Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
31.07.17

Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kim oshdi savdolari orqali sotiladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3149-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

31.07.17

Eksportyorlar valyutani sotmaydi

Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ-3157-son “Mahalliy eksportyor korxonalarni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

28.07.17

Loyiha boshqaruvining yagona tizimi 2018 yil oxirigacha ishga tushiriladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3150-son qarori bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

28.07.17

Sotilgan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsenziya zarur emas

Tadbirkorlar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (OʻzADTA) zarur boʻlmagan hollarda ham litsenziyaning mavjud boʻlishini talab qilayotganligi yuzasidan shikoyat qilishmoqda. Norma ekspertlari “Olib borib berish: tashish, alohida faoliyat turi, soliq solish ob’yekti emas “ nomli maqolada (“SBX” gazetasining 2017 yil 13 iyuldagi 24-soni) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi. Norma.uz tahririyati Adliya vazirligiga tushuntirishlar yuzasidan murojaat etdi

28.07.17

Iqtidorli bitiruvchilarga oʻqishni xorijda davom ettirishda yordam beriladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi farmoni bilan Prezidentning “Iste’dod” jamgʻarmasining yangi nomi, vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari, shuningdek tuzilmasi va Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi

28.07.17

Tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish uchun yangi standartlar joriy etilmoqda

“Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar faoliyatini soddalashtirishga qaratilgan O’z DSt 3185:2017 yangi standarti, Davlat raqobat qoʻmitasi esa Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” qabul qilinganligini e’lon qildi

28.07.17

AXTM kechayu kunduz axborot xavfsizligi masalalarini hal qiladi

Axborot xavfsizligini ta’minlash markazida (AXTM) kechayu kunduz faoliyat koʻrsatadigan monitoring guruhi tashkil etildi hamda “ishonch telefoni” ishlamoqda

28.07.17

Prokuratura mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilishda qalqon va poydevordir

Bunga prokuratura organlarining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning birinchi yarmidagi faoliyati yaqqol misol boʻladi. Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev hay’atning navbatdagi majlisida bu haqda batafsil va tanqidiy axborot berdi

28.07.17

Tez tibbiy yordam dispetcherlik xizmati boshqa shoshilinch xizmatlar bilan bogʻlanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 526-son qarori bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarining Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

27.07.17

Milliy havo yoʻllari uchuvchilari maxsus kurslarda tayyorlanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 524-son “Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

27.07.17

Fuqarolar yigʻinida mehnat uchun qancha toʻlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2017 yildagi 500-son qarori bilan posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari tasdiqlandi

27.07.17

Raqamli televideniyedan barcha foydalanishi mumkin boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2017 yildagi 502-son qarori bilan Oʻzbekistonda yer usti analog teleeshittirishlarini bosqichma-bosqich toʻxtatish jadvali tasdiqlandi

27.07.17

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bilan maxsus komissiyalar shugʻullanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 525-son qarori bilan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat va hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi

27.07.17

«Elektron hukumat» markaziga «Oʻzbektelekom» binosi topshirildi

Vazirlar Mahkamasining 18.07.2017 yildagi 516-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

27.07.17

Sugʻurtalanuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar faqat hamma foydalana oladigan manbalardan yigʻilishi mumkin

Moliya vazirining qarori (roʻyxat raqami 1213-2, 2017 yil 17 iyul) bilan Sugʻurta agentlari toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi

27.07.17

«Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻmir tarmogʻiga mutasaddilik qiladi

Prezidentning 26.07.2017 yildagi PQ-3147-son qarori bilan «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazilgan “Oʻzbekkoʻmir” AJning bosh vazifalari, keyingi ishlarining yoʻnalishlari va tuzilmasi tasdiqlandi

27.07.17

Sud orqali inson huquqlarini ta’minlash – ustuvor yoʻnalish

Oʻzbekistonda umumiy yurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu sharhda - bajarilgan ishlar sarhisobi xususida

26.07.17

Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi reglament boʻyicha aniqlanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 520-son qarori bilan Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat e’lon qilinganidan keyin 18 oydan soʻng amalga kiritiladi

26.07.17

Ta’lim sifatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi inspeksiya kuzatib boradi

Vazirlar Mahkamasining 18.07.2017 yildagi 515-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

26.07.17

Davlat test markazining tuzilmasi oʻzgardi

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2017 yildagi 508-son qarori bilan yangilangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi toʻgʻrisida nizom, shuningdek uning tuzilmasi tasdiqlandi

26.07.17

Yangi qurilgan uy-joydan kvartira sotib olsangiz – Toshkent propiskasini berishadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 527-son qarori bilan poytaxtda va poytaxt viloyatida boshqa viloyatliklar, chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻchmas mol-mulkni sotish shartlari belgilandi

26.07.17

Bitiruvchilardan kimlar FVVga ishga olinadi?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining “Kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi

25.07.17

Oʻzbekistonda davlat xaridlarining yagona tizimi joriy etiladi

Prezidentning 24.07.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi

25.07.17

Xususiylashtirib, Toshkentda roʻyxatga turing

Vazirlar Mahkamasining 22.06.2017 yildagi 413-son «Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi

24.07.17 NHH loyihalari
24.07.17

Elektron raqamli imzo “yagona darcha”da rasmiylashtiriladi

QHTBT portalida faqat tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari Roʻyxatiga tuzatishlar loyihasi joylashtirildi

24.07.17

Qonun hujjatlarini davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida oʻz vaqtida va tezkor tarqatish masalalari

Adliya vazirligida “Qonun hujjatlarini davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida tezkor tarqatish, shuningdek Milliy bazaga joylashtirish masalalari” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi

21.07.17

Vorislik va meros huquqlari – gʻoyat dolzarb masalalar

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi oʻrni va rolini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda

21.07.17

Ishda gʻayrat susayishining 15 alomati. Endi ta’tilga chiqmaslikning iloji yoʻq

Testni ish haftasining boshida oʻtkazgan ma’qul – shunda siz shunchaki vaqtinchalik charchaganmisiz yoki kasbiy gʻayrat-shijoatingiz susayganmi, bilib olish mumkin boʻladi. Buning uchun oʻz holatingizni quyida keltirilgan alomatlar bilan yaxshilab solishtirib chiqing

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.