Ekologiya idoralarining yangi vazifalari belgilandi
Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etiladi
Shuningdek, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki $200 mln ajratadi
Koronavirus pandemiyasi davrida biznesni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kredit liniyasini jalb qilish va undan foydalanish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Tashqi koʻmakni monitoring qilish qanday amalga oshiriladi
Hamma uchun ishonarli va ochiq boʻlgan, jalb qilingan va oʻzlashtirilgan grantlarning hajmi va yoʻnalishlari, donorlarning mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan joriy loyihalarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi hamda grantlar bilan bogʻliq boshqa barcha ma’lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi yaratiladi.
Yetishtirilgan pilla hosili uchun subsidiya ajratiladi
2022 yil 1 yanvardan boshlab xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga yetishtiriladigan pilla hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.
Roʻyxatdan oʻtish: yangi qoidalar
Oʻzbekiston fuqarolarini roʻyxatga olish qoidalari oʻzgartirildi. Oʻzgartirishlar qatorida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishni bekor qilish huquqiga ega boʻlgan holatlar roʻyxati kengaytirilganligi mavjud.
Mahalla xodimlari qanday ragʻbatlantiriladi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari faoliyatining samaradorlik darajasini reyting tizimida baholash natijalariga koʻra, xodimlar 50 dan 100%gacha har oylik ustamalar oladilar.
Hisob palatasi mahalliy byudjet hisobotlarini tashqi auditdan oʻtkazadi
Shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida xalqaro markaz tashkil etildi
Markaz Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ITI negizida tashkil etildi.
Bojxona organlari: dastlabki qarorning qabul qilinishi
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi tasdiqlandi.
Fyuchers savdolari qanday oʻtkaziladi
Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlanadigan davlat boji kamaytirildi
Shuningdek, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddatlari qisqartirildi, ushbu arizani koʻrib chiqish va litsenziya dublikatini berganlik uchun yigʻimlar bekor qilindi.
1 yanvardan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali milliy qonunchilikdagi 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan asosiy oʻzgarishlar haqida qisqacha ma’lumot beradi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari lavozimi kiritilmoqda. Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mazkur vazirlik tarkibiga oʻtkaziladi.
OTM oʻz faoliyati yoʻnalishlarini oʻzi belgilaydi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
“Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi tashkil etildi
Ushbu toʻlov tizimi uning operatori sifatida ishtirok etuvchi Oʻzmilliybank protsessing markazi negizida tashkil etildi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashning faoliyatiga tuzatish kiritildi
Uning asosiy vazifalari orasida -nogironlarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nogironlarning ta’lim olishiga, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashga, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish.
Ayrim OTMlarga moliyaviy mustaqillik berildi
Ularning roʻyxati Prezidentning “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchi mas’ul shaxsiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi
Investitsiya faoliyatini tashkil etish boʻyicha mas’ul shaxs yuridik shaxsning moliyaviy va iqtisodiy faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi lozim.
20 avgust - Tadbirkorlar kuni
Prezident tomonidan “Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.
Davlat byudjeti xarajatlari oshirildi
Oʻzgartirishlar davlat maqsadli jamgʻarmalari va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini moliyalashtirishga daxl qildi.
Yoshlar tadbirkorlikka qanday jalb qilinadi
Jumladan, boshqalar qatorida, yosh tadbirkorlarga 540 mln soʻmgacha miqdorda kreditlar beriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga imtiyozlar beriladi
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun har oyda BHMning 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.
Xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirishda nimalar oʻzgardi
Bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bojxona: xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini nazorati va rasmiylashtiruvi
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga xorijiy davlatlardan olib kirilayotgan va ushbu hududdan yuborilgan joʻnatmalarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi belgilandi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻqitiladi va ish bilan ta’minlanadi
Xususan, har bir hududda bittadan davlat xizmatlari markazida nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashini ta’minlash boʻyicha tajriba-sinov loyihasi joriy qilinadi.
Kam ta’minlangan oilalarga Yangi yilga 800 ming soʻmdan toʻlanadi
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
IIV ta’lim muassasalarida YHQni oʻrgatish bilan shugʻullanadi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


