Sun’iy intellekt sohasidagi yetakchilar oʻrtasida milliy tanlov oʻtkaziladi
"Bir million dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi sifatida "Sun’iy intellekt sohasidagi besh million yetakchi" loyihasi boshlanadi.
Bojxona bojining nol stavkasi qaysi tovarlarga nisbatan uzaytirildi
Imtiyoz aholining muhim tovarlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamgʻarmasi tashkil etildi
Uning mablagʻlari yangi maktablar qurish, mavjud ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Mamlakatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha uch yillik dastur qabul qilindi
Uning yoʻnalishlaridan biri – qurilish ob’yektlarini loyihalashtirishda "yashil" texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishni hisobga olgan holda energiya samaradorligi standartlari va yondashuvlariga toʻliq rioya qilish.
Ilm-fan sohasi tubdan isloh qilinadi
Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi.
Retsept boʻyicha beriladigan dorilarning referent narxlari qanday hisoblanadi
Referent narxlarni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi mazkur sohada vakolatli organ etib belgilandi.
SK-2026: soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Buxgalter.uz ekspertlari 25.12.2025 yildagi "Soliq va byudjet siyosatining 2026 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1108-son Qonun boʻyicha bir nechta sharhlar tayyorladilar.
Yordamga muhtojlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilmoqda
Davlat ta’minotidagi oilalarga xonadonlarga quyosh panellari oʻrnatish uchun subsidiya va Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmati qanday tashkil etiladi
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yangi qoidalari tasdiqlandi – xodimlarni oʻqitishdan tortib ish beruvchilarning ish joylaridagi xavfsizlik uchun javobgarligigacha.
Faoliyat yuritmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish soddalashtirildi
Ayrim NHHlarga aholi bandligini ta’minlash va xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
1 yanvardan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilmoqda
Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026 yil oxiriga qadar respublikaning boshqa hududlarida bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari ochiladi.
Oʻzbekistonliklar 2026 yilda qaysi kunlarda dam oladi
Prezident "2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi Farmonni imzoladi.
Kapital bozori yanada rivojlanadi
Fond bozorining mahalliy maydonchalarida fuqarolarni fond bozoriga jalb etish maqsadida xorijiy emitentlarning, shu jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari savdosi tashkil etiladi.
Bojxona tartib-taomillari soddalashtirilmoqda
Bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish, biznes xarajatlarini kamaytirish va eksport-import operatsiyalarini jadallashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi
Andijon shahri va Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tashkil etilgan hududiy markazlar tajribasi asosida 2026-2027 yillar davomida 20 ta hududiy markaz ochiladi.
Sanoat zonalaridagi tugallanmagan ob’yektlarni qanday baholash mumkin
Vazirlar Mahkamasining "Sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Sanoat zonalarini boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
Sanoat zonalarini rivojlantirishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda: direksiyalar sanoat ipotekasi shartlari asosida infratuzilma qurilishida ishtirok etishlari, loyihalarda ulush olishlari va yerdan foydalanish ustidan nazoratni saqlab qolishlari mumkin boʻladi.
Kambagʻal oilalar a’zolariga daraxt ekish uchun subsidiya beriladi
"Yashil makon" umummilliy loyihasi mablagʻlari hisobidan "Ekofaol fuqaro" platformasiga oʻzi ekkan daraxtlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirgan kambagʻal oilalar a’zolariga oʻrmon fondi yerlarida oʻzi ekkan va oʻstirgan har 100 tup daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalari qanday tayinlanadi
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi (2026 yil 1 yanvardan) va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (2026 yil 1 iyuldan) Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali tayinlanadi va toʻlanadi.
Konstitutsiyaviy sud foliyati takomillashtiriladi
Konstitutsiyaviy sud faoliyatini keng koʻlamli isloh qilish rejalashtirilgan: fuqarolar va biznesning konstitutsiyaviy odil sudlovdan foydalanish imkoniyati kengaytirilmoqda, murojaatlarni koʻrib chiqish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda va sud jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish boshlanmoqda.
Byudjet xarajatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
Hisob palatasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarni xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining murojaatlari va texnik topshiriqlari asosida moliyaviy auditdan oʻtkazadi.
Tax-Free tizimining turizm va iste’mol faolligini rivojlantirishga ta’siri: Yaponiya tajribasi va Oʻzbekistonda amalga oshirish muammolari
Ma’muriy tartib-taomillar va ma’muriy sud ishlarini yuritish tizimini takomillashtirish doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari boʻlib oʻtdi.
Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilindi
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan importni amalga oshirishda tovar qiymati boʻyicha 5 000 AQSh dollari miqdoridagi cheklov olib tashlandi, turistlarga uy-joyni 30 kungacha boʻlgan muddatga ijaraga berish boʻyicha talablar bekor qilindi.
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar tasdiqlandi.
Mas’uliyat kuchaytirildi va qoʻllab-quvvatlash choralari kengaytirildi: ijtimoiy himoya toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirildi
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qilindi.
Elektron retseptlar bosqichma-bosqich joriy etiladi
Tizimni joriy etishning birinchi bosqichida elektron retsept antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar va tizimli ta’sirga ega gormonal preparatlar uchun majburiy hisoblanadi.
"Biznes hamroh" markazlari tadbirkorlarga kompleks xizmat koʻrsatadi
SSP, shuningdek, xizmatlardan foydalanishda yuzaga keladigan masalalar va muammolar boʻyicha murojaatlarni qabul qilish, maslahat berish va hal etish uchun "Biznes hamroh" elektron platformasi va "Sall -markaz"ni ishga tushiradi.
BIR.UZ dasturning birinchi ishtirokchilariga pullarini qaytaradi!
BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimi imtihonining barcha ishtirokchilari uchun ajoyib yangilik! 16-17 dekabr kunlari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Attestat olganlar uchun biz imtihon qiymatining 90%ini qaytaramiz
BIR.UZ: malaka oshirish oson!
Buxgalter – uzluksiz bilim olishni talab etuvchi ba’zi kasblardan biri. Qonunchilik oʻzgarmoqda, yangi hujjatlar deyarli har kuni e’lon qilinmoqda. Bularning barchasi u yoki bu tarzda buxgalteriya hisobida aks etadi
Yangi hujjatlar – har ish kunida!
Internet tarmogʻi orqali yangilanadigan «NORMA. OʻzR Qonunchiligi» AQT foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilik! 1 dekabrdan boshlab tizim sizning hujjatlar bazangizni har kuni avtomatik tarzda yangilaydi!
Birinchi raqamli Bosh buxgalter Attestatini kimlar oladi
Bu savolga javobni 16-17 dekabr kunlari birinchi marotaba Buxgalterlar malakasini baholash tizimi doirasida oʻtkaziladigan imtihon natijalariga koʻra bilib olamiz
Normal ish sharoitlardan chekinishda ish haqini qanday toʻgʻri hisoblash kerak
9 noyabr kuni «Norma» PRMda «Normal ish sharoitlarida oylik ish haqi, nafaqa, kasallik boʻyicha va dekret ta’tili nafaqalarini toʻlash» mavzusida bir kunlik seminar oʻtkaziladi
Xodimlarni ishga olish, oʻtkazish va boʻshatishni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak
7 noyabr kuni «Norma» professional markazida bir kunlik «Mehnat qonunchiligi: qoʻllash amaliyoti» deb nomlangan trening boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar xodimlarni ishga olish, boshqa ishga oʻtkazish, qoʻchirish hamda ishdan boʻshatishni huquqiy muvofiqlashtirish va hujjatlashtirishning asosiy jihatlarini koʻrib chiqishadi
TIF ishtirokchilari uchun soliq solish masalalari
«Eksport-import operatsiyalari: hisobga olish, soliq solish, hatolar» mavzusidagi bir kunlik seminar «Norma» PRMda 2 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar nazoratchi organlarning diqqat markazida boʻlgan faoliyat sohasida qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti bilan tanishib chiqishlari mumkin boʻladi
Umumbelgilangan soliqlar toʻlovining barcha jihatlari
11 noyabr kuni «Umumbelgilangan soliq toʻlovchilari boʻlgan korxonalarda soliq solishning oʻziga xosliklari» mavzusida bonusli seminar boʻlib oʻtadi. Asosiy mavzu – 2017 yilda soliqlarni hisoblash va toʻlash borasidagi oʻzgarishlar
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


