metr uchun belgilangan tarifni 600 soʻmdan 320 soʻmgacha pasaytirish taklif qilinmoqda
Navroʻz arafasida 44 nafar fuqaro afv etildi
Prezidentning 19.03.2019 yildagi tegishli Farmoniga sharh e’lon qilindi
Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslar uchun dispetcherlik xizmati tashkil etiladi
Prezidentning 18.03.2019 yildagi «Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4242-son qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishga hozirlik koʻrmoqda
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlovchi respublika idoralararo komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deya xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR-markazi
«Alkogol» litsenziyasi qanchaga tushadi
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulgurji sotish faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibi loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan
Issiq suv qachon oʻchiriladi?
Navbatdagi isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish uchun 2019 yil bahorda Toshkent shahar issiqlik tarmoqlarini sinash jadvali tasdiqlandi, deya xabar beradi «Toshissiqquvvati» DUK
Chorvachilikni rivojlantirishga zaxira yerlar ajratiladi
Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilayotgan ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga esa subsidiyalar ajratiladi
Qaysi yoʻllar pullik boʻladi
«Pullik avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasida pullik avtoyoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik salohiyatini faol qoʻllash nazarda tutilgan
BAA fuqarolariga – 30 kunga vizasiz rejim
Prezident 18.03.2019 yilda «Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi
QR-kodlar yordamida naqd pulsiz hisob-kitob qilish: uni faol joriy etishga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
QR-kodlarni qoʻllagan holda oʻzaro hisoblashish usullari tobora ommalashib bormoqda. Ayni paytda ushbu texnologiyani qoʻllashda muammolar yuzaga kelmoqda, ularni yaqin orada hal etish kerak boʻladi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


