Qanday mutaxassisliklar boʻyicha tibbiy faoliyat amalga oshiriladi
Tasdiqlangan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasida tibbiyot faoliyatining sakkizta yoʻnalishi belgilangan.
Taksichilarga koʻproq imkoniyatlar berildi
Yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi.
«Meteoinfokom» markazining vazifalari belgilandi
Ular orasida - gidrometeorologiya xizmatining texnologik infratuzilmasini rivojlantirish, elektron oʻzaro hamkorlikni tashkil etish va gidrometeorologik hamda sun’iy yoʻldosh ma’lumotlari bilan almashish uchun yagona telekommunikatsiya tarmogʻini yaratish.
Xodimlarga ega YaTT qanday hisobotni topshiradi
Yakka tartibdagi tadbirkor bir nafar xodimga ega. Yaqinda DSQdan hisobot topshirish zarurligi haqida xabarnoma keldi. Aynan nimani topshirish zarur?
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining yangi shakli qabul qilindi
Xususan, YBDga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladigan ilova kiritildi.
Namangan shahri Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi
Tumanda qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari ham tashkil etiladi.
AKT sohasida kadrlar tayyorlash tizimi kengaytiriladi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali hamda uning Axborot-resurs markazida «Elektron kutubxona» tashkil etiladi.
Kimlar yosh tadbirkorlar hisoblanadi
Yosh tadbirkorlik sub’yekti 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan hamda yuridik shaxs maqomida yoki ta’sischilari sifatida sanoat yoki xizmat koʻrsatish yoʻnalishida investitsiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan Oʻzbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Davlat xaridlari: mahalliy ishlab chiqaruvchilarga preferensiyalar
Preferensiyalar tanlovda (tenderda) xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etgan taqdirda qoʻllaniladi.
Qoraqalpogʻistonda madaniyat va san’atni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
U ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, muzeylar, teatrlar va ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantirish, madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etiladi
Ushbu sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar orasida - aholiga tayyor biznes rejalar va loyihalar taqdim etish, kasbga oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
"Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi" koʻkrak nishoni ta’sis etildi
U bilan mamlakatimiz oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eng kam pensiya miqdori belgilandi
Prezident tomonidan 11 may kuni “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
BYuD toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, bojxona organining tashabbusi bilan BYuDni bekor qilish taqiqlangan holatlar qayta koʻrib chiqildi.
Soliq toʻlovchi tomonidan hisobga qoʻyish tartibi buzilganligi uchun qanday sanksiyalar qoʻllanilishi mumkin
Huquqbuzarliklar jumlasiga davlat roʻyxatidan oʻtmasdan va soliq organlarida hisobga turmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, muayyan turdagi soliqni toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzish va boshqa holatlar kiritiladi.
Qaysi kunlar 2021 yilda dam olish kunlari etib belgilandi
Davlatimiz rahbarining "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi.
Saylovchilarning Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan saylovchilar boʻyicha qanday axborotlar taqdim etilishi aniqlashtirildi.
Rasmiy saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi tasdiqlandi
Hujjat byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Pensiyaga - muddatidan oldin
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
Prezidentning “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Neft-gaz sohasi uchun kadrlarni tayyorlashda nimalar oʻzgaradi
Neft-gaz hamda elektr energetika sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Prezidentning qator qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish kengaytiriladi
Vazirlar Mahkamasi qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan butlovchi va ehtiyot qismlar boʻyicha sanoat kooperatsiyasining maqsadli parametrlarini tasdiqladi.
Qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonalari maydoni tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.
FA Energetika muammolari instituti tashkil etiladi
Uning vazifalari orasida - respublikada energetika barqaror rivojlanishining kelajak strategiyasini ishlab chiqish, oʻrta va uzoq istiqbolda yoqilgʻi-energetika kompleksining rivojlanishi va modernizatsiyasi boʻyicha dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish.
Qanday xatlangan mol-mulk baholash tashkiloti tomonidan baholanadi
Belgilanishicha, baholovchi tashkilot avtomototransport vositalari, koʻchmas mulk, dastgoh, uskunalar va boshqalarni baholash uchun jalb qilinadi.
Kim ichki auditor sertifikatini olishi mumkin
Talabgor oliy iqtisodiy ma’lumotga, OTMni bitirganidan keyin oxirgi oʻn yildan kamida ikki yil buxgalteriya hisobi va audit, soliq maslahati va moliya sohasida amaliy ish stajiga va boshqalarga ega boʻlishi kerak.
Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etiladi
U Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etiladi, uning faoliyatini Qishloq xoʻjaligi vazirligi muvofiqlashtiradi.
Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish xususiy sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladi
Haydovchilikka oʻqiyotganlar toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, oʻquvchilarning davomatini nazorat qilish va ta’lim sifatini baholash uchun yagona axborot tizimi barpo etilmoqda.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


