Kimlar muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega
Ular orasida – togʻ-kon sanoati xodimlari, uchuvchilar va uchuvchi-sinov tarkibi, teatr artistlarining alohida toifalari va boshqalar bor.
"Yashil tashabbuslar" jamgʻarmasi oldida qanday vazifalar turibdi?
Jamgʻarmaning maqsadlaridan biri yoshlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish kabi ekologik loyihalarini qoʻllab-quvvatlashdir.
Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi
Issiqxona xoʻjaliklariga bir qator imtiyozlar berish orqali ularning samaradorligi oshiriladi.
“Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
U harbiy va ikki maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilishning shaffofligi, samaradorligi va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik boshlandi
Aholini roʻyxatga olish 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha oʻtkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish muddati - 45 kun.
Mamlakatimizning har bir tumanida namunali hududlar tashkil etish rejalashtirilgan
Prezident qarori bilan tumanlarga (shaharlarga) "Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)" maqomini berish dasturi tasdiqlandi.
Sanoat mahsulotlari eksporti hududlar hisobiga oshadi
Prezident qarori bilan tasdiqlangan sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari orasida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan resurslarni aniq baholash va samaradorlikni oshirish metodologiyasi boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish xarajatlarini toʻliq qoplash ham bor.
Statistika organlari uslubiyotlarining auditi oʻtkaziladi
Milliy statistika qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi tashkil etilgan boʻlib, uning vazifalari statistika organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat.
Sun’iy intellektni joriy etish hisobiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtatlari qisqartiriladi
Masalan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida sohani raqamlashtirish hisobiga 1 080 ta boshqaruv shtat birligi qisqartirilmoqda.
Chet el fuqarolari Oʻzbekistonda maxsus soliq rejimni qanday qoʻllashlari mumkin
2026 yil 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Unda Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarni JShDSdan ozod etish nazarda tutilgan.
Ayollar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifati yaxshilanadi
Reproduktiv yoshdagi ayollar, bolalar orasida kasallanishni kamaytirishga hamda ularni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan "Sogʻlom ayol va bola oyligi" yiliga ikki marta oʻtkaziladi.
Readmissiyadan soʻng kimlarga xorijga chiqish pasporti beriladi
Xorijdan readmissiya tartibi bilan qaytarilgan fuqarolarga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish tartibi belgilandi.
Iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish kengaymoqda
Prezident farmoniga koʻra, geologiya, ekologiya va yerdan foydalanish sohalarida qonunbuzarliklarni aniqlash maqsadida davlat tomonidan muntazam ravishda kosmik monitoring (yiliga kamida uch marta) amalga oshiriladi.
Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha nazorat – «ijro.gov.uz» orqali tashkil etiladi
Hukumat qarorlarida mavjud topshiriqlarning ijrosi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining amaliyotga yoʻnaltirilishi va ishga joylashtirilishi raqamlashtiriladi
Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus elektron platforma ishlab chiqiladi.
Yerga ijara huquqidan kredit ta’minoti sifatida qanday foydalanish mumkin
Ijara huquqi kredit tashkiloti tomonidan yer uchastkasining ijara muddati va uning bozor qiymatidan kelib chiqib, kredit ta’minoti sifatida taqdim etiladi.
Kambagʻal oilalarga kreditlarni soʻndirish uchun 250 mlrd soʻm ajratiladi
Biznesni ochish uchun uskunalar xarid qilish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturining yagona elektron platformasi –-- "Oilakredit.uz" orqali ajratiladi.
Ijtimoiy karta orqali xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQSni qaytarish soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining qarorida soliq summasi oyiga BHMning 10 baravaridan oshmaydigan xaridlar summasi doirasida qaytarilishi belgilandi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari ochiladi
Ular MMTV Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari, shuningdek vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim va kasbiy ta’lim tashkilotlari negizida tashkil tiladi.
Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
2026-2027 yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tadbirkorlik loyihalariga 4 trln soʻm miqdorida mablagʻ ajratadi.
Yopiq sud majlislari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun – jinoiy javobgarlik
Aybdorga BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha erkinlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.
1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar boʻyicha sharhni taqdim etadi.
Kredit byurolarining axborot tizimlari xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Markaziy bank qarori bilan kredit axborotini shakllantirish, uzatish, saqlash va qayta ishlashning barcha bosqichlarida uzluksiz himoyani ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.
Milliy investitsiya jamgʻarmasida davlat ulushi qisqartiriladi
Jamgʻarmaning faoliyatini yanada takomillashtirish va investitsion jozibadorligini oshirish orqali uning aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond birjalarida joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining vazifalari belgilandi
Inspeksiya – bu qurilish-montaj ishlarining sifati va ularning tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi ijro etuvchi organ.
Alohida toifadagi ob’yektlar boʻyicha davlat xaridlari qanday oʻtkaziladi
Bunday toifaga Oʻzbekistonda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash ob’yektlari kiradi.
NNTlar korrupsiyaga qarshi kurashishga jalb etiladi
Xususan, ular BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilib, muqobil baholash tizimini joriy etadi.
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Prezident Farmoniga muvofiq u 2026 yil 15 yanvardan boshlanadi va 28 fevralda tugaydi.
Abitur.uz skretch-kartalari endi gazeta kioskalarida
Abitur.uz loyihasi (ilgari – “Mening shahrim. Ta’lim”) oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar xarid qilish mumkin boʻlgan savdo shoxobchalari sonini oshirayotir
Kadrlar boʻyicha ish yuritish yuzasidan navbatdagi kurs oʻzbek tilida oʻtkaziladi
Agar siz tashkilotda kadrlar bilan ishlash uchun javobgar boʻlsangiz, bizning 10 kunlik kursimiz siz uchun maxsus tayyorlangan!
«Norma» professional rivojlanish markazida kadrlar boʻyicha ish yuritishga oʻqitishadi
Siz kadrlar boʻlimi xodimimisiz? Shoshiling! Siz 4 aprelda boshlanadigan kadrlar boʻyicha ish yuritish kursiga yozilishga hali ulgurasiz
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari elektron kitob shaklida nashr qilindi
«Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari toʻplami» zarur xujjatni osongina topishga imkon beruvchi qulay va tezkor avtomatlashtirilgan qidiruvli axborot ma’lumotnoma tizimdir
Endi PAYNET orqali blokli testlar toʻplamini xarid qilish imkoniyati
2016 yil mart oyidan boshlab PAYNET toʻlov tizimi orqali tarkibida abituriyentlar uchun elektron testlar mavjud koʻproq dasturlarni xarid qilish mumkin. Endilikda bu yerda nafaqat toʻliq versiyalar uchun, balki blokli toʻplamlar uchun ham seriya raqamlarini sotib olish mumkin
“Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi bejiz brend nomini almashtirmadi
Endilikda barcha abituriyentlar uchun elektron testlarning chiqarishlarida nafaqat Toshkentda joylashgan, balki Oʻzbekistonning barcha oliy oʻquv yurtlari boʻyicha axborotni topish mumkin
Norma.uz portali. 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar
Oʻtgan yili tahririyat qonunchilikdagi oʻzgarishlar sharhi bilan bir qatorda katta miqdordagi sharhlar va ekspert materiallarini tayyorladi
«Javob beramiz!» Ma’lumot xizmati: behisob savollarga son-sanoqsiz javoblar
Bir yarim yillik faoliyati mobaynida «Javob beramiz!» Ma’lumot xizmati oʻzini nafaqat kompaniya mijozlari va obunachilari, balki Norma.uz portaliga doimiy tashrif buyuruvchilar oʻrtasida ham ijobiy tomondan koʻrsatdi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


