Oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtiriladi
«Tadbirkorlik va professional faoliyat sub’yektlarini oʻz-oʻzini tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi tashkil etildi
Xorijiy konsultantlar bilan birgalikda ofis mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya qidiruv ishlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yoʻnalishlarni belgilaydi va ustuvor loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Maktabgacha ta’lim boʻyicha mobil guruhlar barcha hududlarda tashkil etiladi
2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, respublikaning 13 ta tumanlarida zamonaviy talablarga javob beradigan va qayta jihozlangan ISUZU NC 40 avtobuslarda mobil oʻqitish guruhlari faoliyat koʻrsatdi.
Tadbirkorlar bilan mahalla aholisi oʻrtasida kooperatsiya qoʻllab-quvvatlanadi
"Mahallabay" va "xonadonbay" ishlash asosida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangicha yondashuvni respublikaning hududlariga tatbiq etish uchun davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklariga $100 mln ekvivalentidagi mablagʻlar ajratiladi.
Qorabayir otlari mahorat maktabiga Milliy gvardiya mutasaddilik qiladi
Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida Qorabayir zotli otlardan foydalanishga ixtisoslashgan seksiya va ot sporti klublari tashkil etiladi.
Milliy gvardiya qachon fuqarolarning avtomobilidan foydalanishi mumkin
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) xizmat vazifalarini bajarishda davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tartibda foydalanishi mumkin.
Namanganda har yili Xalqaro gullar festivali oʻtkaziladi
Andijon, Namangan, Jizzax viloyatlarida esa tajriba tariqasida gulchilik klasterlari tashkil qilinadi.
Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi
Yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Qarovsiz bolalar bilan ishlash boʻyicha markazlar vazifalari belgilandi
Bu qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish, ularni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, kasb-hunarga oʻrgatish va boshqalar.
Noruda foydali qazilmalarni hisobga olish va nazorat qilishning yangi tizimi barpo etiladi
Qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanilgan noruda qazilmalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etadi.
Raqamli texnologiyalar institutining vazifalari belgilandi
Vazifalar jumlasiga iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ham kiritilgan.
Davlat xaridlari boʻyicha qanday shartnomalar ekspertizadan oʻtkazilmaydi
Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarida uzluksizlikni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Davlat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati qanday baholanadi
Xususan, adliya vaziri birinchi oʻrinbosarining faoliyati NHHlar loyihalarini oʻz tashabbusi bilan tayyorlash va tasdiqlash, amaldagi hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish kabi asosiy mezonlar boʻyicha baholanadi.
Limonchilikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Yangi limonzorlarni barpo etish xarajatlari va limonlarni eksport qilishga transport xarajatlari ham ularni yetishtirgan jismoniy shaxslarga qoplab beriladi.
Elektr energetikani rivojlantirish uchun YeTTBning 81,6 mln yevro miqdorida krediti ajratildi
Toshkent, Navoiy, Taxiatosh, Sirdaryo, Talimarjon elektr stansiyalari uning oluvchilari hisoblanadi.
Farmatsevtikada Zarur amaliyotlar markazi tashkil etildi
U farmatsevtika tarmogʻida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda Zarur amaliyotlar (GxP) xalqaro standartlarini joriy qilish ishlarini tashkil etish bilan shugʻullanadi.
Koʻchma savdo - “K–SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali
Koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, u bilan uni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari, savdo ob’yektlarining ixtisoslashuvi nazarda tutilgan.
2021 yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining roʻyxati belgilandi
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Hisob palatasiga yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha vazifalar yuklandi
Oliy Majlis Senatining XVII yalpi majlisida vaksinatsiya, seysmik xavfsizlik, yer uchastkalarini hisobga olish, litsenziyalash va intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi.
Mehnat migrantlariga xarajatlarning bir qismi qoplanadi
Xususan, xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish, yoʻl chiptasini xarid qilish, "ishchi viza"ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun.
Chirchiqda Toshkent tumani xizmat koʻrsatish va servis texnikumining filiali ochiladi
Uning vazifalari orasida - "Siemens" kompaniyasi hamda Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati bilan hamkorlikda bitiruvchilarni oʻqitish va ularning amaliyotlarini tashkil etish, ularni ishga joylashtirish.
Milliy gvardiya xodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qanday qoplanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Uzumchilik sohasiga klaster tizimi joriy etiladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Uzumzorlarni barpo etishdan boshlab, ularni iste’molchiga yetkazishga qadar uzluksiz tizim yaratiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kreditlar boʻyicha kafillik beradi
Kafillik 2017 yil 5 sentyabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish va sovutgichlar qurish uchun ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha beriladi.
Retseptsiz beriladigan preparatlar roʻyxati yangilandi
Monopreparatlar roʻyxati 105 taga qisqardi va 87 ta pozitsiyadan iborat. Majmuaviy preparatlar soni ushbu roʻyxatda 118 taga qisqardi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam koʻrsatiladi
Bu Prezidentning “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Oʻzbekistonda tara uchun depozit tizimi joriy etiladi
Depozit tizimi tatbiq etiladigan taralar turlarini aniqlash, toʻlov miqdorini belgilashni nazarda tutuvchi Ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


