Sugʻurtalovchilar mijozlarini tekshirish qat’iylashtiriladi
Yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish joriy etiladi.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etiladi
Ayrim davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarida jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi, ular hisobidan markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi.
Avtotransport sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi oʻzgartirildi
Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar xodimlarining kasbiy mahorati uch yilda bir marta baholanadi.
1 iyuldan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqaruv tuzilmasi oʻzgartirildi
Investitsiyalar sohasi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Kon-metallurgiya sanoati qanday rivojlantiriladi
Uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar orasida - Mis sanoati klasterini tashkil etish, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish.
Onlayn nazorat-kassa texnikalari reyestri yangilanmoqda
Kelasi yilning 1 yanvaridan barcha tadbirkorlik sub’yektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga oʻtadi.
Qaysi bankda qoʻllab-quvvatlash xizmati yaxshi yoʻlga qoʻyilgan
Bank.uz tadqiqot guruhi Oʻzbekistondagi banklarning mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatlarining birinchi reytingini tuzdi.
Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi
Prezidentning qarori bilan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
Oʻzbekiston va Vengriya savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytiradi.
Idoraviy NHHni qabul qilish qoidalari oʻzgardi
Xususan, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezidentning farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan ularni qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir oydan oshmasligi lozim.
Pochta xodimlari har yili qayta tayyorlashdan oʻtadilar
Oʻqitish dasturi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha zamonaviy texnika, usullar va yoʻnalishlarda xabardorligini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Kim MB bazasidan banklardagi hisobvaraqlar toʻgʻrisida ma’lumotlar olishi mumkin
Qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan banklardagi hisobvaraqlar toʻgʻrisida ma’lumotlar olishi mumkin boʻlgan organlar belgilandi.
Davlat NTMni qanday qoʻllab-quvvatlaydi
Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Avtokredit yoki sotib olish sharti bilan ijara – qaysi biri afzal?
Iste’molchi avtomashina sotib olishga qaror qilgan, biroq xarid uchun oʻz mablagʻlari yetarli boʻlmagan. Bunday vaziyatda uning oldida odatda ikki yoʻl turadi: tijorat banklaridan qarzga mablagʻ olish yoki keyinchalik sotib olish sharti bilan avtotransport vositasini ijaraga olish.
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblari ragʻbatlantiriladi
Oltin medal uchun $200 000, kumush medal uchun - $100 000, bronza medal uchun - $50 000 bir martalik pul mukofoti toʻlanadi.
Senatorlar tomonidan yettita qonun muhokama qilindi
Poytaxtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi choralari joriy etiladi
Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi chora-tadbirlar paketi ishlab chiqildi – Prezidentning Farmoni va qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi.
Xodimga qancha vaqtda «ish haqi saqlanmaydigan» ta’tilni berish mumkin
2020 yilning 1 iyulidan 1 oktyabriga qadar - 3 oy davomida - xodima ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda edi. Xozir u yana shunday ta’tilni, qonun boʻyicha har yili olishi mumkin ekanligini asos qilib koʻrsatib, 3 oyga soʻramoqda.
Toshkentda yangi universitet tashkil etiladi
Prezident tomonidan 23 iyun kuni «Yangi Oʻzbekiston» universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Koʻp kvartirali uy-joylar boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
«Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish uchun $100 mln ajratiladi
Shuningdek Andijon viloyatidagi tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak koʻrsatiladi.
"Turbay" konlari boʻyicha loyihaning TIA tasdiqlandi
$132 425,4 ming summadagi investitsiya loyihasi 2024 yildan boshlab yiliga tarkibida oltin boʻlgan 2 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib olishga yoʻnaltirilgan.
"E-qaror" elektron tizimi joriy etiladi
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va e’lon qilish 1 iyuldan boshlab "E-qaror" elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Biznesga oʻqitish uchun kreditlar qanday ajratiladi
Tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70%i davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi, bitiruvchilarga esa biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.
Qanday qilib talaba bitta OTMdan boshqasiga koʻchirilishi mumkin
Koʻchirish tartibi Prezidentning “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan.
Madaniy meros agentligi nimalar bilan shugʻullanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Mebel ishlab chiqaruvchilarga xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
Hududlarda klaster usulida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


