2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi qabul qilindi
Prezidentning 19.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Harbiy xizmatchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlanadi
Vazirlar Mahkamasining 15.12.2018 yildagi 1020-son qarori bilan Qurolli Kuchlarning «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Rezident tashkilotlar yirik davlat loyihalariga investitsiya kiritishlari mumkin
Hukumat 2018 yilning dekabridan boshlab davlat gʻaznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi soddalashtirildi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyrugʻi (12.12.2018 yilda 1963-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan tegishli tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan
ShHTning aksilterror Bitimi va Tojikiston bilan sheriklik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilindi
Oʻzbekiston ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi (18.12.2018 yildagi OʻRQ–504 va OʻRQ–505-son qonunlarga qarang)
Soliq qarzi qanday qilib jismoniy shaxslarning «plastigidan» soʻzsiz hisobdan chiqariladi
QHTBT portalida Jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan soliq qarzini soʻzsiz hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Tarkibida yogʻlar, tuz va qand miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar aylanmasi cheklanadi
Prezidentning 18.12.2018 yildagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Qanday qilib raqamni saqlab qolgan holda operatorni almashtirish mumkin
Axborot kommunikatsiyalari vazirligi abonent raqamini saqlab qolgan holda uyali aloqa operatorini almashtirish tartibi loyihasini QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirdi
Surishtiruv, tergov organlari va sudga majburiy keltirish qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 15.12.2018 yildagi 1024-son qarori bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi tasdiqlandi
«Taraqqiyot» tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruvchilar zaxirasi qanday shakllantiriladi
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi tasdiqlandi (VMning 14.12.2018 yildagi 1018-son qarori)
Haydovchilik guvohnomasini YaIDXP orqali almashtirish mumkin
YaIDXPda «Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun murojaat yuborish» yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi
Terminal va NKMni qayta sozlash: muqobil yoʻli boʻlmagan variant
2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtayotgan tadbirkorlar cheklarda QQSni ajratib koʻrsatish uchun terminal va NKMni qayta sozlash masalasini ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilishda davom etmoqdalar. Boshqa fikr-mulohazalar qatori, xorijiy tajribaning yuzaki tahliliga asoslangan xato fikrlarning ham guvohi boʻlmoqdamiz
TDYuUda tanlov: «xalqaro» huquqshunoslar gʻolib boʻlishdi
Toshkent davlat yuridik universitetida 3-kurs talabalari oʻrtasida mukofot fondi 40 EKIHni tashkil qilgan «Jinoyat ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi» tanlovi oʻtkazildi
Avtoni qisqa muddatli ijaraga berish: tartib belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 14.12.2018 yildagi 1015-son qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston orqali tranzitga – «yashil chiroq»
Vazirlar Mahkamasining 15.12.2018 yildagi 1022-son qarori bilan davlatimiz hududi orqali tranzit oʻtishga doir ayrim qoidalarga tuzatishlar kiritildi
FHDYo organlari gerbli guvohnomalarni qanday toʻldiradilar
Adliya vazirining buyrugʻi (13.12.2018 yilda 3098-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran toʻldirishning yangi qoidalari kuchga kiradi
Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari qanday roʻyxatga olinadi
Vazirlar Mahkamasining 14.12.2018 yildagi 1010-son qarori bilan Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi tasdiqlandi
Alkotester yordamida mast holatdagi haydovchilarga bayonnoma rasmiylashtiriladi
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (14.12.2018 yilda 3099-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
Yana bitta qonun ma’qullandi, boshqa masalalar koʻrib chiqildi
2018 yil 14 dekabr kuni Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisi ishini yakunladi
«Xorijlik»lar tonirovka uchun qanday haq toʻlaydi
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartib-taomilini nazarda tutadigan idoraviy hujjat qabul qilindi
Fargʻona vodiysida qoʻshimcha 7 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi
Ular viloyatning Fargʻona shahrida, shuningdek Furqat, Quva, Oʻzbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qoʻshtepa tumanlarida tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 12.12.2018 yildagi 1007-son qarorida nazarda tutilgan
Texnik reglament sertifikatlashtirish majburiyligini talab qiladi
Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ-4059-son qarori bilan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish uchun qoʻshimcha asos joriy etildi
Natalya Krasilnikova: «director.uz da oʻqiganimdan keyin rahbar bilan muomala qilishim osonlashdi»
Natalya Krasilnikova direktor.uz dagi kichik va xususiy biznes sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha oʻquv kursini tugatib, barcha dasturlardan muvaffaqiyatli oʻtganini tasdiqlovchi hujjat – sertifikat olganlardan. U norma.uz portaliga bergan intervyusida qoʻlga kiritgan bilimlari asqotganligi haqida soʻzlab berdi
Firma ochilishi zahoti kichik biznesni tekshirishga ruxsat beradilar
«Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqamiz
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish xizmatining eng yaxshi xodimlari mukofotlanadi
"Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish a’lochisi" koʻkrak nishoni Vazirlar Mahkamasining 11.12.2018 yildagi 1004-son qarori bilan ta’sis etildi
Artyom Semyonov: «Vir.uz tizimida buxgalterlar uchun boshqa ixtisosliklar boʻyicha analoglar paydo boʻlsa, ma’qul boʻlar edi»
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgach, Artyom Semyonov moliya menejeri boʻlishga qaror qildi. U «ishlab chiqarish buxgalteri» ixtisosligi boʻyicha bir.uz tizimi diplomini oldi va maqsadiga erishish yoʻlida harakatlanishda davom etmoqda. Bugun uni savolga tutdik
QQS tufayli narxlar oshmasligi uchun nima qilish kerak
QQS bilan bogʻliq shu va boshqa dolzarb savollarga javobni, shuningdek amaliy tavsiyalarni 17 va 24 dekabrda «Norma» PRMda oʻtkaziladigan treningda olish mumkin
“Xavfsiz xonadon” konsepsiyasini joriy etish boʻyicha loyiha tasdiqlandi
Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ-4060-son qarori bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasini joriy etish ma’qullandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


