Kannabisni sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun litsenziya qanchaga tushadi
3.12.2020 yildagi OʻRQ-653-son Qonun bilan tegishli davlat boji stavkalari tasdiqlandi.
Oʻzbek vinolarining brendi yaratiladi
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vazifalari va faoliyati tartibi belgilandi.
Konstitutsiya kuni arafasida 104 nafar mahkum afv etildi
Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Prezident tomonidan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshirildi
MJTK va JKga tegishli tuzatishlar 2020 yil 3 dekabrdagi OʻRQ-653-son Qonunda nazarda tutilgan.
Sayr etish uchun «salomatlik yoʻlaklari» tashkil etiladi
Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Eng ilgʻor harbiylarga – mukofotlar va imtiyozlar
Mamlakat Qurolli Kuchlarida oʻz kasbining ustasi unvoni uchun yillik koʻrik-tanlov qanday oʻtkazilishi ma’lum boʻldi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Poytaxtda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etiladi
U AKT, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari hamda iqtisodiyotning boshqa sohalari boʻyicha kadrlarni tayyorlaydi.
Mamlakatdagi qoʻgʻirchoq teatrlari soni koʻpayadi
Vazirlar Mahkamasining 30.11.2020 yildagi «Respublikada ayrim davlat teatrlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 754-son qarori qabul qilindi.
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi oʻzgartirildi
Nizom qabul qilindi, uning normalari avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligini tartibga soladi.
Tamaki ishlab chiqarish boʻyicha litsenziya talablari oʻzgartirildi
Chora-tadbirlar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish va sogʻlom raqobatni shakllantirishga qaratilgan.
Deputatlar 2021 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildilar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar soliq siyosati, davlat xaridlari va byudjet sohalaridagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qator muhim hujjatlarni muhokama qildilar.
Tadbirkorlar uchun – qonunlarda 3 ta oʻzgartirish
Qonun hujjatlariga turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni soddalashtiruvchi tuzatishlar kiritildi.
Mol-mulk soligʻi va resurs soliqlari: nima oʻzgaradi
Prezident tomonidan “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
2021 yilda qancha qoʻshimcha dam olish kunlari boʻladi
Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Agar soliqchilar tugatilayotgan korxonani tekshirishmasa
2020 yil 1 yanvardan boshlab korxonalarni ixtiyoriy tugatishning yangi tartibi joriy etilgan . Yangi tartib tartib-taomillarning oʻzini soddalashtirganiga qaramay, amaliyotda tugatilayotgan korxonaga bogʻliq boʻlmagan muammolar yuzaga keladi.
Alohida sharoitlarda soliqlar qanday toʻlanadi
Pandemiya va global inqiroz holatlarining salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha 2020 yilda qabul qilingan chora-tadbirlar yuzasidan qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi.
Tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar qanday qoplanadi
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan uy-joyga yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
Geologlar uchun faxriy unvon ta’sis etildi
U geologiya va qidiruv sohasini rivojlantirish, foydali qazilma konlarini ochish va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga topshirish va boshqalar uchun beriladi.
Import qilishda imtiyozlar – faqat yangi uskunaga
Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga bojxona boji va QQS boʻyicha imtiyozlar berish mexanizmi joriy etiladi.
Chekda – QQSning umumiy summasi
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Milliy gvardiya toʻgʻrisidagi qonun e’lon qilindi
Ushbu Qonun 2019 yilda qabul qilingan, Prezident tomonidan 2020 yil 18 noyabrda imzolangan, yarim yildan keyin kuchga kiradi.
“Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri loyihasi – muhokamada
Uni Oliy sud sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqdi.
Ilmiy hamkorlik yoʻnalishlari belgilandi
Prezident tomonidan MDH ishtirokchi-davlatlarining fundamental tadqiqotlar sohasida davlatlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Konlarni oʻzlashtirish monitoring qilinadi
U neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga ta’sirini aniqlashga qaratilgan.
Pensiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda
Loyiha Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va QHTBT portaliga muhokama uchun joylashtirilgan.
Orol dengizi va Orolboʻyi hududlarida oʻrmonzor barpo etiladigan maydon belgilandi
Qoraqalpogʻistondagi oʻrmon fondi yerlari va Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 172 ming gektar maydonga dov-daraxtlar ekiladi.
Elektroshoker qanday boʻlishi mumkin
Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


