IIV kinologiya xizmatidan - toʻrt oyoqli doʻstlar
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun IIV kinologlari tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi tasdiqlandi.
Soliq organlarining QQS guvohnomasini toʻxtatib turish boʻyicha vakolatlari cheklanmoqda
Endilikda guvohnoma birgina holatda toʻxtatib turilishi mumkin.
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlganlarga stipendiya toʻlanadi
Stipendiya toʻlash toʻgʻrisida qaror Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Malaka sertifikatini berish tartibi birxillashtirildi
Davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamenti boʻyicha gid, ekskursiya yetakchisi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar, korporativ menejerlar, sud boshqaruvchilari va boshqalar sertifikat oladi.
Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlarga sovitkichli sigʻimlarga xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi tomonidan ularga sarflangan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi ham qoplab beriladi.
Daromad boʻyicha deklaratsiyalarini YaIDXP orqali topshirish mumkin
Shuningdek, ularni soliq xizmatlari portali va davlat xizmatlari portali orqali berish mumkin.
Qimor oʻyinlari ishtirokchilarining kartalaridan transchegaraviy oʻtkazmalar taqiqlanmoqda
Toʻlov tizimi va toʻlov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori oshirilmoqda.
Strategik islohotlar agentligiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi
Yangi vazifalarda xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini oʻrganishni tashkil qilish va tashabbuslarni Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
DXM va YaIDXP orqali qoʻshimcha ikkita davlat xizmatlari koʻrsatiladi
Bunday xizmat turlari - xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqida ma’lumot hamda davlat mulkini xususiylashtirishga buyurtmanoma berish.
Jahonda mashhur boʻlgan ming kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinadi
Aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tanlab olish uchun ularning dastlabki roʻyxati Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi.
Mol-mulkni uchinchi shaxslarga oʻtkazishga oʻrnatilgan taqiq qanday yechiladi
2019 yilga qadar oʻrnatilgan taqiqlar notariuslar, boshqa taqiqlar – banklar va kredit tashkilotlari tomonidan yechiladi.
Oilaviy mehmon uylari va xostellar reyestrga onlayn tarzda kiritiladi
Mehmon uyida har bir yashovchiga kamida 3 metr kvadrat turar joy maydoni toʻgʻri kelishi kerak.
Qoraqalpogʻistonda davlat mulki yangi tartib boʻyicha sotiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch oy mobaynida ommaviy savdolar orqali sotilmagan davlat mulkini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2023 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ochiq ma’lumotlar roʻyxati nimalar bilan toʻldirildi
Roʻyxatga ziyoratchilarning onlayn navbati haqidagi, davlat organlari tomonidan NNTga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini namoyish qilish kiritilgan.
Shaharsozlik sohasida nazorat kuchaytirilmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmagan holda qurilgan binolardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilmaydi.
«Tartibga solish qumdoni»ni joriy etish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasin tomonidan maxsus huquqiy rejimni joriy etishga doir choralar belgilandi.
Aholiga allergologik yordam koʻrsatish tizimi takomillashtiriladi
Allergik va immunologik kasalliklarga chalingan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da boʻlgan bemorlar ingalyatsion dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.
Oʻzbekistonda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar rejalashtirilgan
Ular orasida – shahar va tumanlarni «yashil belbogʻ»lar bilan oʻrab olish, yirik bogʻlarni barpo etish, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum boʻronlari ta’sirini kamaytirish uchun «yashil qalqon» tashkil qilish bor.
Ma’lumotnomaning ayrim turlari DXM va YaIDXP orqali beriladi
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Avtomobil uchun ishonchnoma elektron shaklda beriladi
Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra 1 oy, 6 oy va 3 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Ovchilarga ovchilik nazorati inspektori maqomi beriladi
Ovchilar birlashmalari a’zolari hayvonot olamini brakonyerlardan himoya qilishadi.
Dori vositalarining klinik tadqiqotlarida kimlar ishtirok etishi mumkin
Ilgari bunday tadqiqotlarda faqat bemorlar ishtirok etgan
Qandolatchilik korxonalariga moliyaviy yordam koʻrsatiladi
Toʻqimachilik korxonalariga yangi imtiyozlar berilmoqda.
Hujjatlarni konsullik legallashtirish tartibi tasdiqlandi
Konsullik legallashtirish hujjatlarda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat ularni imzolagan shaxsning vakolatlarini shahodatlaydi.
Mahallalarda yoshlar yetakchilari tanlovi oʻtkaziladi
Respublika bosqichi gʻoliblari bir qator preferensiyalarga ega boʻlishadi.
Profilaktika inspektorlarini tayinlash jarayoni oʻzgartirilmoqda
Shuningdek, tibbiyot xodimlarning moddiy ragʻbatlantirish tartibi IIV tizimining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga xam tatbiq etiladi.
JShDSga oid imtiyozlarni qoʻllash uchun YaIDXP orqali murojaat etish lozim
Ushbu xizmatni olish uchun ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


