Yoʻllarda velosipedchilar uchun maxsus yoʻlkalar barpo etiladi
2019–2020 yillarda mamlakatimiz mintaqalarida velosiped yoʻlkalari tarmogʻini qurish rejalashtirilmoqda
Mahalladan tavsifnoma va ma’lumotnomalarning 3 ta turi bekor qilinmoqda
Ular orasida shaxsning yashash joyi boʻyicha yashayotganligi; shaxsning ishsizligi; bolani, yolgʻiz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligi haqida ma’lumotnomalar
Ishlovchi pensionerlarning qaysi biri toʻliq pensiya oladi
Ushbu sharhda 100 foiz pensiya olish huquqiga ega boʻlgan ishlovchi pensionerlar toifalarining toʻliq roʻyxati taqdim etilgan
Mikroqarzni bankda olish mumkin
«Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida» va «Mikromoliyalash toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tuzatishlar (3.10.2018 yildagi OʻRQ-494-son Qonun) kiritildi
Yagona soliq toʻlovi: hisobotdagi oʻzgarishlar
Navbatdagi hisobot davri yakunlandi. Buxgalterlar soliq hisobotini tayyorlashga kirishdilar. Nogahon - kutilmagan holat. YaST boʻyicha hisobotda 2 ta yangi ilova paydo boʻldi. Bu haqda - sharhimizda
Tadbirkorlarga qanday interaktiv xizmatlar kerak
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi davlat xizmatlari sifati yuzasidan tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov yakunlarini chiqardi
Litsenziyalash: qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar (3.10.2018 yildagi OʻRQ-494-son Qonun) kiritildi
Saylovchilarning yagona roʻyxati mamlakatimiz koʻlamida kengaytiriladi
Prezidentning 4.10.2018 yildagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
2018/2019 oʻquv yilida Davlat boshqaruvi akademiyasida 5 856 nafar tinglovchi malaka oshiradi
Ushbu sharhda malaka oshirishi lozim boʻlgan mansabdor shaxslar toʻgʻrisida, shuningdek oʻrtacha oylik ish haqini saqlash, kontrakt puli, sutkalik, transport va yashash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida coʻz yuritamiz
Qutilar qayerda turishi shart
Hukumat joydagi qutilarning eng kam sonini, ular uchun mas’ul shaxslar roʻyxatini, shuningdek chiqindi toʻplash shoxobchalarini (chiqindilarni alohida toʻplash uchun turfa xil rangli konteynerlar) tashkil etish qoidalarini belgiladi
Patent vakillarini qayta attestatsiyalashning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida
Prezidentning «Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi intellektual mulk sohasini tartibga solishda muhim rol oʻynashi mumkin. Ushbu sharhda unda taklif etilayotgan patent vakillarining qayta attestatsiyalanishi koʻrib chiqiladi
Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishida xorijlik maslahatchi koʻmak beradi
Tashqi savdo vazirligida Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilindi
Agrosanoat majmuida tekshiruvlar oʻtkazish soddalashtirildi
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga ega boʻldi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon)
SSP: yuzma-yuz suhbatdan avval testdan oʻtkazish kerak
Savdo-sanoat palatasi biznesni nazorat qiluvchi davlat organlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga doir loyiha yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi
Bolalar bogʻchalari mudiralarini Kuzatuv kengashi saylaydi
Prezidentning 30.09.2018 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida sohaga bir qator oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan. Ushbu sharhda navbatdagi tashkiliy qarorlar haqida batafsil soʻz yuritamiz
Mehnat migrantlariga: onlayn roʻyxatdan oʻtdingizmi – chiptalarga chegirma va imtiyozlar oling
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi bilan xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtishi batafsil tartibi (27.09.2018 yilda 3070-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
BHMSga xalqaro normalar joriy etiladi
Buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan uygʻunlashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi
5 aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni
2.10.2018 yildagi OʻRQ–490-son «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi
Oʻzbekiston bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi
Ular jumlasiga Parij bitimi, Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatish, Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalari kiradi
Koʻmirni import qilishda bojxona imtiyozi 1.01.2020 yilgacha uzaytirildi
Qurilish materiallarining toʻrtta pozitsiyasi boʻyicha imtiyozlar muddati 3 oydan keyin tugaydi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon)
LBMA «Mirzo Ulugbek Innovation Center» muvofiqlashtiruvchisi boʻldi
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining faoliyatini tartibga solishga doir eng muhim funksiyalar topshirildi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon)
Kim biznesni tekshirishi mumkin
QHTBT portalida Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi taqdim etilgan
Hokimliklar ularga xos boʻlmagan va bir-birini takrorlovchi funksiyalardan xalos etiladi
QHTBT portalida tegishli mazmundagi qonun loyihasi joylashtirilgan
Maqbul keladigan ishning «transportda qatnash jihatidan qulayligi» nimani anglatadi
Yangi qonun loyihasida ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish haqidagi taklifning transportda qatnash jihatidan qulayligi tushunchasiga aniqlik kiritish taklif etilgan
Bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari va xodimlari qat’iy hisobga olinadi
2019 yil 1 yanvardan boshlab bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami beriladi, shuningdek nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini litsenziyalashga qoʻyiladigan talablar qat’iylashtiriladi
Ish bilan ta’minlanmagan shaxslar tadbirkorlik uchun imtiyozli mikrokreditni qanday olishlari mumkin
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (28.09.2018 yilda 2527-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Propiskadagi uzilish vaqti uchun ba’zi nafaqalar toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 25.09.2018 yildagi 766-son qarorida shu va boshqa choralar nazarda tutilgan
2019 yil 1 yanvardan bolalar bogʻchalari xodimlariga – toʻliq pensiya
Bu Prezidentning 30.09.2018 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


