1 fevraldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Davlat organlari axborot xizmatlari rahbarlari attestatsiyadan oʻtkaziladi
Attestatsiya mutaxassisning kasbga yaroqliligiga xolisona baho berish, uning tegishli malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda mas’uliyatni oshirish imkonini beradi.
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi ishlab chiqildi
U "Stent for Life" va "Action Plan for Stroke" xalqaro dasturlariga asoslangan boʻlib, 2026 yil 1 maydan boshlab hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Qon bilan ishlash xizmati tizimi takomillashtirilmoqda
Har oyda "Hayotni birgalikda saqlab qolamiz" milliy donorlik aksiyasi oʻtkaziladi: bir hafta – qon xizmati tashkilotlarida, uch hafta – ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarda.
Eski avtomobillar – taqiq ostida
Umumiy ogʻirligi 44 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari, maxsus transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoʻnalishsiz taksilar, antiqa avtomototransport vositalari uchun alohida davlat raqamlari joriy etiladi.
Elektron tibbiy karta va retseptlar bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi
Sogʻliqni saqlash vazirligi "Elektron poliklinika", "Elektron shifoxona", "Elektron tibbiy karta" va "Elektron retsept" modullaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqladi, unda ma’lumotlarni kiritish, foydalanuvchilarga kirish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish talablari belgilandi.
Sun’iy intellektdan foydalanishdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik joriy etiladi
Sun’iy intellekt yordamida shaxsiy ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berish, shuningdek, ularni internet va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi koʻzda tutilgan.
Onlayn firibgarlikdan himoya kuchaytirilmoqda
Onlayn kredit olishda firibgarlik qurboni boʻlgan fuqarolardan kredit undirish toʻxtatiladi.
Notariuslar tomonidan ijro xatlari qanday yoziladi
Yangi qoidalar soʻzsiz qarzlarni undirishni tezlashtirishga, fuqarolar va biznesning notarial idoralar bilan oʻzaro munosabatlarini soddalashtirishga qaratilgan.
"Aqlli" migratsiya punktlari tashkil etilmoqda
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boshqarmalari xorijliklarga Oʻzbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.
2026 yilda Norma tizimlari foydalanuvchilari uchun bonus dasturi
Koʻp yillik an’anaga koʻra "Norma" kompaniyasi onlayn va oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar (bundan keyin – tizimlar) foydalanuvchilariga turli bonuslarni taqdim etadi.
Xususiy sektor metall parchalari va gaz bilan savdo qilish huquqiga ega
Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlishi munosabati bilan qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi
Muhim vazifalardan biri – Jahon bojxona tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tranzit tartib-taomillarini takomillashtirish.
Kitob oʻqiydigan mahkumlarga jazo muddati qisqartirilishi mumkin
Buning uchun mahkumlarda toʻgʻri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni oʻqish fakti tasdiqlanishi lozim.
Aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni qanday oshirish mumkin
Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi va uning Vasiylik kengashi tarkibi hamda shakllantirish manbalari tasdiqlandi.
Yengil sanoat eksporti hajmi oshadi
AQSh, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Polsha, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining vakolatxonalari ochiladi.
Investitsiya platformalari faoliyati qanday amalga oshiriladi
Platformalar orqali investitsiyalar qimmatli qogʻozlarni chiqarish va muomalaga kiritish bilan bevosita bogʻliq emas, investitsiya vositachilari va listing ishtirokini talab qilmaydi.
Pirotexnikadan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Pirotexnika buyumlari muomalasi toʻgʻrisidagi yangi qonunda ularning tasnifi belgilangan, pirotexnikaning xavfli turlaridan foydalanishga taqiqlar oʻrnatilgan, xavfsizlik talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilgan.
Markaziy Osiyo va Xitoy oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlik kengayadi
Mintaqaviy hamkorlikni tizimli rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi kotibiyat toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
"Fargʻona" turistik zonasida sayyohlar uchun zamonaviy infratuzilma barpo etiladi
Unda piyodalar va velosiped yoʻlaklari, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, uchish-qoʻnish maydonchalari va kabinali dor yoʻllari hamda boshqa ob’yektlar joylashtiriladi.
Ish beruvchilar oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlarni qanday tayyorlaydi
Oliy ta’lim tashkilotlari, talabalar va ish beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tartibi buyurtmachilar hisobidan toʻlovlarni amalga oshirish va biznesning ta’lim jarayonida ishtirok etishini nazarda tutadi.
Tibbiy uskunalarning klinik tadqiqotlari qanday oʻtkaziladi
Klinik tadqiqotlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining tavsiyasi asosida Sogʻliqni saqlash vazirligining Ekspert kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Notarial hujjatlarni onlayn tasdiqlash mumkin
Notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish dasturini Loyiha ofisi ishlab chiqadi
Uning vazifalaridan biri issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha institutsional tahlil oʻtkazish va islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilashdan iborat.
Umumiy farmakopeya maqolalari qanday ishlab chiqiladi
Dori vositalarining xavfsizligi va sifatini oshirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat farmakopeyasi maqolalari jahon tajribasi va yangi ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda qanday ishlab chiqilishi va qayta koʻrib chiqilishini belgilab berdi.
Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishda ilmiy yondashuv joriy etilmoqda
Oldini olish mumkin boʻlgan har bir jinoyat joylardagi rahbarlarning shaxsiy javobgarlik zonasiga aylanadi – bunday yondashuv Prezidentning yangi qarorida mustahkamlab qoʻyildi.
Mediatorlarning kasbiy etikasi qoidalari ishlab chiqildi
Ularning maqsadi mediatorlar faoliyatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida mediatorlarga nisbatan hurmat va ishonchni oshirishdan iborat.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yangi bosqichga koʻtarilmoqda
Davlat organlari va tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmentini sertifikatlash milliy tizimi joriy etilmoqda.
Soliq navigatori–2018 endi «Qonun hujjatlari» AQTda
Koʻpchilik tashkilotlar yillik hisobotni topshirib boʻldi. Toʻs-toʻpolondan soʻng qisqa muddatli tanaffus boshlandi – bu joriy yil uchun soliq solishning yangi qoidalarini oʻrganishning ayni mavrididir. Bu yumushni ishdan ajralmagan holda, qolaversa kundalik faoliyatda bexato amalga oshirishda Soliq navigatori–2018 yordam beradi
BIR.UZ imtihonida ishtirok etdingizmi – sovgʻa va bonuslar oling
«Norma» kompaniyasi BIR.UZ tizimida malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtganlar uchun maxsus ragʻbatlantirish dasturini tayyorladi
Marhamat, 2018 yilgi soliqlarni qanchalik bilishingizni tekshirib koʻring!
Bunda sizga bir.uz tizimi bepul yordam beradi
BIR.UZ tanlov e’lon qiladi
Toshkent moliya institutida talabalar, magistrantlar va aspirantlar oʻrtasida buxgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi bilimlarini sinash maqsadida BIR.UZ tizimining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi
Nargiza Yusupxoʻjayeva: «Mustaqil baho olishni istagandim»
«Exito Print» XK matbaa korxonasi bosh buxgalteri Nargiza Maxsudxoʻjayevna Yusupxoʻjayeva ─ BIR.UZ attestatini qoʻlga kiritgan beshlik orasidan oʻrin egallashga muvaffaq boʻldi. Biz undan bir nechta savollarimizga javob berishini iltimos qildik
BIR.UZ attestatiga ega boʻlganlar soni oshdi
20-21 yanvar kunlari «Norma» professional rivojlanish markazida bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimi boʻyicha ikkinchi imtihon oʻtkazildi. Yana 3 kishi attestatga ega boʻldi, ushbu hujjatlarni qoʻlga kiritganlarning umumiy soni esa besh kishiga yetdi
Ella Semennikova: «Bir.uz talab yuqori boʻlgan resursga aylanadi»
Vir.uz malakani baholash tizimini birinchilardan boʻlib sinab koʻrgan buxgalterlardan biri – «Betomax Beton» MChJ bosh buxgalteri Ella Aleksandrovna Semennikova. U mazkur oʻquv platformasining amaliy qoʻllanilishi boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi
«Yillik hisobot 2017» elektron kitobi sotuvga chiqdi
«Norma» nashriyoti «Yillik hisobot 2017» elektron kitobini chiqardi. Kitob «Norma Ekspert» mutaxassislari tomonidan joriy yilda qonunchilikka kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


