Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
28.04.20

Biznes va fuqarolarga davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari

Prezident tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi choralar paketi qabul qilindi.

27.04.20

Mahkumlar va pedagogik xodimlarning huquqlari kengaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23 aprelda onlayn rejimida oʻtkazilgan navbatdagi yalpi majlisida bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

27.04.20

Shifokor-epidemiologlarga toʻlovlar oshirildi

Prezident tomonidan 24.04.2020 yildagi koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi PQ-4695-son qaror imzolandi.

27.04.20

knigi.uz internet-doʻkoni mutaxassislarga masofadan turib ishlashda yordam beradi

«Norma» nashriyoti karantinga qaramay, buxgalterlar, kadrlar boʻyicha mutaxassislar va yuristlar uchun foydali kitoblarni xarid qilishning qulay usulini taklif etmoqda. knigi.uz internet-doʻkoni oʻz ishini davom ettirmoqda.

25.04.20

1 maydan tashqi savdoga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi

Yil oxiriga qadar tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo eksporti va sement importi taqiqlandi. Bu pandemiyaning iqtisodiy oqibatlaridan kelib chiqib Hukumat tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar jumlasidandir.

25.04.20

DipIFR (rus) uchun kadrlarni qanday qilib tez va tejam bilan tayyorlash mumkin

Prezidentning «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingach, MHXS boʻyicha mutaxassislarga talab ancha oshdi. Qanday qilib xodimlarni imtihonga tez, tejam bilan va sifatli tayyorlash mumkin?

25.04.20

Karantin cheklovlari yumshatilmoqda

Koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan bir qator yoʻnalishlar faoliyatini qayta boshlash uchun ruxsat berildi.

24.04.20

Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishga $300 mln ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni toʻqimachilik sanoati barqarorligini ta’minlash, pandemiyaning sohaga ta’sirini yumshatish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

24.04.20

SOVID-19: xorijiy hamkorlar Oʻzbekistonga $3 mlrd dan ortiq mablagʻ ajratadilar

Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4691-son qarori qabul qilindi.

24.04.20

Yangi ERIni endi onlayn olish mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslarga ERI kaliti va sertifikatini masofadan berish xizmatini Davlat xizmatlari agentligi va DSQ joriy etdi.

23.04.20

Propiska tizimi qanday isloh qilinadi

Prezidentning 22 apreldagi doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilishga doir Farmoni imzolandi.

23.04.20

Karantin davrida dori vositalari qanday sotiladi va yetkazib beriladi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dori-darmonlarni iste’molchilarga yetkazib berishda qoidabuzarliklar oʻsib borayotganligini qayd etdi.

23.04.20 NHH loyihalari
23.04.20

Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali kechki boʻlim ochishni koʻzlamoqda

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori QHTBT portalida joylashtirilgan.

23.04.20

Aholi bandligi qanday ta’minlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni aholi bandligini ta’minlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

22.04.20

Badiiy akademiya huzurida ikkita muassasa tashkil etildi

Prezident 21 aprelda tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir qarorni imzoladi.

22.04.20

Behzod tavalludining 565 yilligini nishonlash yuzasidan nimalar rejalashtirilgan

2020 yil oktyabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlash yuzasidan bayram tadbirlari rejalashtirilgan.

22.04.20

Yirik soliq toʻlovchilarga avtoda harakatlanish uchun stiker beriladi

Ruxsat beruvchi stikerlar ushbu korxonalar xodimlarining shaxsiy va xizmat avtomobillariga Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan beriladi.

21.04.20

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yanada takomillashtiriladi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar ana shu maqsadga yoʻnaltirilgan.

21.04.20

Qibray tumanida «Invest Village» shaharchasi tashkil etiladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 242-son qarorida nazarda tutilgan.

21.04.20

Karantin: uy-joyni ijaraga berish va ijaraga olishning oqibatlari

Yaqinda Toshkent shahar hokimi kvartiralarni ijaraga beruvchi poytaxt fuqarolarini ijarachilardan uy-joy uchun vaqtincha haq olmaslikka chaqirdi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

21.04.20

Muborak Ramazon oyi 24 apreldan boshlanadi

Tegishli qaror Prezident tomonidan 2020 yil 20 aprelda imzolandi.

20.04.20

Davlat xaridlari: elektron tanlov va tenderlar qanday oʻtkaziladi

Moliya vazirligi elektron tanlov va tenderlarni oʻtkazish tartib-taomillarini belgiladi.

20.04.20

Naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibi yangilandi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida yangi nizom tasdiqlandi.

20.04.20

Denovda tadbirkorlik va pedagogika instituti ochiladi

Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etiladi.

20.04.20

Harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinfga kimlar qabul qilinadi

Umumiy oʻrta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.