Kapital bozori Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazoratiga oʻtkazilmoqda
Ushbu sohada toʻrtinchi marotaba regulyator oʻzgarmoqda.
«Ibratli oila» koʻkrak nishoni bilan kimlar mukofotlanadi
Koʻkrak nishoni oilalarga Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali tarzda topshiriladi va ularga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
«Xalq salomatligi posboni» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun kreditlar hajmi ikki baravarga oshiriladi
Bu Prezidentning «Toʻqimachilik sanoatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan.
Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatish tartibi belgilandi
Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Noturar joyni rasmiylashtirishdan avval yashovchilarni roʻyxatdan chiqarish talab etiladi
Yashovchilar roʻyxatdan chiqarilganligi haqida ma’lumot «Raqamli hukumat» orqali olinadi
Asosiy dori vositalari roʻyxati yangilandi
Roʻyxatdan tibbiyot muassasalarining ehtiyojlarini tahlil qilish, xaridlarni oqilona tashkil etish, xodimlarni ulardan foydalanishga oʻrgatish, mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ularning ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
Kadastrga oid nizolarni sudgacha hal etish uchun maxsus komissiyalar tashkil etilmoqda
Ularning tarkibiga Qurilish vazirligi, adliya, soliq organlari va Advokatlar palatasi vakillari kiradi.
“Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Hujjat 3 oydan soʻng kuchga kiradi.
Shaharsozlik sohasidagi mutaxassislar sertifikatlanadi
Qurilish vazirligi huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyani rivojlantirish instituti sertifikatlashni tashkil etish boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.
Davlat teatrlari va konsert muassasalariga KPI oʻrnatilmoqda
Belgilangan mezonlar orasida – tomoshabinlar, gastrollar soni va veb-sahifaning holatiga e’tibor masalalari mavjud.
Oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar kim boʻlib ishlashi mumkin
Vazirlar Mahkamasi madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari sohasidagi kasb va lavozimlar roʻyxatini tasdiqladi, ularga 15 yoshga toʻlmagan bolalar mehnat shartnomasi boʻyicha qabul qilinishi mumkin.
Radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatni onlayn olish mumkin
Ruxsatnoma olish uchun ariza “Litsenziya” AT va YaIDXP orqali yuboriladi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi
Parij shahrida shu yil 4–8 sentyabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi
Mazkur tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi.
Sogʻliqni saqlash organlari rahbarlari Kengashlar oldida hisobot beradi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq toʻrtinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda 6 ta masala, shu jumladan 4 ta qonun muhokama qilindi.
1 Sentyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2023 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Kadastr muhandisi instituti joriy etiladi
1 oktyabrdan boshlab u Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida amal qilishni boshlaydi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.
Koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilar doimiy ravishda test topshirishadi
Yakuniy testlarni ikkinchi marotaba muvaffaqiyatsiz topshirganlarni boshqa ishga oʻtkazishadi.
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtiriladi
Chegaralari belgilangan koʻp kvartirali uylarga (KKU) tutash yer uchastkalari koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.
Yuridik maslahatchilar tashkiloti xalqaro huquq boʻyicha maslahat berishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan milliy qonunchilik JST standartlari bilan muvofiqlashtirilmoqda.
Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchilari soliq hisobotiga aniqlik kiritishlari mumkin
Shuningdek soliq maslahatchisi xulosasining shakli tasdiqlanmoqda.
Vatan himoyasi yoʻlida halok boʻlganlarning farzandlariga – imtiyozlar
Ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi ta’minoti uchun toʻlov bekor qilinadi.
Moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladigan lavozimlar va ishlarning roʻyxati tasdiqlandi
Ular jumlasiga omborlar mudirlari, farmatsevtika sohasidagi xodimlar, muhandis-kimyogarlar, savdo xodimlari va boshqalar kiradi.
Haydovchilarning dam olish rejimi – taxograflar nazoratida
Shaharlararo avtobuslarga taxograflar oʻrnatilgan taqdirda tungi vaqtda yoʻlovchlilarni hamrohliksiz tashishga ruxsat etiladi.
Veterinariya sohasida kadrlar tayyorlash ishlari yaxshilanadi
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti universitetga aylantirildi.
Ekologik auditor sertifikati YaIDXP orqali beriladi
Ekologik auditorlar reyestri Ekologiya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Yirik korxonalar va banklarning davlat aksiya paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazildi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiyalar boʻyicha barcha aksiyadorlik masalalari yuzasidan qarorlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mustaqil qabul qilinadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


