Andijon viloyatida 5 ta yangi KSZ barpo etiladi
Andijon viloyatining 2019-2022 yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Majburiy tibbiy sugʻurta uch bosqichda joriy etiladi
Tajriba 2021 yilda Sirdaryo viloyatida oʻtkaziladi, 2023 yildan Qoraqalpogʻiston, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2025 yildan esa butun mamlakat boʻylab joriy etiladi.
15 ta mashgʻulotdan oʻtib buxgalter boʻling va oʻqish uchun 270 000 soʻmlik chegirmani qoʻlga kiriting!
Yuqori maosh toʻlanadigan kasb egasi boʻlmoqchimisiz? Masofadan ishlash yoki erkin ish rejimiga nima deysiz?
Kommunal xizmat: qarzlar mushkul vaziyatga solib qoʻymasin
Kommunal xizmatlar boʻyicha toʻlovlardan qarz mavjud boʻlganda yuzaga keladigan noxushliklardan qanday xalos boʻlish mumkin? Bu va boshqa savollarga Majburiy ijro byurosi boʻlimining katta inspektori Alibek Kuanishov javob berdi.
Goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirishga – Xitoy investitsiyalari
Jizzax viloyatida «DELMOR» Xitoy kompaniyasi ishtirokida goʻsht-sut yoʻnalishida agrosanoat klasteri tashkil etiladi
Soddalashtirilgan iqtisodiy sud ishini yuritishda muammolar mavjud
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ba’zi vaziyatlarda qonundagi kamchiliklar tufayli debitorlarga da’vo talablarini taqdim etish imkoniyatining yoʻqligi juda jiddiy muammo hisoblanadi. U qisqa muddatlarda hal etilishi kerak.
Jurnalistlarda kasb etikasi kodeksi paydo boʻldi
U Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining IV konferensiyasida tasdiqlangan.
Siqilgan gaz, alkogol va tamaki uchun aksiz oshiriladi
Yangi stavkalar Prezidentning 2019 yil 24 iyuldagi PF-5771-son Farmoni bilan tasdiqlangan.
Toshkentda bodikamerali YPX xodimlari paydo boʻldi
22 iyuldan boshlab poytaxtimiz koʻchalarida yangi jihoz sinovdan oʻtkazilmoqda.
Foydali qazilmalar uchastkalari – har yilgi investitsiyaviy portfelga
Prezidentning 23 iyuldagi qarorida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishni takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Yer, kredit ajratilishi, binolar buzilishi: muammo va yechimlar
Prezident 23 iyul kuni kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamenti tasdiqlandi
Yoʻllarda – jarima toʻlovchilarni aniqlash boʻyicha reyd
22 iyuldan boshlab poytaxt YHXB xodimlari Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda YHQni buzib, jarimani belgilangan muddatda toʻlamagan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazishni boshladi.
Maqsadli doktorantura qanday tuzilgan
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tarmoqqa qanday ulanadi
Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti tasdiqlandi.
Mikromoliyalashtirish limitlari oshiriladi
Prezident 23.07.2019 yildagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4400-son qarorni imzoladi.
Maktabgacha ta’limda oʻzgarishlar kutilmoqda
Mamlakatimiz maktabgacha ta’limida ilgʻor xorijiy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks loyiha amalga oshirilmoqda
Ma’muriy jarimaning 70%ini toʻlang - qolgani «kechiriladi»
Qonunchilik palatasining 22 iyulda boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorida ilmiy konsultant boʻladi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Kirish imtihonlariga ruxsatnoma Davlat xizmatlari markazlarida beriladi
Endi ruxsatnomani olish uchun yaqin oradagi DXMga 24/7 rejimida murojaat qilish mumkin.
Toshkent viloyatida Astraxan davlat texnika universitetining filiali ochiladi
Oʻzining birinchi talabalarini u 2020/2021 oʻquv yilida qabul qiladi.
Advokatni sud orqali litsenziyadan mahrum qilish mexanizmi
Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar ishlab chiqildi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga doir axborot – foydalanish uchun ochiq
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborot vazirliklar va idoralarning hamda hokimliklarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomlarning yangi namunalari tasdiqlandi
Ular 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.
«Tonirovka» hamma uchun: deputatlar masalani hal etishdi
“Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari tomonidan eng maqbul yoʻl sifatida avtomobil oynalarini termal plyonka bilan qoplashga ruxsat berish taklif etilmoqda. Ularni Vazirlar Mahkamasi, DYHXX va «Oʻzstandart» agentligi mutaxassislari ham qoʻllab-quvvatlashmoqda.
Yetimlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi normalar bitta hujjatda jamlanadi
“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Oʻzbekiston yangi lokomotivlar xarid qiladi
2019-2021 yillarda lokomotivlar parkini yangilash uchun jami 226,14 mln AQSh dollarini sarflash koʻzlanmoqda
Fargʻona vodiysida qishloq biznesini rivojlantirish uchun - $300,6 mln
Umumiy qiymati 300,6 mln AQSh dollari boʻlgan “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


