Qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berish tartibi soddalashtirildi
Endilikda, bunday yerlarni ijaraga berish natijalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlanmaydi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti nima bilan shugʻullanadi
Institut oʻtgan yil yakunida tashkil etilgan boʻlib, uning tuzilmasiga Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi kiradi.
Kichik biznes rivojiga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
Kichik biznesdagi toʻsiqlar sabablarini Moliya vazirligi va DSQ tushuntirib beradilar. Ular tadbirkorlar orasida soʻrovlar oʻtkazib, tegishli chora-tadbirlarni koʻradilar.
“Milliy dispetcherlik markazi” DUK tashkil etiladi
“Milliy dispetcherlik markazi”ning asosiy vazifalari orasida - yagona elektr energetika tizimini operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash, elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarida nimalar rejalashtirilgan
Ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining ushbu Dasturlarga kiritish uchun ularning haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari maktab, bogʻcha va poliklinikalarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi
Shu yilning may oyidan boshlab maslahatlar berib borish maqsadida “E-huquqshunos” elektron tizimining Sall-markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi, avgustga qadar esa ushbu tizimga davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari ulanadi.
Xususiylashtirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar belgilandi
“Universal Mobile Systems”, "Oʻzdonmahsulot” korxonalari, "Oʻzagroservis” koʻchmas mulk ob’yektlari, tugatilayotgan “Oʻzagrokimyohimoya” binolari va boshqalar savdoga chiqariladi.
Mulkdor buzilgan va berilgan uy-joyning bozor qiymati oʻrtasidagi farqni toʻlamaydi
Qator qonun hujjatlariga soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish, davlat bojini toʻlash, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish va boshqalarga taalluqli oʻzgartirishlar kiritildi.
Adliya organlari tizimi qayta tashkil etiladi
Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligiga Adliya vazirligi mutasaddi boʻladi.
Senatorlar Mehnat kodeksining yangi tahririni tasdiqlashdi
Shuningdek, Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi, yangi tahrirdagi “Reklama toʻgʻrisida”gi, “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlar ma’qullandi.
Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini 3 foiz bandga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Markaziy bank boshqaruvi 2022 yil 17 martda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14%dan 17%gacha oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Soliq sohasi raqamlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qoʻmitasida soliq sohasini takomillashtirish boʻyicha navbatdagi vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish: qoidalar va talablar
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Notariuslar tomonidan undiriladigan toʻlovlarning miqdori oʻzgartirildi
Garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash uchun haq miqdori kamaytirildi, oʻz navbatida, meros ishi boʻyicha tushuntirishlar berish haqi ikki baravarga oshirildi.
Davlat nuroniylarni qoʻllab-quvvatlaydi
Shu maqsadda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasiga 2022 yilda 50 mlrd soʻm ajratiladi.
2021 yil uchun Davlat byudjeti: fuqarolarning daromadlari oshdi
Moliya vazirligi “Davlat byudjeti daromadlarining 2021 yildagi ijrosi boʻyicha dastlabki natijalar” hisobotini e’lon qildi. Ushbu hujjatning muhim koʻrsatkichlarini taqdim qilamiz.
Ikkita sport mahorati maktabi tashkil etiladi
Iqtidorli sportchilarni, Olimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini tayyorlash uchun boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi va gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etiladi.
Davlat mulki ijarasi stavkalari tasdiqlandi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2022 yil uchun 1 kv. m uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi.
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar tasdiqlandi
Ularni amalga oshirish uchun 262 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun OTB krediti 25 yil ichida qaytariladi
Vazirlar Mahkamasining «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va oʻrta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Tashqi qarzlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Avtomobil tarixi» davlat xizmati joriy etildi
Uning yordamida avtotransport haqidagi umumiy ma’lumotlar, bosib oʻtgan masofasi, YTH sodir etilganligi, mavjud qoidabuzarliklar va boshqalar haqida bilib olish mumkin boʻladi.
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Mehnat kodeksi koʻrib chiqiladi
Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisini 17 mart kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur tasdiqlandi
Uning bandlaridan biri ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari qaytarish shartisiz qoplab borilishini nazarda tutadi.
Oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Uch mamlakat hududida 2022 yil 1 iyundan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinadi.
Milliy tabiat bogʻlari tashkil etiladi
Ular Qoraqalpogʻiston, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi «Orolqum», «Pop», «Omonqoʻton», «Yuqori Toʻpalang» va «Bobotogʻ» bogʻlaridir.
Muayyan geografik ob’yekt hududidan kelib chiqqan tovarlar identifikatsiyalanadi
“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Uning normalari geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuzilmasida 1 257 nafar xodim ishlaydi
Shuningdek mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


