Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchi mas’ul shaxsiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi
Investitsiya faoliyatini tashkil etish boʻyicha mas’ul shaxs yuridik shaxsning moliyaviy va iqtisodiy faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi lozim.
20 avgust - Tadbirkorlar kuni
Prezident tomonidan “Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.
Davlat byudjeti xarajatlari oshirildi
Oʻzgartirishlar davlat maqsadli jamgʻarmalari va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini moliyalashtirishga daxl qildi.
Yoshlar tadbirkorlikka qanday jalb qilinadi
Jumladan, boshqalar qatorida, yosh tadbirkorlarga 540 mln soʻmgacha miqdorda kreditlar beriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga imtiyozlar beriladi
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun har oyda BHMning 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.
Xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirishda nimalar oʻzgardi
Bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bojxona: xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini nazorati va rasmiylashtiruvi
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga xorijiy davlatlardan olib kirilayotgan va ushbu hududdan yuborilgan joʻnatmalarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi belgilandi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻqitiladi va ish bilan ta’minlanadi
Xususan, har bir hududda bittadan davlat xizmatlari markazida nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashini ta’minlash boʻyicha tajriba-sinov loyihasi joriy qilinadi.
Kam ta’minlangan oilalarga Yangi yilga 800 ming soʻmdan toʻlanadi
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
IIV ta’lim muassasalarida YHQni oʻrgatish bilan shugʻullanadi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
“Termiz” EIZ kengaytiriladi
"Boysun-farm" EIZ hududi uning hududi tarkibiga qoʻshiladi.
2022 yilda qaysi kunlar dam olish kunlari boʻladi
Prezident tomonidan “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Oilaviy biznesga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Ular mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining tavsiyasi asosida beriladi.
Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi
Jamgʻarma, boshqalar qatorida, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishni moliyalashtiradi.
Milliy gvardiya qoʻriqlash bosh boshqarmasining boʻlinmalari xizmatlar koʻrsatishadi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Favqulodda holat toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Unda «komendantlik soati», «favqulodda holat», «FH rejimini ta’minlash boʻyicha davlat komissiyasi», «hudud komendanti» va boshqa tushunchalar qoʻllaniladi.
Tomorqalarni rivojlantirish uchun kredit va subsidiyalar ajratiladi
Shuningdek, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi fermer xoʻjaliklarida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha bittadan agronom shtati tashkil etiladi.
Kimyo klasterining vazifalari belgilandi
Ular orasida - kimyo sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini kimyo sanoati korxonalariga tatbiq etish.
Monopoliyalarning mutlaq huquqlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yoʻnalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Yetim bolalar uy-joy bilan ta’minlanganda soliq toʻlanishi lozimmi
Prezidentning 9.08.2021 yildagi PQ-5216-son qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kvartiralar bilan ta’minlanishi lozim.
Banklar aktivlari sifatini tasniflash tartibi oʻzgartirildi
Shuningdek kredit shartnomasi shartlari qayta koʻrib chiqilayotgan vaqtda qarzdorning barcha banklardan olingan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi lozim.
Meva-sabzavotchilik sohasi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xoʻjaliklariga eksport shartnomasi mavjud boʻlib, hosilni xavf-xatardan sugʻurtalash xizmatidan foydalanganda toʻlangan sugʻurta mukofotining 50%i qoplab beriladi.
Davlat dasturlari shakllantirilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi
Markaziy bank yangi koʻrinishdagi qiymati 50 000 soʻm va 100 000 soʻm boʻlgan pul belgilarini muomalaga chiqarmoqda.
2022 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun ma’qullandi
Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida qator qonunlar ma’qullandi.
Davlat xizmatchilari uchun odob-axloq qoidalari ishlab chiqildi
QHTBT portalida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Gidroenergetikani rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish hisobiga yangi quvvatlar tashkil etish hamda amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish orqali 2030 yilda respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvati 3 416 MVt ga yetkaziladi.
Armiyada - yangi farqlovchi nishon
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


