Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimi isloh etilmoqda
Prezident farmoni bilan energetika sohasini rivojlantirishning yangi tamoyillari, jumladan, bozor mexanizmlarini kuchaytirish, raqobatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish belgilandi. 2026 yil yakuniga qadar iste’molchilarni 2050 yilgacha energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Toshkentda jarima maydonchalariga oid ma’lumotlar elektron formatga oʻtkaziladi
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab tajriba tariqasida jarima maydonchalariga ushlab turilgan avtomobillarni olib kirish, saqlash, hisobga olish va olib chiqish «Jarima maydonchasi» elektron moduli orqali amalga oshiriladi. Transportni olib chiqish uchun ruxsatnoma ham QR-kod bilan elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Korxonada baxtsiz hodisa yuz berganda nima qilish kerak
2026 yil 1 dekabrdan boshlab mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish «Xavfsiz mehnat» tizimi orqali sun’iy intellekt yordamida amalga oshiriladi. Yangi qoidalar, shuningdek, xodimlarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni maxsus tekshirish va qoplash tartibini belgilaydi.
Yangi pensiya strategiyasi: soliq imtiyozlari oʻrniga biznes uchun subsidiyalar
Prezidentning «Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi (Loyiha IDsi:10855).
Talabalar oʻrtasida olimpiadalar oʻtkazish tartibi yangilandi
Talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika va xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari shuningdek, ularning oʻqituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Xalqaro olimpiadada birinchi oʻrin uchun talabaga BHMning 100 baravari, oʻqituvchiga BHMning 50 baravari miqdorida mukofot beriladi.
Xavfsiz ish muhitini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda
Yangi tizim xodimlarga nisbatan tazyiq, jinsiy shilqimlik, zoʻravonlik, psixologik bosim, ta’qib va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan. Murojaatlarni raqamlashtirish, murojaatchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarni yashirishga yoʻl qoʻymaslikka alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Uning vazifalariga kirish va malaka imtihonlarini oʻtkazish, milliy sertifikatlar berish, test tizimini ishlab chiqish, ta’lim toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatlarni tan olish va ta’lim muassasalarining rasmiy hujjatlarini apostillash kiradi.
Ijtimoiy muassasalar pullik xizmat koʻrsatadi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi muassasalari pullik xizmatlar koʻrsatishi, oʻz mahsulotlarini sotishi va mulkini ijaraga berishi mumkin boʻladi. Olingan daromadlar hisobidan xodimlarga lavozim maoshining 300 foizigacha ustamalar belgilash va har chorakda besh oylik maoshgacha mukofotlar toʻlashga ruxsat beriladi.
Elektrotexnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul
Prezidentning 12.09.2026 yildagi PQ-325-son qarori bilan yirik investorlarni jalb qilish va mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun soliq va moliyaviy imtiyozlar belgilandi.
Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt toʻloviga chegirma joriy etiladi
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning kunduzgi boʻlimida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari har yili toʻlov-kontrakt qiymatining 30 foizi miqdorida chegirma olishlari mumkin boʻladi. Uni rasmiylashtirish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza berish kifoya.
Uzumning yangi navlarini yetishtirish boʻyicha tajriba stansiyasi tashkil etilmoqda
Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida oʻsimliklarni «in vitro» usulida yetishtirish texnologiyasini joriy etish, uzumning yangi navlarini tarqatish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy resurstejamkor usullarni joriy etish boʻyicha tajriba stansiyasi tashkil etiladi.
Suv iste’moli monitoringi dronlar yordamida amalga oshiriladi
«Suvxoʻjaliknazorat» inspeksiyasiga suvni tejaydigan texnologiyalar va suv resurslaridan foydalanishni monitoring qilish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini qoʻllashga ruxsat berildi. Bunda dronlar yordamida oʻtkazilgan tadbirlar tekshiruv hisoblanmaydi va «Yagona davlat nazorati» tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Ta’lim muassasalarida bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish kuchaytirilmoqda
Bir qator NHHga voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun mas’ul shaxslar tomonidan ularga nisbatan jismoniy zoʻravonlik, kamsitish va haqorat qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan pedagoglar bir yilga pedagogik faoliyatdan chetlashtiriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish joriy etiladi
2027 yil 1 iyuldan boshlab shifokorlar va farmatsevtlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2030 yilgacha u ixtiyoriy boʻladi, shundan soʻng faqat roʻyxatdan oʻtgan mutaxassislarga kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.
Shifokorlarni tayyorlash «5+1» modeliga oʻtkaziladi
Tibbiy ta’limning yangi tizimi besh yillik ta’lim va umumiy amaliyot shifokori malakasini olish bilan amaliy tayyorgarlikning oltinchi yilini nazarda tutadi. Tor soha mutaxassislarini tayyorlash toʻliq rezidentura formatiga oʻtkaziladi, klinik ordinaturada oʻqish esa bekor qilinadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi 2026 yil 16 sentyabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda.
Suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va raqamlashtirish yoʻlga qoʻyiladi. Aholini u bilan ta’minlash uchun ixtisoslashtirilgan "LPG-Trade" korxonasi tashkil etilib, ehtiyojmand fuqarolarga davlat tomonidan moddiy koʻmak koʻrsatilishi koʻzda tutilgan.
Statistika sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
U zamonaviy xalqaro standartlarga oʻtish, ma’muriy va raqamli ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadi. 2030 yilgacha kichik biznesga hisobot yukini 20 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.
Sudlarni Davlat byudjetidan moliyalashtirish kafolatlari belgilandi
Prezident sud organlarini faqat Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirishni mustahkamlovchi qonunni imzoladi. Iqtisodiy vaziyat yoki byudjet taqchilligining oʻsishidan qat’i nazar, sudlar faoliyati uchun xarajatlar qisqartirilmaydi, sudlar esa byudjet loyihasini tayyorlashda mustaqil ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Toshkent xalqaro moliya markazi Direktorlar kengashining vazifalari belgilandi
«Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida» Prezident Farmoni qabul qilindi.
Sud ishlariga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Jinoyat va ma’muriy qonunchilikka sud muhokamasi mustaqilligini himoya qilish va sudlarda tartibni ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Sudyaga noqonuniy ta’sir koʻrsatganlik uchun, agar qoidabuzarlik mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Xorijiy marketpleyslarning soliqqa tortilishi tartibga solindi
Yangi qonun soliq qonunchiligi va elektron tijorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritdi. Hujjatda tovarlarni elektron savdo platformalari orqali sotadigan xorijiy kompaniyalar uchun soliqlarni hisobga olish, hisoblash va toʻlash tartibi belgilanmoqda.
Tadbirkorlarga ish oʻrinlari yaratish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etilmoqda: tuman va shahar shtablari mablagʻlarni imtiyozli kreditlash va qarzlar boʻyicha foizlarning bir qismini qoplashga yoʻnaltirishi mumkin boʻladi. Ijtimoiy reyestrdagi oilalarni kooperatsiya loyihalariga jalb qilgan tadbirkorlarga 5 mlrd soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.
Profilaktik emlash qachon va qanday oʻtkaziladi
Xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi tugʻilganda, profilaktik emlash yangi qoidalar asosida amalga oshiriladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi emlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, hududlar va xavf guruhlarini aniqlash, shuningdek, fuqarolarni emlash haqida xabardor qilish tartibini tasdiqladi.
Shovqindan himoya qilishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Prezident shovqinning ruxsat etilgan darajalari va uning ta’siriga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklovlarni belgilovchi qonunni imzoladi. Ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish va bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha belgilangan me’yorlardan yuqori shovqin taqiqlanadi.
Davlat xaridlarida boshlangʻich narxlarni belgilashning shaffof tizimi joriy etiladi
Davlat xaridlarining oʻrtacha bozor va boshlangʻich narxlarini shakllantirishning yangi tartibi tasdiqlandi. Tizim elektron moduldan foydalanishni, davlat va jamoatchilik nazoratini, shuningdek, alohida tovarlar qiymatini avtomatik hisoblash uchun sun’iy intellektdan foydalanishni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston standartlar institutiga yangi vakolatlar berildi
Institut ustavi hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash qoidalari tasdiqlandi. Hujjatlar milliy sifat tizimini isloh qilish va xalqaro standartlarga oʻtish doirasida qabul qilingan.
Davlat aktivlari va yerlarni sotish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Prezidentning PF-177-sonli farmoni bilan – 84 ta kompaniyaning aksiyalari, 1242 ta koʻchmas mulk ob’yekti va 8 ming gektar yerni sotish, 85 ta davlat korxonasini qayta tashkil etishga qaratilgan bir yillik reja belgilandi. Hujjatda toʻlovning yangi shartlari, jumladan, 15 foiz boʻnak va foizsiz boʻlib toʻlash, shuningdek, sotilmagan aktivlar uchun narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi belgilangan.
Buxgalter boʻlishni xohlovchilar diqqatiga
«Norma» PRM «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif qiladi
knigi.uz internet-doʻkoni taklif qiladi
knigi.uz internet-doʻkoni boshlovchi buxgalterlarga foydali boʻlgan kitoblarni taklif qiladi
Foyda soligʻi qanday hisoblanadi, toʻlanadi va u boʻyicha hisobot beriladi
«Norma» PRMda Nigora Madraimovaning 12 va 13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga qabul nihoyalanmoqda
Soliqlar bilan qanchalik tez va oson tanishib chiqish mumkin
Bunda «Norma. Qonunchilik» axborot-huquqiy tizimiga kiritilgan «Soliq navigatori» yordam beradi
Foyda soligʻi. Barchasi hisoblash, toʻlash va hisobot haqida
«Norma» PRM N. Madraimovaning 12-13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga taklif qiladi
2019 yilgi soliq qonunchiligi toʻplamini qayerdan sotib olish mumkin
knigi.uz internet-doʻkoni oʻrnatiladigan CD-disk versiyasidagi «Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi» normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini e’tiboringizga havola etadi
Ish haqini toʻgʻri hisoblashda kim yordam beradi
Mart oyida «Norma» PRM ish haqini hisoblab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha mutaxassislarni oʻquv kursi va seminarga taklif etadi. Ekspertlar ushbu mas’uliyatli ishning barcha jihatlari haqida batafsil soʻz yuritib, savollaringizga javob beradilar
Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi
«Norma» PRM N.Madraimovaning «Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi» kursiga sizni taklif qiladi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


