Statistika boshqarmasi hisobotlarni topshirish muddatlari toʻgʻrisida eslatadi
Toshkent shahar statistika boshqarmasi notijorat tashkilotlari, XUMSh, shuningdek kichik korxonalar va mikrofirmalarga 2017 yil uchun yillik davlat statistika hisobotini taqdim etish zarurligi haqida eslatadi
Ayrim mahsulotlarni Oʻzbekiston orqali tranzit qilishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda
Tashqi savdo vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududi orqali tranzit qilishda taomillarni soddalashtirish, ishonchli transport tranzit yoʻlaklarini shakllantirish va tranzit tashish oqimlarini oshirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi
Yoshlar ittifoqi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni olishda yordam beradi
QHTBT portalida Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga (AV tomonidan 19.11.2005 yilda 1523-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar muhokama qilinmoqda
Eksportchi va importchilar uchun – kamroq jarima
Davlat soliq qoʻmitasi tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari eksport-import kontraktlarini bajarishni kechiktirganda jarimalar pasaytirilishini yoqlab chiqdi. Prezident farmoni loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan
Suyultirilgan gazning bir kilogrammi 800 soʻmgacha qimmatlashadi
Bu haqda Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan tadbirda “Oʻztransgaz” AJ vakili xabar berdi
Turizm sohasidagi imtiyozlar boʻyicha hududiy cheklov bekor qilindi
Tegishli oʻzgartirishlar Prezidentning 11.04.2005 yildagi «Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–3594-son Farmoniga kiritildi. Oʻzgartirishlar Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF–5326-son Farmoni bilan kiritilmoqda
SChRda xizmat uchun badal miqdori EKIHning 20 baravarigacha kamaytirildi
Prezident 2.02.2018 yilda tegishli farmonni imzoladi. Mudofaa vazirligi vakili uni qoʻllash tartibini tushuntirib berdi
Hududlarning oʻrta muddatli byudjetlarini tuzish jarayoni boshlandi
Moliya vazirligida oʻrta muddatli byudjet tuzish konsepsiyasi hamda Namangan shahri misolida byudjetni oʻrta muddatga tuzish uslubiy qoʻllanmasining taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi OʻzA
Mehmonxonalar va tutash infratuzilmani qurish uchun - $200 miqdorida kredit mablagʻlari
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlarini imtiyozli kreditlash nazarda tutilgan
XUMShga badallar miqdori yuqoridan tushirilishi mumkinmi?
XUMShning me’yorda faoliyat koʻrsatishi yashovchilarning faolligi, rahbarlarning insofli boʻlishi va moliyaviy yechimlarning shaffofligini nazarda tutadi. Ayrim misollar ushbu parametrlarga butunlay toʻgʻri keladi, biroq aksariyati emas
Turizm: qisqa muddatli kirish vizalari joriy etiladi, erkin suratga olish va arzonlashtirilgan aviachiptalar
Prezident 6.02.2018 yildagi “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Uning matni ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan
Soliq organlarining ishini onlayn baholang
Davlat soliq qoʻmitasi test rejimida yangi interaktiv xizmatni - «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini baholash»ni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda regulyatorning rasmiy saytida xabar qilinadi
Turistlarga xizmat koʻrsatadigan umumiy ovqatlanish va transport korxonalarini sertifikatlash ixtiyoriy boʻladi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmoni bilan turistlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini sertifikatlash joriy etiladigan shartlar qayta koʻrib chiqildi
Olib kirilayotgan baliq omuxta ozuqasi bojxona toʻlovlaridan ozod etildi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi «2018 yilda baliq mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3505-son qarori qabul qilindi
Ma’muriy ish materiallari qachon qaytariladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini qaytarish uchun asoslar mustahkamlangan. 29.01.2018 yildagi OʻRQ-463-son Qonun bilan tegishli qoʻshimchalar kiritildi
Bepul Wi-Fi tarqatsangiz – soliq va boshqa imtiyozlarga ega boʻlasiz
Bu Prezidentning 3.02.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni bilan nazarda tutilgan
Vizasiz rejim – 7 davlat fuqarolari uchun, viza berishni soddalashtirish – 39 mamlakat uchun
Prezidentning 3.02.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi
Birjalarda kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 17.01.2018 yildagi «Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 33-son qarori qabul qilindi
Turizmni rivojlantirish uchun – soliq va bojxona imtiyozlari
Prezidentning 3.02.2018 yildagi ««Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan tematik xiyobonlar, joylashtirish vositalari, turoperatorlar va turizm sohasidagi boshqa tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar taqdim etildi
Hududlar bosh rejalarini ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi
Prezidentning 2.02.2018 yildagi PQ-3502-son qarori bilan 2018-2022 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishning yigʻma parametrlari tasdiqlandi
Kasb-hunar ta’limi sohasida yangi muassasalar tashkil etildi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ–3504-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, uning huzurida esa Innovatsion rivojlanish, kasb-hunar ta’limi tizimidagi pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etildi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti: 30 yoshgacha boʻlgan 28 laureat oliy ta’lim muassasasiga kirish boʻyicha imtiyozga ega boʻladi
Prezidentning 2.02.2018 yildagi "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar nazarda tutilgan
Nikoh tuzish va uni tugatish qoidalari oʻzgaradi
Bu Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida (2.02.2018 yildagi PF–5325-son Farmonga 7-ilova) nazarda tutilgan
39 ta kollej ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga aylanadi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ-3504-son qarori bilan san’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlarini (kollejlarini) ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab- internatlariga aylantirish nazarda tutilgan
Jizzax avtomobil zavodi qurib bitkaziladi
Jizzax avtomobil zavodi shu yil qurib bitkazilishi rejalashtirilayotir. Kelgusi yildan boshlab yangi rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishiladi
MJTKdagi sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi qayta koʻrib chiqildi
29.01.2018 yildagi OʻRQ-463-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ma’muriy ishlar yuzasidan sud hujjatlari qayta koʻrilishini batafsil tartibga soluvchi alohida bob kiritildi
Prezident Virtual qabulxonasining yangi talqini ishga tushirildi
1 fevraldan boshlab Prezident Virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini test rejimida ishga tushirildi
Kollejlarda oʻqish pulli boʻladi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ–3504-son qarori e’lon qilindi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


