Andijon viloyatini rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur tasdiqlandi
Dastur aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi
Subsidiya har bir xodimga BHMning 1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida beriladi.
Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisi 2022 yil 28 aprel kuni chaqiriladi
Majlisda “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi, “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlar koʻrib chiqiladi.
Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Kasanachilarga soliq imtiyozlari beriladi
Kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarishda kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50%ga, biroq hisobot davri (bir oy)da koʻpi bilan 1 mln soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha sinov oʻtkaziladi
Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlandi
Dastur aholi va tadbirkorlar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat xizmatlari markazlari uy-joy buzilishi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni boshlaydi
Bu haqdagi ma’lumotnoma 3 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va ariza beruvchining elektron manziliga tegishli xabarnoma bilan yoʻllanadi.
Tuman suv xoʻjaligi xizmatlarining vazifalari belgilandi
Tuman irrigatsiya boʻlimlari tarkibida iste’molchilarga suv yetkazib berish, xoʻjaliklararo sugʻorish tarmoqlaridan foydalanish ishlarini tashkil qilish boʻyicha suv xoʻjaligining maxsus xizmati tashkil etiladi.
Tijorat banklariga 300 mln AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratib beriladi
Ular 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10% stavkada milliy valyutada taqdim etiladi.
Respublika byudjeti barqarorligi qanday ta’minlanadi
Boshqa choralar orasida, shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra, 2022 yilda QQS boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan mablagʻlarning 40%i Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetida qoldiriladi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
U yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
«Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimida qanday oʻzgartirishlar boʻldi
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi (qayta takrorlansa – jinoiy javobgarlik).
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi takomillashtirildi
Shu maqsad bilan tegishli «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi.
“Oltin aksiya” tushunchasi qonunchilikdan chiqarib tashlandi
Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining funksiya va vazifalari belgilandi
Ular Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan.
Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar IIVga biriktiriladi
Ularning shart-sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida ma’lumot uchun pul mukofoti beriladi
Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida ma’lumot bergan shaxslar BHMning 10%i (27 ming soʻm) miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi
Yangi Markaz xalqaro standartlar va “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazadi.
Maxsus maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkaziladi
2022/2023 oʻquv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yoʻnalishiga qabul 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7-11-sinflarga, keyingi oʻquv yillarida tegishincha 5- va 7-sinflarga amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida JShShIRni aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi
Bu tegishli ma’muriy reglamentda belgilangan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga qoʻyiladigan talablar belgilandi
Ular tegishli Nizomda nazarda tutilgan.
YHQ yangi tahrirda tasdiqlandi
Ularning normalari 2022 yil 1 maydan amalga kiritiladi.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati uzaytirildi
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni almashtirish muddati ularning berilgan vaqtiga qarab uzaytirildi.
Mamlakatga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymati qanday aniqlanadi
Hukumat tomonidan tovarlar bojxona qiymatini aniqlashga tegishli nizom tasdiqlandi.
Davlat organlari oʻz faoliyatiga volontyorlarni jalb qiladi
Shu maqsadda Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Oʻzbekistonda AXS qanday qoʻllaniladi
Hukumat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Xorijdagi vatandoshlarni taklif qilish va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini Oʻzbekistonga taklif qilish, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamentlari tasdiqlandi. Arizalarni YaIDXP va DXM orqali topshirish mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


