Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
23.11.17

Birinchi raqamli Bosh buxgalter Attestatini kimlar oladi

Bu savolga javobni 16-17 dekabr kunlari birinchi marotaba Buxgalterlar malakasini baholash tizimi doirasida oʻtkaziladigan imtihon natijalariga koʻra bilib olamiz

23.11.17

«Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti laureatlariga – 50 EKIH va OTMga imtihonsiz kirish imkoniyati

Prezidentning 22.11.2017 yildagi 3402-son qarori bilan «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti ta’sis etildi

23.11.17

Byudjet xodimlariga bir necha lavozimda ishlaganlik uchun – maoshning 50%i, shifokorlarga esa 2 stavkaga ruxsat berildi

Vazirlar Mahkamasining 20.11.2017 yildagi 920-son «Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash davlat tizimi tashkilotlarini kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori tasdiqlandi

23.11.17

Dam olish kuni ishlashdan qachon bosh tortish mumkin

Dam olish kunlari bizga ishdan chalgʻish va oila hamda doʻstlar davrasida hordiq chiqarish uchun beriladi. Ammo bu borada qonunchilikdagi oʻziga xos jihatlarni bilmaslik, maza qilib dam olish huquqidan mahrum etishi mumkin

22.11.17

Qanday kasalliklarda akademik ta’til olish mumkin

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining (roʻyxat raqami 2138-1, 2017 yil 17 noyabr) qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

22.11.17

Laboratoriyalar tanlov asosida asbob-uskunalar bilan jihozlanadi

Fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasining qarori (roʻyxat raqami 2947, 2017 yil 15 noyabr) bilan Davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) va ilmiy laboratoriyalarni zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

22.11.17

Energiya servis shartnomasini tuzish qachon taklif etiladi

Lugʻatimizga «energiya servis shartnomalari» tushunchasi asta-sekin kirib kelmoqda. Hozircha ushbu atamadan tor doiradagi mutaxassislar foydalanishmoqda, biroq yaqin oylarda u keng muomalaga kiritilishi kutilmoqda

22.11.17

Vrach toifasi uchun – notarius va testlarsiz

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1, 2017 yil 16 noyabr) bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi

22.11.17

Yosh olimlardan kimlar xorijiy stajirovka oʻtashga yuboriladi

Fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasining qarori (roʻyxat raqami 2948, 2017 yil 15 noyabr) bilan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborishni tashkil etish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

22.11.17

Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega askarlar - OTMga imtihonsiz, grant asosida

Prezidentning 17.11.2017 yildagi PQ-3394-son Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori imzolandi

21.11.17

Hunarmandlarga – soliq imtiyozlari, arzon kreditlar va «nol» qiymatda xususiylashtirish

Prezidentning 17.11.2017 yildagi PF–5242-son «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi

21.11.17

Maqomchilar ansambllari 2023 yilgacha soliqlardan ozod etildi

Prezidentning 17.11.2017 yildagi «Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi

21.11.17

"E-SUD" tizimi takomillashtirilmoqda

Poytaxtda «Ye-SUD» milliy elektron axborot sudlov tizimidan foydalanish tartibi va uni yanada kengaytirish istiqbollariga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi

21.11.17

Ohangaronda yuqori samarador ekologik toza texnologiyalar joriy etilmoqda

Mamlakatimizdagi eng yirik sanoat markazlaridan biri «Ohangaron yashil shahar» loyihasini roʻyobga chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Gap uy-joy sektorida yangi yuqori samarador ekologik toza texnologiyalarni joriy etish haqida bormoqda

21.11.17

Tadbirkor uchun tashrifnoma-sayt

Avvalgi materiallarimizda ijtimoiy tarmoqlarning biznes uchun ahamiyati va ularda sahifalarni qanday yuritish kerakligi haqida yozgan edik. Xususan, bir sahifalik saytlar-lendinglar haqida tushuncha berib oʻtgandik. Bu safar esa oʻziga xos tashrif qogʻoziga aylanishi mumkin shunday bir sahifalik saytlarni yaratishga urinib koʻramiz

21.11.17

Termiz tumanida Afgʻoniston talabalari oʻqitiladi

Vazirlar Mahkamasining 13.11.2017 yildagi 911-son «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

20.11.17

1 dekabrdan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar 15% oshiriladi

Prezidentning 20.11.2017 yildagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

20.11.17

Zargarlar oʻz uyushmasiga ega boʻldi

Prezidentning 15.11.2017 yildagi PQ–3388-son qarori bilan Oʻzbekiston zargarlik sanoati uyushmasi («Oʻzbekzargarsanoati» uyushmasi) tashkil etildi

20.11.17

Suv ta’minoti uchun oldindan toʻlov – 100%

Prezidentning 16.11.2017 yildagi «Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi

20.11.17

Gaz va elektr energiyasi uchun tariflar 2018 yilning aprel oyidan oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 14.11.2017 yildagi 913-son Yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi

20.11.17

Geologik xavfli hududlarda qurilish toʻxtatib turiladi

Vazirlar Mahkamasining 13.11.2017 yildagi 909-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

20.11.17

Eksport kontrakti boʻyicha debitorlik qarzi 120 kunda soʻndirilishi kerak

Prezidentning 3.11.2017 yildagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

20.11.17

Qanday dorilar hayvonlar uchun xavfsiz

Vazirlar Mahkamasining 11.11.2017 yildagi 905-son qarori bilan Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi

20.11.17

Oʻzbekiston milliy universitetida taekvondo fakulteti ochiladi

Prezidentning 16.11.2017 yildagi qarori bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish nazarda tutilmoqda

17.11.17

Yoshlar ittifoqi yetakchilari uchun – OTMga imtiyozli kirish

Vazirlar Mahkamasining 14.11.2017 yildagi 914-son “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

17.11.17

OTMga kirish test sinovlari natijalari ertasi kuni e’lon qilinadi

Prezidentning 16.11.2017 yildagi PQ-3389-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

17.11.17

Prokuraturaning oʻz telestudiyasi boʻladi

Prezidentning 14.11.2017 yildagi PQ-3387-son “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

17.11.17

Energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilar identifikatsiyalanadi

Vazirlar Mahkamasining 13.11.2017 yildagi 908-son qarori bilan Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.