Uy-joyni sotib olish uchun subsidiyalar berish muddati uzaytirildi
Subsidiya olish uchun 2020 yil 31 dekabrgacha taqdim etilgan arizalar boʻyicha subsidiyalarni berish muddati 2021 yil 1 dekabrga qadar uzaytiriladi.
Hokim oʻrinbosarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi
Mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati har chorak yakuni boʻyicha mahalliy vakillik hokimiyati organlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi.
Investitsiya loyihalari davlat hisobidan infratuzilma bilan ta’minlanadi
Investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25%dan kam boʻlmagan loyihalari zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadi.
Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallarning muomalada boʻlish sohasi qonun bilan tartibga solindi
Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallarning muomalada boʻlish sohasiga tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va qidirish, ushbu metallar hamda toshlarni qazib olish, ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar bilan bogʻliq operatsiyalar majmuini amalga oshirish kiradi.
Eng yaxshi sektorlar pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini aniqlash uchun baholash tizimi joriy etiladi.
Nodavlat OTM uchun davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi
Nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi.
Umumiy ovqatlanish va turizmga qator imtiyozlar taqdim etildi
Chora-tadbirlar koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
Yuk operatsiyalari: yangi qoidalar
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
QQS summalarini hisobga olishning yangi tartibi joriy etiladi
Prezident tomonidan 24 avgust kuni “Qoʻshilgan qiymat soligʻi ma’muriyatchiligini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi
U zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida talab yuqori boʻlgan kasblar, yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.
Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni buzishda yetkazilgan zarar qanday qoplanadi
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni buzish natijasida huquq egalariga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani aniqlash hamda qoplash toʻgʻrisidagi nizom loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi.
Kulollarning oʻz forumi boʻladi
2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro hunarmandchilik festivali va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi.
Moliya vazirligining funksiyalari va vazifalari kengaytirildi
Moliya vazirligiga tugatilgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari oʻtkazildi.
Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun - $150 mln
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Biznesni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun sabablar roʻyxatini kengaytirishni rejalashtirishmoqda
QHTBT portalida muhokama uchun Vazirlar Mahkamasining Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirildi.
Intellektual mulk muhofazasida nima oʻzgardi
Xususan, mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi.
"Jurabek Laboratories" MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan vaksinalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ruxsat berildi
"Jurabek Laboratories" MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan "ZF-UZ-VAC 2001" hamda "Sputnik V" vaksinalari, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Yer uchastkalaridan foydalanishni buzganlik uchun qat’iy javobgarlik joriy qilindi
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga 25 BHM, mansabdor shaxslarga esa 50 BHM miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.
Prezident tadbirkorlar bilan muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
"Ishonchli hamkor" AAT yaratiladi
Yuridik va jismoniy shaxslarga ushbu tizim orqali soliq sirini tashkil etmaydigan ma’lumotlar, soliq toʻlovchilarning hisob ma’lumotlari va boshqalar taqdim etiladi.
Yuk tashuvchilarga bojxona imtiyozlari taqdim etildi
Chora-tadbirlar avtomobil transportida yuk tashuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan.
Qiymati 5 000 soʻm va 10 000 soʻm boʻlgan banknotlar muomalaga chiqariladi
Pul belgilarining yangi namunalari 2021 yil 26 avgustdan muomalaga chiqariladi.
Oʻzbekiston Zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisidagi xalqaro bitimga qoʻshildi
Bitimning maqsadi zaytunchilik sohasiga oid milliy va xalqaro qonunchilikni uygʻunlashtirish, axborot almashinuviga koʻmaklashishdan iborat.
Oliy Majlis Senatining XVIII yalpi majlisi 26 avgustda boʻlib oʻtadi
Bu haqdagi qaror 19 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida qabul qilindi.
Siz Oʻzbekistonning eng yaxshi buxgalteri yoki auditori ekanligingizni qanday tasdiqlash mumkin
“Eng yaxshi buxgalter - 2021”, “Eng yaxshi auditor - 2021” va “Eng yaxshi ichki auditor - 2021” tanlovlarida ishtirok eting.
Mustaqillik kuni bayramida qancha dam olish kunlari boʻladi
Barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, 5 kunlik dam olish kunlari taqdim etiladi.
Davstatqoʻm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi
Ular rasmiy sanalarni nishonlash va dam olish kunlarini koʻchirish davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar tufayli 8 sentyabrga qadar uzaytiriladi.
Ta’lim kreditlari qanday beriladi
Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


