Import qilinadigan mahsulotlarga tarif kvotalarini joriy etish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi import qilinadigan mahsulotlarga tarif kvotalarini joriy etish mexanizmini va ularni importchilar oʻrtasida taqsimlash qoidalarini belgilovchi nizomni tasdiqladi. Hujjat JSTga a’zo boʻlishga tayyorgarlik doirasida ishlab chiqilgan boʻlib, kvotalarni ma’muriy boshqarish tamoyillarini belgilaydi hamda ularni teng huquqlilik va kamsitmaslik asosida taqsimlashni kafolatlaydi.
Oʻqituvchilarni sertifikatlashning yangi tizimi nima beradi
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini koʻp bosqichli tekshirish joriy etiladi. Imtihonlarni oʻtkazish, sertifikatlar reyestrini yuritish va apellyatsiya berish tartibi belgilandi. B+ va undan yuqori sertifikatga ega oʻqituvchilar uchun sertifikatning amal qilish muddati davomida maoshning 15 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
Sport maktablarida ixtisoslashuv joriy etiladi, murabbiylar esa ommaviy sport uchun ragʻbatlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining 407-sonli qarorida maktablarni sport turlariga ixtisoslashtirish, oʻzini oʻzi band qilgan murabbiylarni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, yangi oylik ustamalarni joriy etish va aholi punktlarida sport klublarini rivojlantirish uchun ragʻbatlantirish choralarini koʻrish nazarda tutilgan.
Toshkentni rivojlantirish uchun yirik investitsiyalar jalb etiladi
Prezident Toshkent shahrini 2026-2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini tasdiqladi. Ular yirik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, biznes va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishga tushirish, Suv resurslarini boshqarish markazini tashkil etish, shuningdek, kitob doʻkonlari, kitob kafelari va "Kitob koʻchalari" orqali shahar madaniy muhitini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani oʻzgarishsiz – yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Qaror saqlanib qolayotgan inflyatsion bosim, yuqori ichki talab va tashqi iqtisodiy noaniqlik sharoitida qabul qilindi, bunda tartibga soluvchi 2026 yil yakuniga inflyatsiya prognozini 6,5 foiz darajasida tasdiqladi.
Olimpiada va sport musobaqalari gʻoliblari Oʻzbekiston boʻylab sayohat bilan ragʻbatlantiriladi
Respublika fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblariga "Oʻzbekiston boʻylab sayohat" yoʻllanmalarini taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Hujjat yoʻllanmalarni olish mexanizmini, sayohatlarni tashkil etish tartibini va mamlakat boʻylab ikki va uch kunlik sayohatlarga bora oladigan ishtirokchilar doirasini belgilaydi.
Ichimlik suvi tizimi modernizatsiya qilinmoqda
Prezident ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqladi. Infratuzilmani modernizatsiya qilish, sohani moliyalashtirish tartibini oʻzgartirish, tariflarni tasdiqlash vakolatini respublika darajasiga oʻtkazish va chekka hududlarni suv bilan ta’minlashda yangi yondashuvlarni joriy etish koʻzda tutilgan.
1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Davlat boshqaruvi organlarining madaniy meros sohasidagi vakolatlari chegaralandi
OʻRQ-1160-son Qonun madaniy merosni muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlaydi. Hujjat davlat organlarining vakolatlarini chegaralaydi, madaniy boyliklar muomalasi va realizatsiyasi uchun yangi tartiblarni joriy etadi, shuningdek, arxeologik ob’yektlarni tadqiq qilish qoidalarini mustahkamlaydi.
Davlat organining noqonuniy qaroridan yetkazilgan zararni qoplashning yagona mexanizmi joriy etilmoqda
Davlat organlarining noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashning yagona qoidalarini belgilovchi qonun qabul qilindi. Hujjatda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarini tashkil etish nazarda tutilgan hamda kompensatsiyalarni toʻlash va undirish mexanizmlari belgilangan.
Korrupsiyaga qarshi sertifikatlashtirish qanday oʻtkaziladi
Korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatlashtirish tartibi tasdiqlandi. U davlat tuzilmalari va davlat ulushiga ega tijorat kompaniyalari faoliyatini baholash bosqichlarini belgilaydi. Tizim davlat organlari faoliyatining shaffofligi va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Milliy dispetcherlik markazining vazifalari kengaytirilmoqda
Uning faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar va real vaqt rejimida prognozlash tizimlari joriy etiladi. Ushbu qadamlar qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiya qilish va mamlakatning energiya xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.
Parrandachilik sohasidagi investitsiya loyihalari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi
2026−2027 yillarda parrandachilikka oid yangi loyihalar va "tayyor biznes" dasturlarini imtiyozli kreditlash uchun "Mikrokreditbank" ATB orqali 105 mln dollar ekvivalentida mablagʻ yoʻnaltiriladi hamda kreditlar uzoq muddatli va imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada beriladi.
Zamonaviy ijtimoiy ish tizimi joriy etilmoqda
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini kompleks tartibga soluvchi "Ijtimoiy ish toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi. Hujjat professional ijtimoiy xodimlar institutini joriy etadi, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning yagona tartibini mustahkamlaydi hamda fuqarolar va oilalarning muhtojligini baholashga individual yondashuvni nazarda tutadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining vazifalari belgilandi
Qoʻmitaga sun’iy intellekt texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda xavflarni boshqarish va xavf tahliliga asoslangan samarali nazoratni tashkil etishni nazarda tutuvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot platformasini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.
Samarqandda Parlamentlararo ittifoqning Butunjahon yosh parlamentariylar konferensiyasi boʻlib oʻtadi
Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda Samarqandda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik boshlandi. 2026 yil sentyabr oyida shahar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha III Global forumga ham mezbonlik qiladi.
Madaniy loyihalar milliy operatori tashkil etildi
"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali 2027 yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi. Yirik madaniy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish uchun bojxona imtiyozlari joriy etilib, zarur uskunalarni olib kirish soddalashtirilmoqda.
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini moliyalashtirish kengaytiriladi
Ushbu chora Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish hamda ularning iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish boʻyicha faoliyatini davom ettirishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etilmoqda
2027 yildan boshlab mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida integratsiyalashgan dasturlar bosqichma-bosqich joriy etiladi, texnikum bitiruvchilari esa xalqaro oliy ta’lim muassasalarida oʻqishni imtihonsiz davom ettirishlari mumkin boʻladi.
Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozdan qanday foydalanish mumkin
Bir qator qonun hujjatlariga soliq imtiyozlari berish sohasida elektron shakldagi davlat xizmatlari sonini koʻpaytiradigan oʻzgartirishlar kiritildi.
Tovarlar obligatsiya omborlari orqali sotiladi
Maxsus omborlar va raqamli maydonchalar faoliyati uchun yangi standartlar joriy etilmoqda, bu esa import tovarlarini elektron xizmatlar orqali yanada shaffof va xavfsiz sotish uchun sharoit yaratadi.
Turizm xorijiy filmlar orqali targʻib qilinadi
Xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekistonda filmlarni suratga olish xarajatlarining bir qismini qoplashi, shuningdek, respublikaning turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini yaratganlik uchun haq olishi mumkin boʻladi.
“Raqamli hukumat”: rivojlanishning yangi bosqichi
2028 yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlariga doir xarajatlarni kamida 30 foizga qisqartirish, 2030 yilga kelib esa YaIDXPda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 10 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Agrosanoat raqamlashtirilmoqda: fermerlar uchun Agroportal imkoniyatlari kengaytirilmoqda
2026 yil hosilidan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega qishloq xoʻjaligi tashkilotlari "Raqamli qishloq xoʻjaligi" platformasiga rejalashtirilayotgan ishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda joylashtiradi, ijara shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish, agrotadbirlarni nazorat qilish va kreditlardan foydalanish monitoringi Agroportal orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari: yangi raqamli xizmatlar va reklama tarqatmalariga cheklovlar
YaIDXPda mulkiy huquqlarni rasmiylashtirish soddalashtiriladi, proaktiv xizmatlar kengaytiriladi va fuqarolarni keraksiz reklamalardan himoya qilish kuchaytiriladi. Xususan, mol-mulk bilan bogʻliq bitimlarga qoʻyilgan taqiqlarni masofadan boshqarish, oʻz nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari, telefon raqamlari va notarial harakatlarni kuzatish imkoniyati paydo boʻladi.
Voyaga yetmaganlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish soddalashtirildi
Xorijga koʻchib oʻtishda toʻliq muomala layoqatini tan olish va ta’lim muassasalaridan chetlashtirish xizmatlari YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali bepul koʻrsatiladi.
TXMM toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
Hujjat mintaqada moliyaviy va investitsiya muhitini rivojlantirishda asosiy boʻgʻinga aylanadigan Toshkent xalqaro moliya markazi (TXMM) ishtirokchilari uchun alohida huquqiy rejim, imtiyozlar va xalqaro standartlarni joriy etadi.
Mintaqaviy brendlar qanday targʻib qilinadi
Ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda milliy brendlarni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishga qaratilgan geografik koʻrsatkichlar tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Konstantin Ivanov: «Kitoblar albatta buyurtmachilarga yetkaziladi»
knigi.uz internet-doʻkonida xaridor buyurtmasini birinchi marta oʻz vaqtida ololmadi. Balki manzil toʻliq koʻrsatilmagan va indeksni yozishda xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Kitoblar xaridorga yetib borishi uchun zarur choralar koʻrilyapti
Hisobda QQS bilan aks ettirilgan materiallarga alohida e’tibor beriladi
Bu safar yillik inventarizatsiya oʻziga xos tarzda oʻtkaziladi. Nima uchun deysizmi? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova bu savolga ushbu materialda javob beradi, uni oʻtkazish chogʻida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan murakkab holatlarni esa 2018 yil 23 noyabrda «Norma» PRMdagi seminarda koʻrib chiqadi
QQSga oʻtishga tayyorgarlik koʻrish uchun hali vaqt bor
«Norma» PRM 23 noyabrda «QQSga oʻtish uchun tayyorgarlik koʻrish rejasi: 2019 yil 1 yanvargacha yana nimalarga ulgurish mumkin» mavzusida maxsus trening oʻtkazadi. U muammosiz va moliyaviy yoʻqotishlarsiz QQSga oʻtishda biznesga yordam beradi
1 yanvardan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgaradi
Soliq solishning yangi tizimida import va eksport. «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova 2018 yil 20 noyabrda «Norma» PRMda seminar tinglovchilariga bu haqda batafsil soʻzlab beradi
Xodim qancha maosh olishi kerak?
Shartnomada va xodimni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda shunday deb yozilgan: «Shtat jadvaliga koʻra haq toʻlanadi». Aslida Mehnat kodeksiga muvofiq qanday yozilishi kerak? Bu savolga ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi. «Norma» PRMda 2018 yil 12 noyabrda boshlanadigan kadrlar ishini yuritish boʻyicha oʻquv kursi doirasida boshqa koʻp uchraydigan xatolarni ham koʻrib chiqadi
«Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma» yordamida buxgalterlarning yangi avlodi oʻsib kelmoqda
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotidan «Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma» yanada qulay tus oldi. Endi uning oʻzbekchasini sotib olish mumkin. Tarjima qilingan nashrning birinchi jildi sotuvda, ikkinchisi bosmadan chiqarilmoqda, biroq unga oldindan buyurtma berish mumkin
Monografiyani bosmaga qanday tayyorlash mumkin
Ilmiy ishlarni bosib chiqarish – har bir olimning hayotidagi muhim hodisa. Biroq bosmaga tayyorlash ilmiy faoliyatdan chalgʻitadi va mualliflar uchun haqiqiy bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin. TOP PRINT iqtisodiy-huquqiy nashriyoti ularga yordam berish niyatida oʻz xizmatlarini taklif etadi
QQS qanday hisoblanadi
Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan, 2019 yil 1 yanvardan oboroti 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlgan barcha korxonalar tomonidan QQS toʻlanishi kutilmoqda. Kelajakni oʻylab ish tutadigan tadbirkorlar hozirdanoq xodimlarini rejalashtirilayotgan oʻzgarishlarga tayyorlash ishlarini boshlab yuborishgan. Bunda mutaxassislar uchun maxsus oʻquv kurslari tashkil qilish orqali «Norma» professional rivojlanish markazi oʻz hissasini qoʻshmoqda
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


