Qorabayir zotli otlarning seleksiyasi bilan maxsus markaz shugʻullanadi
Prezidentning 2019 yil 18 fevraldagi qarori yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan
Imtiyozlar – faqat Uyushma a’zolariga
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2019 yildagi «Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 138-son qarori qabul qilindi
Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning yangi tartibi: nimalarni oʻzgartirish taklif etilmoqda
QHTBT portalida Prezidentning kirish test imtihonlarini oʻtkazish tizimini takomillashtirishga doir qarori loyihasi taqdim etilgan
2021 yildan boshlab avtomobillarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tadbirkorlik sub’yektlari qoʻliga oʻtadi
Bu 2019 yildan amalga oshirilishi lozim edi. Tuzatishlar kiritildi: 2020 yilning oxirigacha bu funksiyani DYHXX organlari bajaradilar
Ot sporti maktablari ochiladi
Prezidentning 2019 yil 18 fevraldagi qarorida Toshkentda, 8 ta viloyatda va Qoraqalpogʻistonda yosh chavandozlar uchun maktablar ochish nazarda tutilgan
Davlat xizmatlarini koʻrsatish reglamentlari tasdiqlandi
Davlat xizmatlari markazlari orqali tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, FHDYo va notariatdan arxiv ma’lumotnomalarini olish, rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibi belgilandi
Shartnoma holatini qanday bilish mumkin
Endi tadbirkorlik sub’yektlari «UzASBO» dasturiy majmuasi yordamida byudjet tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar holatini tekshirishlari mumkin
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha sirtqi boʻlimlarga kvotalar koʻpaytiriladi
2019–2023 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi
Avtomobillar Davlat xizmatlari markazlarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi
1 apreldan Davlat xizmatlari agentligining poytaxtdagi istalgan «yagona darchasi»da yangi avtomobilni roʻyxatdan oʻtkazib, davlat raqami belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻladi
Oʻzbekistonda xususiy oliy ta’lim muassasasi ochiladi
Akfa universiteti fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida mutaxassislarni tayyorlaydi
100 000 soʻmlik kupyura 25 fevraldan muomalaga chiqariladi
Markaziy bank 2019 yilning 25 fevralidan boshlab qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknota koʻrinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida ma’lum qildi
1 apreldan yana 6 ta ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinadi
Prezidentning «Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Saylov kodeksi birinchi oʻqishda qabul qilindi
15 fevral kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Inxa universitetida Global ta’lim markazi ochildi
Markaz mazkur oʻquv yurtiga kirmoqchi boʻlgan fuqarolarga maslahatlashuv xizmatlarini taqdim etadi
Urganch va Xivada kichik turizm zonalari tashkil etiladi
2019–2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Elektr hisoblagichlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga – imtiyozlar
Prezidentning 13.11.2017 yildagi PQ–3384-son va 23.10.2018 yildagi PQ–3981-son qarorlariga tegishli tuzatishlar kiritildi
«Yuksalish» harakati raisi vazirga tenglashtirildi
Hukumat «Yuksalish» umummilliy harakati va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tartibga soldi
Xalqaro ekspertlar banklar toʻgʻrisidagi qonunni yangilashda ishtirok etmoqdalar
13-14 fevral kunlari Markaziy bankda yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi
Mehnat qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Qonunchilik palatasida tashkil etilgan davra suhbatida fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta’minlash masalalari koʻtarildi
Adliya vazirligi jurnalistlar uchun bepul kurslarni tashkil qiladi
Malakali va tajribali yuristlar tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun huquqiy mavzulardagi mashgʻulotlar oʻtkaziladi
Ftiziatriya va pulmonologiyani rivojlantirishga – alohida e’tibor
Bir qator hujjatlar mazkur sohalarda maxsus tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan
Respublikaning bosh psixiatri va bosh suitsidologi boʻladi
2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi
2019 yilda qaysi qonun loyihalari koʻrib chiqiladi
2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi
Kim knigi.uz internet-doʻkonida buyurtmani 900 raqami ostida rasmiylashtirsa - sovrin oladi
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyoti «knigi.uz internet-doʻkonidan xarid qiling va sovrinlar oʻyinida ishtirok eting» aksiyasi boshlangani haqida e’lon qildi
Tibbiyotni yaxshilash uchun muammolar haqida gapiring
Adliya vazirligi sogʻliqni saqlash tizimida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan aholi oʻrtasida soʻrov oʻtkazmoqda
Shahar telefoni uchun toʻlov oʻzgaradi
«Oʻzbektelekom» AK 2019 yil 1 martdan boshlab telekommunikatsiya universal xizmatlari uchun yangi tariflarni joriy etmoqda
Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi
«Norma» professional rivojlanish markazi «Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi» oʻquv kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 2019 yil 20 fevralda boshlanadi
Oltin izlovchilar – jismoniy shaxslarga nafaqat litsenziya, balki «patent» ham kerak
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga 1 martdan boshlab qoʻshimcha kiritiladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


