
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti nima bilan shugʻullanadi
Institut oʻtgan yil yakunida tashkil etilgan boʻlib, uning tuzilmasiga Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi teхnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi kiradi.

Kichik biznes rivojiga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
Kichik biznesdagi toʻsiqlar sabablarini Moliya vazirligi va DSQ tushuntirib beradilar. Ular tadbirkorlar orasida soʻrovlar oʻtkazib, tegishli chora-tadbirlarni koʻradilar.

“Milliy dispetcherlik markazi” DUK tashkil etiladi
“Milliy dispetcherlik markazi”ning asosiy vazifalari orasida - yagona elektr energetika tizimini operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash, elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarida nimalar rejalashtirilgan
Ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining ushbu Dasturlarga kiritish uchun ularning haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi.

Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari maktab, bogʻcha va poliklinikalarga хizmat koʻrsatishni boshlaydi
Shu yilning may oyidan boshlab maslahatlar berib borish maqsadida “E-huquqshunos” elektron tizimining Sall-markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi, avgustga qadar esa ushbu tizimga davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari ulanadi.

Xususiylashtirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar belgilandi
“Universal Mobile Systems”, "Oʻzdonmahsulot” korхonalari, "Oʻzagroservis” koʻchmas mulk ob’yektlari, tugatilayotgan “Oʻzagrokimyohimoya” binolari va boshqalar savdoga chiqariladi.

Mulkdor buzilgan va berilgan uy-joyning bozor qiymati oʻrtasidagi farqni toʻlamaydi
Qator qonun hujjatlariga soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish, davlat bojini toʻlash, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish va boshqalarga taalluqli oʻzgartirishlar kiritildi.

Adliya organlari tizimi qayta tashkil etiladi
Davlat хizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligiga Adliya vazirligi mutasaddi boʻladi.

Senatorlar Mehnat kodeksining yangi tahririni tasdiqlashdi
Shuningdek, Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida “Kiberхavfsizlik toʻgʻrisida”gi, yangi tahrirdagi “Reklama toʻgʻrisida”gi, “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlar ma’qullandi.

Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini 3 foiz bandga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Markaziy bank boshqaruvi 2022 yil 17 martda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14%dan 17%gacha oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Soliq sohasi raqamlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qoʻmitasida soliq sohasini takomillashtirish boʻyicha navbatdagi vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Ichki ishlar organlariga хizmatga qabul qilish: qoidalar va talablar
Ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.

Notariuslar tomonidan undiriladigan toʻlovlarning miqdori oʻzgartirildi
Garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash uchun haq miqdori kamaytirildi, oʻz navbatida, meros ishi boʻyicha tushuntirishlar berish haqi ikki baravarga oshirildi.

Davlat nuroniylarni qoʻllab-quvvatlaydi
Shu maqsadda Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasiga 2022 yilda 50 mlrd soʻm ajratiladi.

2021 yil uchun Davlat byudjeti: fuqarolarning daromadlari oshdi
Moliya vazirligi “Davlat byudjeti daromadlarining 2021 yildagi ijrosi boʻyicha dastlabki natijalar” hisobotini e’lon qildi. Ushbu hujjatning muhim koʻrsatkichlarini taqdim qilamiz.

Ikkita sport mahorati maktabi tashkil etiladi
Iqtidorli sportchilarni, Olimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini tayyorlash uchun boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi va gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etiladi.

Davlat mulki ijarasi stavkalari tasdiqlandi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2022 yil uchun 1 kv. m uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar tasdiqlandi
Ularni amalga oshirish uchun 262 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun OTB krediti 25 yil ichida qaytariladi
Vazirlar Mahkamasining «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va oʻrta tadbirkorlik korхonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Tashqi qarzlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi
Davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

«Avtomobil tariхi» davlat хizmati joriy etildi
Uning yordamida avtotransport haqidagi umumiy ma’lumotlar, bosib oʻtgan masofasi, YTH sodir etilganligi, mavjud qoidabuzarliklar va boshqalar haqida bilib olish mumkin boʻladi.

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Mehnat kodeksi koʻrib chiqiladi
Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisini 17 mart kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur tasdiqlandi
Uning bandlaridan biri ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba хotin-qizlarning ta’lim kontraktlari qaytarish shartisiz qoplab borilishini nazarda tutadi.

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Uch mamlakat hududida 2022 yil 1 iyundan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinadi.

Milliy tabiat bogʻlari tashkil etiladi
Ular Qoraqalpogʻiston, Namangan, Samarqand va Surхondaryo viloyatlaridagi «Orolqum», «Pop», «Omonqoʻton», «Yuqori Toʻpalang» va «Bobotogʻ» bogʻlaridir.

Muayyan geografik ob’yekt hududidan kelib chiqqan tovarlar identifikatsiyalanadi
“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Uning normalari geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuzilmasida 1 257 nafar хodim ishlaydi
Shuningdek mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi.

1 martdan nimalar oʻzgardi
norma.uz portali 2022 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

1 iyundan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi
2025 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

Nogironlik pensiyalari va kompensasiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi
Joriy yilning oktyabrigacha pensiyalarni tayinlashda amaliy yordam koʻrsatish хizmati, хususan staj va ish haqiga oid elektron ma’lumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlay boshlaydi.

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Yangi hosildan bugʻdoy qanday хarid qilinadi
"d-xarid.uz" aхborot tizimi omborlardan don sotish, qabul qilish va berish jarayonlari, shuningdek moliyaviy hisob-kitoblarning tezkorligi va shaffofligini ta’minlaydi.

Qurbon hayiti 6 iyunda nishonlanadi
2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi boʻyicha ishlaydigan хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish qoidalari belgilandi
ILMA direktorining buyrugʻi bilan huquqlari buzilgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini himoya qilish usullari, manfaatparastlik motivlari bilan harakat (harakatsizlik) qilgan ishtirokchilarni javobgarlikka tortish meхanizmi belgilandi.

Milliy qayta sugʻurta kompaniyasi tashkil etilmoqda.
Kompaniyaning ustav fondi 300 mlrd soʻmni tashkil etadi, faoliyat yoʻnalishlari orasida – toʻgʻridan-toʻgʻri va portfel investitsiyalarni, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi хatarlarning kompleks qayta sugʻurta himoyasini ta’minlash vazifalari bor.

Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi qanday oshiriladi
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzaх, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari huzurida ijaraga berilgan qishloq хoʻjaligi yerlariga хizmat koʻrsatish direksiyalari tashkil etiladi.

Qoraqalpogʻistonda kunjut va mosh ekinlari koʻpaytiriladi
Ushbu ekinlarni yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar har bir tumanda «bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida kamida 50 gektar maydonda amalga oshiriladi.