Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Transport sohasi isloh qilinadi
Transport vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga oʻtkaziladi.
Mutaxassislarni tayyorlaganlik uchun imtiyozlar beriladi
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilari qanday preferensiyalar oladi.
Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi tashkil etiladi
U notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, respublikaning oliy, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi nima bilan shugʻullanadi
Uning vazifalari orasida – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil qilish bor.
Asalarichilik tarmogʻi qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Chora-tadbirlar orasida – “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro koʻrgazmasini oʻtkazib borish bor.
Ayrim tijorat tashkilotlariga YaIDXPdagi xizmatlarni koʻrsatishga ruxsat berildi
Ular qatoriga mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va toʻlov tizimi operatorlari kiradi.
Davlat ob’yektlarini koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazishda DXSh qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Choralar qatorida – boʻnak toʻlovlarini ajratish, Oʻzbekiston hududiga xomashyo va ehtiyot qismlarini olib kirishda QQSni soligʻi boʻyicha imtiyozlar
Xivada Xalqaro etnosport festivali oʻtkaziladi
Musobaqalar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi sportchi”, “Faxriy sportchi” kabi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida yangi islohotlar boshlandi
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrish va ma’muriy jazo qoʻllash vakolati berilmoqda.
Hunarmandlarga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi
Bu Prezidentning “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tadbirkorlar uchun soliqlar ikki baravarga kamaytirildi
Hududdagi YaTTlar uchun ijtimoiy soliq esa 6-12 baravarga kamaytirilmoqda.
Banklar uchun qanday mulk zarur hisoblanmaydi
Markaziy bank bank faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriyati mavjud boʻlmagan mulk roʻyxatini belgiladi. Ushbu mulkni 3 yil ichida sotish yoki undan foydalanish haqida qaror qabul qilish kerak.
Ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi takomillashtirildi
Chunonchi, davlat ilmiy dasturlari loyihalarini koʻrib chiqadigan ilmiy-texnik kengashlarda har bir a’zolik (ishtirok etganlik) uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha qoʻshimcha haq olish mumkin.
Bugʻdoyni xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil hosilidan bugʻdoy tayyorlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Green Universityning vazifalari belgilandi
Universitetda oʻquv jarayoni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boriladi. Uning bitiruvchilari Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Shartnoma doirasida fors-major holati qanday tasdiqlanadi
Fors-major holatlar SSP raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiriladigan sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.
Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi
Ular orasida – madaniy merosimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish va ularni keng ommalashtirish bor.
Dori vositalarining klinik tadqiqotlari qanday oʻtkaziladi
Barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, bundan Prezidentning PQ-411-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatda belgilanganlar mustasno.
Pillachilik sohasidagi kasanachilarga imtiyozli qarz ajratiladi
Qarz mablagʻlari yillik 14% stavkada 10 yilga beriladi.
Statsionarlar dori vositalari bilan qanday ta’minlanadi
Shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimi joriy etilmoqda
1 iyuldan boshlab JST qoida va me’yorlariga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.
Muhim axborot infratuzilma ob’yektlarida kiberxavfsizlik qanday ta’minlanadi
Kiberxavfsizlik sohasidagi xodimlar DXX tomonidan har 3 yilda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ekologiya sohasidagi faoliyat transformatsiya qilinadi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi, shuningdek Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi tashkil etiladi.
Ish yili eski va yangi MK davrlarini oʻz ichiga olsa, ta’tilning davomiyligi qanday hisoblanadi
Xodimning ish yili – 2022 yil 1 noyabr – 2023 yil 31 oktyabr. Ishga qabul qilishda unga 15 ish kuni davomiyligida ta’til belgilandi. Yangi Mehnat kodeksi kuchga kirgandan keyin xodim bilan qoʻshimcha kelishuv tuzildi, ta’tilning davomiyligi esa 2023 yil 30 apreldan 21 kalendar kun qilib belgilandi. Xodim iyun oyida ta’tilga chiqadi.
2024 yilda “SBX” obunachilari qanday bonuslar oladilar
“Soliq va bojxona xabarlari” haftaligining qogʻoz shakli bilan ishlashga koʻnikkanlar uchun xushxabar! Bizda 2024 yil uchun obuna boshlandi. An’anaviy tarzda obunachilar oʻzlarining sevimli gazetalariga qoʻshimcha ravishda koʻplab bonuslar oladilar!
Ekologiya normalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi
Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlar ogʻir jinoyatlar toifasiga kiritiladi.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi
Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilandi. Ushbu kunda barcha davlat organlari xayriya tadbirlarini oʻtkazadi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


