Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
08.11.22

“Standartlashtirish toʻgʻrisida” yangi qonun qabul qilindi

Davlat standartlari oʻrniga milliy standartlar - O`zMSt qabul qilinadi.

07.11.22

Suv va salqin ichimliklarni bosqichma-bosqich raqamli markirovkalash joriy etiladi

Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish Vazirlar Mahkamasining 20.11.2020 yildagi qarori bilan joriy qilindi.

07.11.22

Geografik ob’yektlarning nomini oʻzgartirishda fuqarolarning vakolatlari belgilandi

«Geografik ob’yektlarning nomlari toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli oʻzgarishlar kiritildi.

04.11.22

Issiqxona xoʻjaliklariga mahsulot eksportini oshirishda yordam beradilar

Prezident qarori bilan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining vazifalari kengaytirildi.

04.11.22

Kripto-doʻkonlar uchun qoidalar oʻrnatilmoqda

Xususan, ularga Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanmoqda.

04.11.22

MKning yangi tahriri: ishga qabul qilish

Yuridik fanlari nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail GASANOV kadrovik.uz iltimosiga koʻra ishga joylashtirish taomilini tartibga solishda nimalar oʻzgargani haqida gapirib berdi.

04.11.22 NHH loyihalari
04.11.22

Davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti toʻlanadi

Pul mukofotini faqatgina maxsus dasturiy ta’minot orqali xabar berganlarga toʻlash rejalashtirilmoqda.

03.11.22

Mahkumlar davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin

Buning uchun jazoni ijro etish muassasalarida veb-kameralar va internet tarmogʻi mavjud maxsus xonalar tashkil etiladi.

03.11.22

Professional ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar

Oʻz ishining ustalari – «Norma» professional rivojlanish markazi va Rossiya Professional ta’lim instituti xodimlari iqtisodiyot va moliya, korporativ boshqaruv, baholash faoliyati, mulkiy munosabatlar va boshqa sohalarda mutaxassisga aylanishingizda yordam beradilar.

02.11.22

Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi

Kodeks 2023 yilning aprel oyidan kuchga kiradi.

02.11.22

1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2022 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

01.11.22

Fuqarolar yangi tartibga koʻra vaqtincha roʻyxatga olinadi

2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentyabrga qadar tajriba tariqasida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha elektron roʻyxatga olish yoʻlga qoʻyiladi.

01.11.22

NHH loyihalari tushuntirishlarni qamrab olgan muqaddimaga ega boʻladi

«Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi qonunlarga, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish uslubiyatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

01.11.22

Davlat korxonalari kuzatuv kengashlarini vakolatlari belgilanmoqda

Davlat korxonasi kuzatuv kengashi a’zolari soni ustav bilan belgilanadi, bunda uning tarkibi 3 nafardan kam boʻlmasligi lozim.

31.10.22

Ichki audit milliy standartlari ishlab chiqildi

Ularda vazirlik va idoralarning ichki auditini tashkil etishga oʻrnatilgan talablar aks ettirilgan.

28.10.22

Yosh IT-mutaxassislarga iste’mol krediti ajratish tartibi tasdiqlandi

BHMning 25 baravarigacha boʻlgan miqdordagi kreditlar kompyuter xarid qilish uchun ajratiladi.

28.10.22

Yangi yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlar boshlanadi

2023 yil mart oyidan boshlab Samarqand – Nukus, Samarqand – Moʻynoq, Samarqand – Termiz, Buxoro – Termiz, Namangan – Termiz va Namangan – Nukus reyslari yoʻlga qoʻyiladi.

28.10.22

Tumanlar byudjetining 5 foizi aholining tashabbusli loyihalariga yoʻnaltiriladi

Shu bilan birga ushbu mablagʻlar 6 mlrd soʻmdan kam boʻlmasligi lozim.

28.10.22

Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun talablar soddalashtirildi

Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari litsenziya olishlari uchun hisob raqamida mavjud boʻlishi kerak boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdori ikki baravarga kamaytirildi.

28.10.22

Imkoniyatlari cheklangan shaxslarning pensiya ta’minotiga oid qonun hujjatlariga aniqlik kiritildi

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar pensiya ta’minoti sohasidagi qonunchilikni amaliyotda qoʻllashda yuzaga kelayotgan turli hil yondashuvlarning oldini olishga qaratilgan.

28.10.22

Aholi sifatli dori vositalari bilan ta’minlanadi

Prezidentning 26.10.2022 yildagi «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

27.10.22

Hududlarda innovatsion texnoparklar barpo etiladi

2023-2026 yillarda Nukus, Buxoro, Jizzax va Namanganda texnoparklar barpo etiladi.

27.10.22

Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Shuningdek, moddiy madaniy meros ob’yektlarini masxara qiluvchi harakatlarni sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

27.10.22 NHH loyihalari
27.10.22

Tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalar miqdorini 30 % ga kamaytirish taklif etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyiha tashabbuskori – Biznes ombudsman.

27.10.22

Ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotganlar uchun koʻkrak nishonlari ta’sis etildi

Vazirlar Mahkamasining 24.10.2022 yildagi «Oliy ta’lim a’lochisi» hamda «Oʻrta maxsus va professional ta’lim a’lochisi» koʻkrak nishonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi 616-son qarori qabul qilindi.

26.10.22

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish uchun 7 trln soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi

Ushbu mablagʻlar 5,2 mingdan ziyod mahallalardagi ichki yoʻllar, ichimlik suv ta’minoti, oqava suv ta’minoti, elektr va gaz ta’minoti, hamda ijtimoiy ob’yektlar uchun sarflanadi.

26.10.22

Umumiy yigʻilish qaror qabul qilmaca, MChJ direktori qanday qilib ishdan boʻshaydi

MChJ direktori oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshamoqchi. MK 99-moddasiga muvofiq, xodim ish beruvchini bu haqda 2 hafta oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.

25.10.22

Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi

«Imo-ishora tili boʻyicha eng yaxshi tarjimon» yillik tanlovi ular sirasiga kiradi, uning gʻoliblari pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.