Byudjet mablagʻlarini mahalliy kengashlar nazorat qiladi
Prezidentning 13.12.2017 yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini ta’minlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi
Elektron raqamli imzo qanday olinadi
DSQ, Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori (AV tomonidan 11.12.2017 yilda 2955-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
FVVda maxsus jamgʻarma tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 968-son qarori bilan FVVning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha byudjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil etildi
«112» yagona raqami tajriba rejimida Samarqandda ishga tushiriladi
Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 966-son qarori bilan Samarqand shahrida «112» yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini tashkil qilish koʻzda tutilgan
Alohida soliqlar va majburiy toʻlovlar birlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasida Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasiga bagʻishlangan kengaytirilgan majlis boʻlib oʻtdi
Xorijdagi koʻrgazma uchun tovarlar eksport kontrakti va BYuDsiz olib chiqib ketiladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Xorijda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqib ketish tartibini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Fuqarolar yigʻinlari, Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qoʻmitasi ishsizlarni ishga joylashtiradi
Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 964-son qarori bilan Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Offlayn plastik kartalar ishi toʻxtatiladi
UzCard 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab DUET kartalari boʻyicha tranzaksiyalar oʻtkazishni toʻxtatadi. Bu haqda Yagona Umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) xabar beradi
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi qanday ishlaydi
«Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi» taomili ishtirokchilarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibiga QHTBT portalidagi navbatdagi loyihada ta’rif berilgan
Qishloq mehnatkashlari taqdirlandi
Prezidentning 7.12.2017 yildagi «Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
OAVni roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtiriladi
6 dekabr kuni oʻtkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga, shuningdek jurnalistlarning kasb faoliyatini himoya qilishga daxldor qonun loyihalari birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi
Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish sohasida qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi
Bu haqda QHTBT portalida taqdim etilgan Prezidentning Rieltorlik xizmatlari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasida aytib oʻtilgan. Hujjatni 2018 yil 1 martdan qabul qilish va amalga kiritish rejalashtirilmoqda
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi
Charm-poyabzal tarmogʻi tashkilotlarini qator soliqlardan ozod etish taklif qilinmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Charm-poyabzal, teri-moʻyna va jun yetishtirish tarmoqlarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi e’lon qilindi
$2000 gacha olib kirish va olib chiqib ketishda – deklaratsiyalashsiz
Prezidentning 6.12.2017 yildagi PF-5276-son “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Advokatlik tuzilmalari uchun yangi nomenklatura tasdiqlandi
Advokatlar palatasi raisining 20.11.2017 yildagi 1-kx-son buyrugʻi bilan Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi
Samarqandda yangi loyiha-qidiruv tashkiloti ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2017 yildagi 945-son «Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti huzurida «Samarqand me’mor loyiha» loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
IIO xodimlari uchun xizmat tartibi va ijtimoiy kafolatlar qanday
Prezidentning 29.11.2017 yildagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Konstitutsiya kuni arafasida 2700 nafar sudlanganlar afv etildi
OʻzA davlat rahbarining tegishli farmoni qabul qilinganligi haqida xabar beradi
Investorlarga – investitsiyaviy soliq kreditlari va boshqa imtiyozlar
QHTBT portalida Investitsiya kodeksining loyihasi e’lon qilindi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 1.12.2017 yildagi 957-son qarori bilan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Ustavi tasdiqlandi
Chorvoqda erkin turistik zona tashkil etildi
Prezidentning tegishli Farmoni 2017 yilning 5 dekabr kuni imzolandi
Maxsus turdagi tovarlar import-eksporti qanday litsenziyalanadi
Vazirlar Mahkamasining 1.12.2017 yildagi 959-son qarori bilan Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
BIR.UZ dasturning birinchi ishtirokchilariga pullarini qaytaradi!
BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimi imtihonining barcha ishtirokchilari uchun ajoyib yangilik! 16-17 dekabr kunlari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Attestat olganlar uchun biz imtihon qiymatining 90%ini qaytaramiz
BIR.UZ: malaka oshirish oson!
Buxgalter – uzluksiz bilim olishni talab etuvchi ba’zi kasblardan biri. Qonunchilik oʻzgarmoqda, yangi hujjatlar deyarli har kuni e’lon qilinmoqda. Bularning barchasi u yoki bu tarzda buxgalteriya hisobida aks etadi
Ob’yektdan ifloslangan mashina chiqarilgani uchun quruvchi jarimaga tortiladi
Toshkent shahar hokimi 11.10.2017 yildagi 158-f-son farmoyishga imzo chekdi, u atrof-muhitni himoya qilish va shahar koʻchalari ifloslanishining oldini olishga qaratilgan
Ijtimoiy ahamiyatli mahsulotlar importi uchun imtiyozlar uzaytirildi
Prezidentning 30.11.2017 yildagi PQ–3418-son 2017-2018 yillar qish-bahor davrida aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
OTMga nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda 2% oʻrin ajratiladi
Bunday chora-tadbirlar Prezidentning 1.12.2017 yildagi PF–5270-son «Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida koʻzda tutilgan
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


