Bolalarga erta yoshdan ta’lim berishga – $100,57 mln
Bolalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini yaxshilash loyihasi Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Kunduzi chiroq yoqib: kimlar uchun ushbu talab kuchda qoldi
Hukumat ilgari qabul qilingan qator qarorlarni qayta koʻrib chiqdi. Bu avtohavaskorlarda na aks etadi?
Yuristlar xalqaro standartlar boʻyicha oʻqitiladi
Vazirlar Mahkamasining yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarori loyihasi e’lon qilingan.
1 martdan boshlab Toshkent shahrida chiqindilarni saralab yigʻish tizimi joriy etiladi
Poytaxt hokimligi va «Maxsustrans» DUK iste’molchilarni chiqindilarni qayta ishlanadigan va qayta ishlanmaydigan toifalarga ajratilgan holda toʻplashi uchun rangli chiqindi konteynerlari yoki qayta ishlanadigan paketlar bilan ta’minlaydi.
Toshkent IEMda yangi turbinalar oʻrnatiladi
"Toshkent IEMni qurish" investitsiya loyihasi Oʻzbekistonda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining qoʻllab-quvvatlashida amalga oshiriladi.
Mustaqillikning 30 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish boshlandi
Prezident tomonidan tegishli qaror 17 dekabr kuni imzolandi.
Oʻsmirlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyati takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida, xususan, yoshlarning mehnat huquqlari va ularni himoya qilish masalalari boʻyicha tadbirlar sonini oshirish, ularni kasbga tayyorlash boʻyicha choralar koʻrish taklif qilinmoqda.
Rassomlik mahorat ustaxonasi 2022/2023 oʻquv yilidan qabulni boshlaydi
U Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida tashkil etilgan va 2 yilda bir marotaba 10 nafar stajyor-tadqiqotchilarni qabul qiladi.
YeOII bilan hamkorlik va yangi qonunlar
15 dekabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Qanday sugʻurtani majburiy qilishni rejalashtirishmoqda
«Majburiy sugʻurta turlari toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Oʻzbekiston BMTning uchta tuzilmasi bilan hamkorlikni kengaytiradi
Bu haqda qaror davlat rahbari tomonidan 15 dekabr kuni imzolandi.
Adliya vazirligi davlat organlarining nazorat vakolatlarini qayta koʻrib chiqishni taklif qilmoqda
Prezidentning “Tadbirkorlik sohasida davlat nazoratining sifati va koʻlamini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Agar xodim donor boʻlsa
Xodim hech kimni ogohlantirmasdan ishga chiqmadi. Bir kundan keyin paydo boʻlib, donor qonini topshirganini aytdi. Xodim bu haqda ish beruvchini oldindan xabardor qilishi shartmi?
Sovuq suvga tariflar qayta koʻrib chiqilmoqda
Poytaxt hokimining “Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti va oqava suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan.
Tashqi koʻmak loyihalarini kelishish tartibi oʻzgartirildi
Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan ayrim huqumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Aprel oyining birinchi haftasida «Kitobxonlik haftaligi» oʻtkaziladi
2020–2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi.
Avtomobil uchun – elektron sugʻurta polisi
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha elektron polisni roʻyxatdan oʻtkazish 2021 yil 1 martdan boshlanadi.
Soliqlarni toʻlash muddatlari qanday kechiktiriladi
Vazirlar Mahkamasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi.
Koʻchma savdoda qanday oʻzgartirishlar rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, koʻchma savdoni amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Korxonalar faoliyati qanday baholanadi
Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
ERIni onlayn olish mumkin
Ushbu taomil tegishli ma’muriy reglamentga kiritilgan tuzatishlar bilan belgilandi
Pochtada keng koʻlamli islohot amalga oshiriladi
Prezident tomonidan 14 dekabr kuni “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Bepul berishda QQS qanday hisoblab chiqariladi
Tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno, QQS ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu qiymat qanday aniqlanadi?
Suvni tejaydigan texnologiyalarga oʻtish jadallashtiriladi
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya mablagʻlari joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiyalar kamida 5 yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi.
Ipoteka kreditlariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi
Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritilganligi xabar qilingan edi.
Sud tizimi: korrupsiya holatlarining oldi olinadi, ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
7 dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan ushbu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan navbatdagi farmon imzolandi.
Olib kiriladigan oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari sinovdan oʻtkaziladi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat ekologiya qoʻmitasi kimyoviy vositalarni olib kirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida taklif bilan chiqishdi.
Odil sudlovga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, bankrotlik va sugʻurta
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu sohalarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


