Namangan viloyatining suv ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi
Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ–3273-son «Namangan shahri va Namangan viloyatining Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Seleksiya yutugʻi uchun patent 10 kunda rasmiylashtiriladi
14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va foydalanish sohasida ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Biznes-ombudsman faoliyati uchun qoʻshimcha kafolatlar oldi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushlab turish va qamoqqa olishga nisbatan immunitet taqdim etildi
Kredit tashkilotlari ustav jamgʻarmasining yangi miqdorlari oʻrnatildi
Prezidentning 12.09.2017 yildagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Mahalla manfaatlari koʻzlangan da’volar davlat bojidan ozod etildi
14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan Soliq kodeksining 329 va 330-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi
NamDU tillarni oʻrgatish markazini tashkil etadi
2017 yil 5 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Toʻraqoʻrgʻon tumanida Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 698-son qarori qabul qilindi
Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi
2017 yil 2 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatining Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 687-son qarori qabul qilindi
Oʻzbekistonda inflyatsiyaviy targetlash joriy etiladi
Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ-3272-son «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Vatandoshlarimizning xorijdagi muammolarini hal qilish bilan ishchi guruh shugʻullanadi
Prezidentning 12.09.2017 yildagi F–5055-son farmoyishi bilan «Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqoti» yakunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh tashkil etildi
Soliq maslahatchilarining xulosasini oldingizmi – rejali tekshirishlar 5 yilda bir marta oʻtkaziladi
QHTBT portalida soliq maslahatchilari institutining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tuzatishlar loyihasi joylashtirildi
Poytaxtda “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi ochiladi
Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3275-son qaroriga asosan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi tashkil etiladi
Toshkent shahrida AKT chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi
Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3274-son qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish nazarda tutilmoqda
MB: Aholi bir haftada banklarga 200 million AQSh dollari topshirdi
Markaziy bankda Prezidentning “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
Ulgurji savdoga nisbatan litsenziya talablari yumshatiladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Yuridik soha mutaxasislarini tayyorlash: islohot va vazifalar
Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani oʻtkazildi
Auksionda – “oltin” raqamlar
Ushbu sharhda - "chiroyli" avtomobil raqamlarini sotib olish tartiboti xususida
Kitob savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar 2020 yil 1 yanvargacha YaSTdan ozod etildi
Prezidentning 13.09.2017 yildagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari beriladi
QHTBT portalida Soliq kodeksining 275- va 290-moddalariga qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi e’lon qilindi
Polshalik sayyohlar uchun viza 2 kunda rasmiylashtiriladi
Prezident «Polsha Respublikasi turistlari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisida»gi qarorga imzo chekdi
Import qilinadigan shakar bojxona boji va aksizdan ozod qilindi
Bu davlat rahbari saytida e’lon qilingan Prezidentning 12.09.2017 yildagi PQ-3269-son qarorida koʻzda tutilgan
Sudlanganligi sababli ishga qabul qilmaslik gʻayriqonuniy boʻladi
Adliya vazirligida «Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda
Oʻzbekistonda soliq monitoringi joriy etiladi
QHTBT portalida «Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi joylashtirilgan boʻlib, u soliq nazoratining yangicha shakli — soliq monitoringini nazarda tutadi
Jinoyat qurollari faqat aybdor mulkdordan musodara qilinadi
Adliya vazirligi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlarning tegishli loyihasi ishlab chiqildi
Murojaatlarga javoblar tushuntiriladi
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri kuchga kirdi. U 11.09.2017 yildagi OʻRQ–445-son Qonun bilan tasdiqlandi
Ikki mamlakat fuqaroligiga ega shaxslar oʻzlarini qanday xatarga qoʻyadilar?
Bir oydan koʻproq vaqt oldin chiqqan Fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma oʻquvchilarda jiddiy qiziqish uygʻotdi. Tahririyatga chet elga koʻchib oʻtib, chet davlat fuqaroligini olgan kishilar murojaat qila boshlashdi. Ularning ayrimlariga portal eksperti Oleg Zamanov javob beradi.
2017 yilning 5 sentyabrigacha tuzilgan valyuta bitimlari bilan qanday yoʻl tutiladi?
Markaziy bank mamlakatimiz hududida chet el valyutasiga tovar (ish, xizmat)larni sotish amaliyoti doirasida ilgari amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishga taalluqli vaziyatga tushuntirish berdi
Deputatlar davlat byudjeti ijrosini koʻrib chiqishdi
11 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar joriy yilning I yarim yilligida Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi natijalarini koʻrib chiqishdi
Mahalliy pudratchilar Elektron hukumatni rivojlantirish uchun buyurtmalarning kamida 30%ini oladi
Prezidentning 29.08.2017 yildagi PQ–3245-son «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


