Qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar uchun moddiy ragʻbatlantiriladi
Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilovchi nizomda qayd etilgan.
Hududiy kadastr idoralari hokimiyatlar boʻysunuvidan chiqariladi
2023 yilning 1 yanvaridan boshlab Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tizimini vertikal boshqaruv tizimiga oʻtkazish rejalashtirilgan.
Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi soddalashtirildi
Shuningdek subsidiyaga muhtoj shaxslar toifasiga endi yosh oilalar, shu jumladan 30 yoshdan oshmagan fuqarolar, olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari kiritiladi.
Yil oxirigacha ochiq ma’lumotlar geoportali ishga tushiriladi
Mazkur geoportal koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlashga, shuningdek kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan.
Ob’yektlarning zilzilabardoshligi boʻyicha xulosalar Fanlar akademiyasi tomonidan beriladi
Ilmiy xulosalar respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlar boʻyicha beriladi.
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitoblarining qogʻoz shakli bekor qilinmoqda
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Muvofiqlikni baholash organlariga akkreditatsiyadan oʻtkazish xarajatlari qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash organlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Biznes uchun statistika va soliq hisobotlarini kamaytirish rejalashtirilmoqda
“Tadbirkorlik sub’yektlari uchun biznes jarayonlarida elektron hujjatlar aylanishi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Favqulodda holat yuz berganda ishlar qanday tashkil etiladi
Chunonchi, favqulodda holat joriy etilgan hududdagi ishlarga 18 yoshga toʻlgan, bilimi, malakasi va sogʻligʻi holatiga koʻra mehnat qilishga qodir boʻlgan shaxslar jalb etilishi mumkin.
Koʻchma savdo faoliyati uchun talablar soddalashtirilmoqda
Qarorga koʻra koʻchma savdo ob’yektlari 100 kv. metr maydondan koʻp joyni egallamasligi kerak.
Olis va chekka mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun subsidiyalar ajratiladi
Subsidiyani olish uchun ariza bilan kasanachilikni tashkil etgan paytdan 3 oy oʻtgandan soʻng murojaat qilish mumkin.
Pensiya tayinlash: nimalar oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarning pasporti tasdiqlandi
Litsenziyalash sohasining takomillashtirilishi munosabati bilan sanoat xavfsizligi sohasidagi litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratilmoqda.
«Yangi Oʻzbekiston yulduzlari» milliy mukofoti ta’sis etildi
U jahon miqyosidagi koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallagan, oʻzbek san’ati va madaniyatini dunyo sahnalarida namoyish etib kelayotgan, munosib ijodiy kadrlarni tayyorlagan va boshqa mezonlarga javob beradiganlarga taqdim etiladi.
Davlat xizmatchilari uchun odob-axloq qoidalari belgilandi
Davlat organlari, hokimliklar va boshqa tashkilotlarga 25 oktyabrga qadar ichki mehnat tartib-qoidalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.
Xususiy investor qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq sohaga 3 trln soʻm investitsiya kiritadi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilgan holda jadallashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi
Yangi normalar qatoriga xorijiy elektron raqamli imzoni (ERI) respublikada tan olish boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi «ishonchli uchinchi taraf xizmati» tushunchasi kiritildi.
Oziq-ovqat xavfsizligi jamgʻarmalari qishda aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ta’minlaydi
Vazirlar Mahkamasi 2022-2023 yillarning qish-bahor mavsumida aholini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ta’minlashning umumiy prognoz hajmlarini tasdiqladi.
Ayrim mahsulot turlari import bojidan ozod qilindi
Import qilishda bojxona boji va QQSdan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxati kengaymoqda.
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari qoʻllab-quvvatlanadi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish, ularni kasb-hunarga oʻqitish, madaniyat, san’at, sportga oid qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Imkoniyatlar markazi» tashkil etiladi.
Sugʻurta: turist xorijda tibbiy yordamsiz qolmaslik uchun qanday yoʻl tutishi kerak
Xorijga chiqayotgan turistlar tibbiy sugʻurtalangan boʻlishlari kerak. Biroq, shartnoma tuzayotgan fuqarolar uning yuridik jihatdan qanchalik toʻgʻriligini doim ham baholay olmaydilar, sugʻurtalovchilar esa ommaviy ofertada bilmay turib yoki atayin jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyadilar.
Kimyo sanoati qanday rivojlantiriladi
Respublikamizda Strategik rivojlantirish maqsadli dasturi doirasida Navoiy, Fargʻona va Qoraqalpogʻiston kimyo texnologik klasterlari tashkil etiladi.
Qurilish sohasidagi talablar soddalashtirilmoqda
150 dan ziyod Shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiyligi bekor qilinmoqda
Soliq maslahatchilarining huquqlari va xizmatlar roʻyxati kengaytirildi
2022 yil 1 noyabrdan «Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirishi bilan soliq maslahati institutini qanday oʻzgartirishlar kutmoqda? Ushbu savolga norma.uz iltimosiga koʻra Moliya vazirligi boʻlim boshligʻi Bahodir BOYQOBILOV va Moliya vazirligi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari Hulkar TOJIYeVA javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun – 300 mlrd soʻm
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga urugʻlik, oʻgʻit, yoqilgʻi, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari yetkazib berish, aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish boʻyicha talablar kuchaytirilmoqda
Ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirishga qarshi himoya qilishning 4 ta darajasi belgilanmoqda.
Murojaatlar bilan ishlovchi davlat xizmatchilarining malakasi oshiriladi
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va uning filiallari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida 12 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Denov va Urganch dzyudo sport maktablari tashkil etiladi
Shuningdek Dzyudo akademiyasi faoliyatining yoʻnalishlari, ular sirasida – uni aholi oʻrtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish vazifasi belgilandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


