Yer munosabatlarida nimalar oʻzgardi
Yer uchastkalarini olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
«Vatan tayanchi» Jamgʻarmasining mablagʻlari nimaga sarflanadi
Jamgʻarma Prezidentning «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida» qarori bilan tashkil etilgan.
Avtomobillarni TKdan oʻtkazish muddatlari qayta koʻrib chiqildi
Endi yengil avtomobillarning orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish uchun ruxsatnoma olish shart emas, old yon oynalari tusini oʻzgartirish uchun toʻlov miqdori belgilandi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish soddalashtirildi
Franshizing shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Mahalliy OAVni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari tasdiqlandi
Ularga soliq va bojxona imtiyozlari beriladi, eng yaxshi materiallarni keng jamoatchilik tomonidan aniqlash uchun elektron platforma ishga tushiriladi, davriy bosma nashrlarga obuna uchun keshbek joriy etiladi.
Nizomiy nomidagi TDPUga moliyaviy mustaqillik beriladi
Universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kamida 15 nafar malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi, shuningdek xalqaro e’tirof etilgan OTMlar bilan hamkorlikda kamida 3 ta qoʻshma ta’lim dasturi tashkil etiladi.
10 ta pedagogika OTM tashkil etildi
2-4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari "4+2" tartibida olib boriladi. Darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida olib boriladi.
Konstitutsiyada nimani oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
“Mening Konstitutsiyam” portalida Prezidentning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Referendum toʻgʻrisidagi qonunchilikda nima oʻzgardi
Boshqalar qatorida, referendumni oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zolik huquqi cheklangan shaxslar doirasi belgilandi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasi tasdiqlandi
Mahalla huquq-tartibot maskani jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiradigan ichki ishlar organlarining eng quyi boʻgʻinidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
«Termez Cargo Centre» MChJga Xalqaro transport-logistika xabi maqomi berildi
Uning vazifalari orasida - gumanitar yordam koʻrsatish maqsadida Xalqaro xabdan foydalanayotgan manfaatdor xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, gumanitar yordamni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni ta’minlash va boshqalar bor.
Qoʻl jangi qanday ommalashtiriladi
Qoʻl jangi oʻzida boks, taekvondo, kurash, karate, sambo, ushu kabi sport turlarini jamlaydi va soʻnggi yillarda boshqa an’anaviy sport turlariga nisbatan keng ommalashib bormoqda.
Professional ta’lim muassasalari faoliyatini departament nazorat qiladi
Unga oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibi soddalashtiriladi
Buning uchun, Davlat personallashtirish markaziga biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ayrim axborot tizimlariga integratsiya qilish topshirilgan.
«UzGasTrade» AJ tashkil etildi
U tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qiladi va sotadi.
Dzyudo ommaviy sport turlaridan biriga aylanadi
Respublikada kattalar oʻrtasida "Katta dubulgʻa" xalqaro turniri, oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida xalqaro turnir, "Xalq ta’limi vaziri kubogi", Qurolli Kuchlar tizimida "Mudofaa vaziri kubogi" va boshqalar oʻtkaziladi.
Prezident Konstitutsiyaga bir qator oʻzgartirishlar kiritishni taklif qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini moddiy koʻmagini Davlat jamgʻarmasi ta’minlaydi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali eksport hajmini oshirishga ham koʻmaklashadi.
Xalq ta’limi sohasidagi ayrim xizmatlar elektron formatga oʻtkazildi
Ular orasida bolalarni davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish, eksternal ta’lim tartibida imtihon topshirish uchun arizalar qabul qilish va boshqalar bor.
Nikoh va tugʻilganlikni qayd etishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan ayollar tavsiyanoma bilan oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilinadi
Tavsiyanoma olish uchun oʻrta maxsus yoki professional ta’limga ega boʻlish va ilgari universitetda ta’lim olmagan boʻlish kerak.
Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi» tashkil etildi
U yagona elektr energetika tizimiga ulangan tashkilotlarning markazlashtirilgan tarzda uzluksiz tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi.
Fuqarolar davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini baholay oladilar
Moliyalashtirish davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir sifatida e’tirof etilgan vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi nazorat ob’yektlari tekshirilishi mumkin emas.
Davlat organlari va tashkilotlari uchun ochiqlik indeksi joriy etilmoqda
U davlat organlari ochiqlikni ta’minlashga mas’ul boʻlgan xodimlar faoliyatining samaradorligi, rasmiy veb-saytlarda axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish bilan baholanadi.
Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun $400 mln ajratiladi
Jahon banki ishtirokida byudjetni moliyalashtirish boʻyicha loyihani amalga oshirish parametrlari tasdiqlandi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi tashkil etiladi
Prezident qarori bilan aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimi isloh qilindi.
Parrandachilikni rivojlantirishga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiladi
Parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.
“Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Davlat organlari - Milliy gvardiyaning, Prezident davlat xavfsizlik xizmatining, Mudofaa vazirligining, IIVning, DXXning, FVVning, DBQning hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarning qoʻriqlash boʻlinmalari, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


