Davlat kimyo sanoati korxonalaridagi ishtirokini kamaytiradi
Prezidentning 3.04.2019 yildagi «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Xalqaro obligatsiyalar sotilishidan tushgan mablagʻlar qayerga yoʻnaltiriladi?
Bu savolga Prezidentning 2019 yil 2 apreldagi PQ–4258-son qarorida javob berilgan
Ma’muriy nazoratni amalga oshirishga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
2.04.2019 yildagi «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat toʻgʻrisida»gi OʻRQ–352-son Qonun e’lon qilindi
Ozonni buzuvchi moddalarni eksport va import qiluvchilar uchun yangi xizmat
Tarkibida ushbu moddalar boʻlgan mahsulotlarni eksport-import qilish maqsadida ruxsatnoma olish uchun YaIDXPda onlayn ariza berish mumkin
Pensiya hisoblash uchun ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma onlayn rejimda beriladi
YaIDXPda Davlat soliq qoʻmitasining yangi xizmati joriy etildi
Alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi: sof tushumdan 5% – Jamgʻarmaga
Alkogolli mahsulotlar ulgurji savdo korxonalari sof tushumidan 5% miqdoridagi ajratmalarni har oyda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazishlari kerak. Jamgʻarma tarmoqning yangi ishlab chiqarish va ilmiy loyihalarini moliyalashtiradi
Turizm va bolalar oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisidagi qonunlar toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi
2019 yil 2 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Lombard rahbari uchun staj – 2 yil
Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi
Notarial harakatlar yozuvlarida nimalar qayd etilishi kerak
Toʻrtta notarial harakat uchun audio va videoyozuvlarni qayd etish, shuningdek bunday elektron fayllarni saqlash qoidalari belgilandi
Texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan avtotransport hisobdan chiqarilayotganda jarima solinmaydi
Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Har bir tuman va shaharda madaniyat markazi boʻladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Madaniyat markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi
Fuqarolar yigʻinlari homiylik xayriyalarini qanday sarflaydilar
Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi tasdiqlandi
Buxoroda Turkiya Sogʻliq bilimlari universiteti filiali ochiladi
1903 yilda tashkil etilgan mazkur universitet – Yevropaning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri
«Nukus-farm» EIZ chegaralari kengaytirildi
Unga tadbirkorlik sub’yektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun berilgan maydoni 42,29 gektardan iborat boʻsh turgan yer uchastkalari kiritildi
IIV genom ma’lumotlarning milliy ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etmoqda
QHTBT portalida Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi e’lon qilindi
Toshkentning ayrim tumanlarida sovuq suv oʻchiriladi
Profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan «Suvsoz» DUK vodoprovod tarmoqlarida sovuq suv vaqtincha boʻlmasligi va bosimi pasayishi haqida ma’lum qiladi
Chirchiq pedinstitutida yangi yoʻnalishlar ochiladi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Goʻsht va sut uzluksiz va barqaror narxlarda yetkazib beriladi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi
1 aprel: qonunchilikdagi asosiy yangiliklar
Ruxsat berish tartib-taomillari, tekshirishlar, litsenziyalashtirish va eksport bilan bogʻliq biznes yangiliklari, shuningdek tibbiyot, turizm, toʻqimachilik sanoati va boshqa sohalar haqida sharhimizda soʻz yuritamiz
Mobil qurilmalar roʻyxatdan oʻtkaziladi
2019 yil 1 apreldan ularni hisobga olish tizimi joriy etiladi, deya xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Iqtidorli bolalarga – maktab formasi, oʻquv qurollari, adabiyotlar va sayohatlar
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Xorijda ta’lim olish shakli diplom tan olinishiga ta’sir koʻrsatmaydi
Hukumat xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekistonda amalda mavjud boʻlgan ta’lim shakliga muvofiq kelmaganda tan olinmasligi haqidagi talabni bekor qildi
Taksi bozorida katta oʻzgarishlar yuz berishi kutilmoqda
Yakka tartibdagi tadbirkorlar taksi xizmatlarini koʻrsata oladilar. Ushbu sohadagi yuridik shaxslar aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar va savdo markazlariga qarashli avtomobillarning toʻxtash joylaridan bepul foydalanish huquqiga ega boʻladilar. Taksi operatorlari uchun yangi qoidalar belgilanadi
Eksport qiymatini nazorat qilish toʻgʻrisidagi loyiha qaysi bosqichda?
Mart oyining boshida QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyilgan edi
Qoramol boshi ustidan veterinariya nazorati kuchaytiriladi
Prezidentning 28.03.2019 yildagi PF–5696-son Farmoni veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan
Oʻsmir qamoqqa tashlanmay, jamiyat orasida tarbiyalanadi
Poytaxtning Chilonzor tumanida «Odil sudlov doirasidan chiqarish va tiklovchi choralarni qoʻllash» loyihasi ishga tushirildi
Soliqlar bilan qanchalik tez va oson tanishib chiqish mumkin
Bunda «Norma. Qonunchilik» axborot-huquqiy tizimiga kiritilgan «Soliq navigatori» yordam beradi
100 mln soʻmdan oshgan summadagi tovarlar sotib olinganda tadbirkor YaST toʻlashga oʻtkaziladi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


