Hisoblagichni yechish va oʻrnatishga arizani uyda turib berish mumkin
YaIDXPda elektr energiyasi, tabiiy gaz va sovuq suv hisoblagichlarini oʻrnatish va yechishga ariza yuborish boʻyicha yangi xizmatlar ishga tushirildi
Temur Joʻrabekov: «Texnik jihatdan onlayn NKMni pilot darajasida joriy etishga hamma narsa tayyor»
Toshkentda yettita vazirlik va idora vakillari ishtirokida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimi test rejimida ishga tushirildi. U texnologiya pilot loyihani boshlash uchun tayyorligini koʻrsatdi. Mamlakatimiz qachon onlayn NKMga oʻtadi? «Norma» portali muxbiri Oleg Gayevoy shu savolga javob izlab «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» MChJga yoʻl oldi
Zamonaviy maktab qanday boʻlishi kerak
QHTBT portalida 2020-2025 yillarda «Zamonaviy maktab» davlat dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda
Biznesga tekshiruvlar yagona tizimiga kirishga ruxsat beriladi
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3093, 30.11.2018 y.)
Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Fuqarolik va ma’muriy sudlar tomonidan ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga taalluqli boʻlgan qarorlar loyihalari koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy sudning Axborot xizmati xabar berdi
1 yanvardan QQS joriy etilishi sababli narxni 20%ga oshirish kerakmi?
Norma ekspertlar – soliq maslahatchilari, auditorlar, bosh buxgalterlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Ular turli xil tavsiya berdilar, biroq bir masalada fikrlari yakdil – narxlarni oʻzgartirishdan avval hisob-kitob qilib koʻring. Ehtimol, bozorda koʻproq ulushga ega boʻlish va koʻproq pul ishlash uchun narxlarni oshirgan emas, balki tushirgan foydaliroqdir
2019 yil 1 yanvardan Professional mediatorlar reyestrini yuritishni boshlaydilar
Uni shakllantirish va zarur ma’lumotlarni kiritish tartibi adliya vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3092, 29.11.2018 y.)
Kameral nazoratdan keyin mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni qanday oʻtkazadilar
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 965-son qarori bilan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Moʻmin Ashurov: «Vir.uz tizimi bilan QQS haqida hamma narsani bilib olish oson»
«Norma» PRM «QQS – nimalarga e’tibor berish lozim» ommabop kursi doirasida oʻqitishni tashkil etishga yondashuvni oʻzgartirdi. Natijada mashgʻulotlar tugaganidan keyin tinglovchilarning aksariyati yakuniy testlardan muvaffaqiyatli oʻtmoqdalar. Markaz direktori Moʻmin Ashurov innovatsiyalar haqida batafsil soʻzlab berdi
Asal Orziyeva: «bir.uz bilan ishdan ajralmagan holda ikkinchi kasbni egallayapman»
Namangandagi «Nafis Charm» MChJ kadrlar boʻlimi inspektori Asal Orziyeva buxgalterlik kasbini oʻzlashtirmoqda. Vir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimida «I toifali buxgalter-kassir» ixtisosligi boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishi u erishgan dastlabki natija boʻldi
Turar joylarda qoʻriqlash vositalarini oʻrnatmoqchilar
QHTBT portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga «Xavfsiz uy» konsepsiyasini joriy etish loyihasi muhokama qilinmoqda
Suv xoʻjaligi vazirligida yangi boʻlinmalar tashkil etiladi
Prezident Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi (29.11.2018 yildagi PQ-4039-son qaror)
1 dekabr: qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar
Qurilish, bojxona nazorati, tashqi reklama, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda 2018 yilning 1 dekabridan boshlab amal qiluvchi asosiy huquqiy yangiliklar jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz
Parlament quyi palatasida qator qonun loyihalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 30 noyabr kuni deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Mamlakatning kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 968-son qarori bilan 2018–2021 yillarda ushbu sohadagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi
Toshkent shahrida Adju universiteti tashkil etilmoqda
Yangi OTM qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalari va boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi
Suv ta’minotini tarifikatsiyalashning yangi mexanizmlari va kanalizatsiya xizmatlari uchun ustama puli joriy etiladi
Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
2019 yil avgustdan tovarlarni maxsus markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi
Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Mamlakatimizning «madaniyat konsepsiyasi» tasdiqlandi
Unda quyidagilar nazarda tutilgan: madaniyat markazlarini tashkil etish, turli mavzudagi respublika koʻrik-tanlovlarini uyushtirish, har yili «Teatr tomoshalari haftaligi»ni oʻtkazish, maxsus koʻkrak nishonini ta’sis etish va boshqalar
Ekologiya sohasiga – ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalar
Vazirlar Mahkamasining 26.11.2018 yildagi 958-son qarorida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish nazarda tutilgan
Yoʻl qurilishida xorijiy tajriba yordam beradi
Yoʻllarni qurish va ulardan foydalanish sohasida eng yaxshi xorijiy tajribani joriy etadilar. Davlat-xususiy sheriklik salohiyatini faol qoʻllash rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi PQ–4035-son qarorida nazarda tutilgan
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani roʻyxatdan oʻtkazish 3,2 baravar arzonlashdi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yangi davlat boji stavkalari rejalashtirilganidan koʻra koʻproq kamaytirildi (VMning 27.11.2018 yildagi 963-son qarori)
3 yillik viza hamda vaqtincha propiska uchun investorlar 650 dollar toʻlaydilar
Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning tariflariga qoʻshimchalar kiritildi (VMning 27.11.2018 yildagi 963-son qarori)
Yaqin 3 yildagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari taqdimoti boʻlib oʻtdi
29 noyabrda Toshkentda «2019–2021 yillardagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari yoʻl xaritasi» taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda vazirliklar va idoralar, eng yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaxassislar, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki, shuningdek boshqa xalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalarining vakillari ishtirok etdi
Eksport qiluvchilarga soliq imtiyozlari qaytarildi
Prezidentning 29.11.2018 yildagi «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi.
Transport vazirligining tashkil etilishi va istiqboldagi boshqa rejalar
Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida boshqalar qatori yaqin istiqboldagi rejalar qayd etilgan
Hukumatning yangi sektori hamda Davavianazoratni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi
Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonini yoritishda davom etamiz
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK qayta tashkil etiladi
Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


