Odam savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi
Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Adliya vazirligi huzuridagi apellyatsiya kengashlarining vakolatlari
Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq ma’muriy hujjatlar boʻyicha nizolarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etilmoqda.
Pensiyalarni tayinlash jarayoniga ilgʻor raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda
Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Turizmni kengaytirish uchun yangi chora-tadbirlar tasdiqlandi
Shu yildan boshlab, har yili noyabr oyining uchinchi haftasida Xalqaro turizm haftaligi oʻtkaziladi.
Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shugʻullanadi
U Prezidentning 05.03.2025 yildagi "Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi PF-43-son Farmoniga muvofiq tashkil etildi.
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari berilmoqda
Shuningdek, pivo, pivo ichimliklari va tamaki mahsulotlarining chakana savdosi vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi.
Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, 1 iyundan ayrim qoidabuzarliklarni kameralar yordamida qayd etish taqiqlanadi.
Bolalar uchun milliy kontent ishlab chiqiladi
«El-yurt umidi» jamgʻarmasi bolalar mediakontenti sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun xorijdagi yetakchi universitetlarda ta’lim olish uchun kvotalar ajratadi.
2030 yilgacha boʻlgan davrda ekologik madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi qabul qilindi
Joriy yilning 1 dekabridan boshlab Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi ma’lumotlar bazasining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Chora-tadbirlar orasida – tomorqalarda eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻygan dehqonlarga 100 mln soʻmgacha subsidiyalar beriladi.
IIVning raqamli transformatsiyasi boshlandi
Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilmoqda.
Sut chorvachiligini rivojlantirishga – 53 mln dollar ajratiladi
Mablagʻlarning asosiy qismi – Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining imtiyozli kreditidan iborat.
Mehnat migratsiyasini tashkillashtirishning yangi tartibi belgilandi
Xususan, deportatsiya qilingan mehnat migrantlari bir yil davomida tashkillashtirilgan tarzda daromad topishga chiqa olmaydilar.
Kambagʻal oilalar reyestridagi ayrim oilalar passiv daromad oladilar
Reyestr uch toifaga boʻlinadi.
10 ming nafardan ortiq obunachisi boʻlgan blogerlarga qoʻshimcha majburiyatlar yuklash rejalashtirilmoqda
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi e’lon qilingan.
Hududlarda mikrosanoat markazlari yaratiladi
Ularda hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shugʻullanadigan kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari joylashtiriladi.
Aviatashuvchilarga aviachipta narxining bir qismi qaytariladi
Uzbekistan Airways uchun ichki qatnovlarga belgilangan maxsus tariflar va subsidiyalar endi Oʻzbekistonning barcha rezident aviatashuvchilariga tatbiq etiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligi oshadi
2025 yil 1 avgustdan boshlab "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralash tizimi joriy etiladi.
DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MOLIYaLASh TARTIBI OʻZGARADI
Tegishli oʻzgartirish pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibiga kiritilmoqda.
«Faol hayotga qadam» dasturi joriy etilmoqda
Uning doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi.
YHQni jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etiladi
YHQni jarima ballari asosida baholash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 1 iyundan tartib faqat YHXX xodimlari ma’muriy bayonnomalar asosida qayd etgan huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi. Keyinchalik tizim kameralar qayd etgan huquqbuzarliklarga qoʻllaniladi.
Xorijiy banklarning vakolatxonalarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda Markaziy bank hujjatlardagi kamchiliklarni tuzatish imkoniyatini beradi
Xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
"Toza qoʻllar" dasturi qanday amalga oshiriladi
Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha maqsadli dasturni shakllantirish zarur.
Energiya samaradorligi milliy agentligi nimalar bilan shugʻullanadi
Agentlik energiya samaradorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi bir qator hujjatlar takomillashtirildi
Ayrim NHHlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ta’lim sifatining tashqi baholash tizimi isloh qilinmoqda
Prezident Administratsiyasi huzurida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi.
Xorijda oʻqish uchun kimlarga ssuda beriladi
Arizalar davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni bekor qilish asoslari kengaytirilmoqda
Yer osti suvlaridan-suv oʻlchash qurilmasiz foydalanganlik uchun oshirilgan soliq stavkalari belgilanmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


