Qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish qoidalari belgilandi
ILMA direktorining buyrugʻi bilan huquqlari buzilgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini himoya qilish usullari, manfaatparastlik motivlari bilan harakat (harakatsizlik) qilgan ishtirokchilarni javobgarlikka tortish mexanizmi belgilandi.
Milliy qayta sugʻurta kompaniyasi tashkil etilmoqda.
Kompaniyaning ustav fondi 300 mlrd soʻmni tashkil etadi, faoliyat yoʻnalishlari orasida – toʻgʻridan-toʻgʻri va portfel investitsiyalarni, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi xatarlarning kompleks qayta sugʻurta himoyasini ta’minlash vazifalari bor.
1 iyundan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Sogʻliqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika boʻlinmalariga aylantiriladi.
Tibbiy xizmatlardan foydalanish yanada qulayroq boʻladi
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimi va tamoyillarini takomillashtirish orqali sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish davom etmoqda.
Bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Milliy strategiya ishlab chiqildi
Uning ustuvor vazifalari – onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni profilaktika qilish, tashxislash, erta aniqlash, davolash va parvarishlash tizimini takomillashtirish.
TIF TN kodlari – JSTning qoidalari boʻyicha tasdiqlanmoqda
Qaror bilan import bojxona stavkalari yangilanmoqda.
"Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusi ishtirokchilarini ragʻbatlantirish mexanizmlari tasdiqlandi
Ular orasida xalqaro akademik reytingning eng ilgʻor 100 talikiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish xarajatlarini qoplash ham bor.
Odam savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi
Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Adliya vazirligi huzuridagi apellyatsiya kengashlarining vakolatlari
Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq ma’muriy hujjatlar boʻyicha nizolarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etilmoqda.
Pensiyalarni tayinlash jarayoniga ilgʻor raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda
Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Turizmni kengaytirish uchun yangi chora-tadbirlar tasdiqlandi
Shu yildan boshlab, har yili noyabr oyining uchinchi haftasida Xalqaro turizm haftaligi oʻtkaziladi.
Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shugʻullanadi
U Prezidentning 05.03.2025 yildagi "Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi PF-43-son Farmoniga muvofiq tashkil etildi.
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari berilmoqda
Shuningdek, pivo, pivo ichimliklari va tamaki mahsulotlarining chakana savdosi vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi.
Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, 1 iyundan ayrim qoidabuzarliklarni kameralar yordamida qayd etish taqiqlanadi.
Bolalar uchun milliy kontent ishlab chiqiladi
«El-yurt umidi» jamgʻarmasi bolalar mediakontenti sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun xorijdagi yetakchi universitetlarda ta’lim olish uchun kvotalar ajratadi.
2030 yilgacha boʻlgan davrda ekologik madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi qabul qilindi
Joriy yilning 1 dekabridan boshlab Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi ma’lumotlar bazasining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Chora-tadbirlar orasida – tomorqalarda eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻygan dehqonlarga 100 mln soʻmgacha subsidiyalar beriladi.
IIVning raqamli transformatsiyasi boshlandi
Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilmoqda.
Sut chorvachiligini rivojlantirishga – 53 mln dollar ajratiladi
Mablagʻlarning asosiy qismi – Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining imtiyozli kreditidan iborat.
Mehnat migratsiyasini tashkillashtirishning yangi tartibi belgilandi
Xususan, deportatsiya qilingan mehnat migrantlari bir yil davomida tashkillashtirilgan tarzda daromad topishga chiqa olmaydilar.
Kambagʻal oilalar reyestridagi ayrim oilalar passiv daromad oladilar
Reyestr uch toifaga boʻlinadi.
10 ming nafardan ortiq obunachisi boʻlgan blogerlarga qoʻshimcha majburiyatlar yuklash rejalashtirilmoqda
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi e’lon qilingan.
Hududlarda mikrosanoat markazlari yaratiladi
Ularda hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shugʻullanadigan kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari joylashtiriladi.
Aviatashuvchilarga aviachipta narxining bir qismi qaytariladi
Uzbekistan Airways uchun ichki qatnovlarga belgilangan maxsus tariflar va subsidiyalar endi Oʻzbekistonning barcha rezident aviatashuvchilariga tatbiq etiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligi oshadi
2025 yil 1 avgustdan boshlab "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralash tizimi joriy etiladi.
DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MOLIYaLASh TARTIBI OʻZGARADI
Tegishli oʻzgartirish pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibiga kiritilmoqda.
«Faol hayotga qadam» dasturi joriy etilmoqda
Uning doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


