Elektr energiyasiga tariflar bosqichma-bosqich oshiriladi
Dastlabki indeksatsiyalash 2018 yilning 16 noyabrida, ikkinchisi esa – 2019 yilning 1 iyunida amalga oshiriladi
Propiska qilish haqida iltimosnoma kiritish huquqiga ega organlar soni 73 tagacha oshdi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutaxassislari poytaxt va poytaxt mintaqasida propiska qilinishlari mumkin (VMning 1.11.2018 yildagi 900-son qarori)
«Angro» mahsulotlari dorixonalarda qanday realizatsiya qilinadi
Dorixona sharoitida «angro» mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi tasdiqlandi. U 2019 yil 2 fevraldan kuchga kiradi
Tabiiy gaz narxlari ikki marta oshiriladi
Barcha iste’molchilar uchun gaz tariflari 2018 yil 16 noyabrdan va 2019 yil 1 iyundan oshadi. Yunusobod tumanida 2019 yil boshidan tabiiy gazning maishiy iste’molchilari bilan oʻzaro hisoblashishning yangi sxemasini joriy etish boʻyicha eksperiment boshlanadi
Valyuta omonatlarini qanday koʻpaytirish mumkin
2018 yil noyabr holatiga koʻra xorijiy valyutalardagi omonatlar boʻyicha bank takliflari sharhini e’tiboringizga havola qilamiz
Ai-80 benzini 5%ga qimmatlashadi
2018 yil 16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisining yangi chakana narxlari belgilandi. Adliya vazirligi Telegram orqali shunday xabar berdi
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xodimlari uchun poytaxt propiskasi «ochiq»
Endi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi ham oʻz xodimlarini poytaxt va poytaxt viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin
KPK vositasida haq toʻlash: hisobvaraq-faktura kerakmi
Prezidentning 30.10.2018 yildagi PF-5564-son Farmonining korporativ plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni rasmiylashtirishning yangi tartibi toʻgʻrisidagi normalarini tahlil qilamiz
Xorijiy hamkorlar bilan investitsiya shartnomalari boʻyicha ijro intizomi kuchaytiriladi
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar hamda strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi tartibi belgilandi
Biznes yoʻllarni obodonlashtirishda davlatga koʻmaklashadi
Tadbirkorlar trassalarni yoʻl harakatini monitoring qiluvchi integratsiyalangan tizimlar bilan jihozlash, ular boʻylab avtomobillar vaqtincha saqlanadigan joylarni, haydovchi va yoʻlovchilar dam oladigan joylarni, mashinalarga xizmat koʻrsatish va ta’mirlash servis markazlarini qurish bilan shugʻullanadilar
Sudyaning hayoti va sogʻligʻi sugʻurtalandi
Vazirlar Mahkamasining 27.10.2018 yildagi 879-son qarori bilan sudyalarning hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish tartibi tasdiqlandi. U 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi
Oʻzbekiston Doing Business reytingida 76-oʻrinni egalladi
Jahon banki Guruhining «Doing Business 2019: Training for Reform» ma’ruzasi e’lon qilindi. Oʻzbekiston oʻtgan yilgi tadqiqot bilan solishtirganda 2 ta pozitsiyani yoʻqotdi
2020 yilda pullik yoʻllarni qurishga kirishmoqchilar
Umumfoydalanishdagi muqobil yoʻllar boʻlgan joylarda pullik magistral yoʻllar quriladi. Ularda yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori tezlik belgilanganidan 20 km/soatga ortiq boʻladi, foydalanganlik uchun haq esa sutkadagi vaqtga qarab tabaqalashtiriladi
«Ikkilamchi» garovga qoʻyish osonlashadi
Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarining kreditlardan keng foydalanishini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni taklif etdi. Ular Prezidentning qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda, uning loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Noyabrda nimalar kuchga kiradi
«Minimalka» oshiriladi, savdo-sotiq qilish qoidalari soddalashtiriladi, unning bozor narxlari joriy etiladi. Ushbu sharhda 2018 yil noyabrdagi shu va boshqa yangiliklar haqida soʻz yuritiladi
Tibbiyot xodimlarining oyligi 26,5%ga, oliy ta’lim va ilm-fan muassasalari xodimlari ish haqi 1,5 barobarga oshiriladi
2019 yilda soliq va majburiy toʻlovlar turi 19 tadan 15 tagacha qisqartiriladi, korxonalar tasarrufida qoʻshimcha 5,2 trln soʻm, tadbirkorlarda esa 2 trln soʻm daromad qoladi. Aholi daromadlari 6,5%ga oshadi
Oʻzbekistonda kosmik faoliyat jadallashtiriladi
Oʻzbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. QHTBT portalida Prezident va Hukumat qarorlari loyihalari muhokama qilinmoqda
Savdoni erkinlashtirish 2 bosqichda amalga oshiriladi
Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni yigʻma sharhini taqdim etamiz
Iroda Ibodullayeva: «Barcha savollarimga javobni bir.uz da topdim»
Agar buxgalterlarning barchasi bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimida oʻqib chiqqanda edi, ijtimoiy tarmoqlar guruhlari va messenjerlarida kasbiy mavzudagi savollar koʻp boʻlmagan boʻlardi. «Bosh buxgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tartibi) 2 toifa» ixtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan Iroda Ibodullayeva shunday deb hisoblaydi
Korporativ plastik kartochka yordamida hisoblashayotganda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiring
Prezidentning 30.10.2018 yildagi «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni rasmiylashtirishning yangi tartibi nazarda tutilgan
Pochta orqali 5 ming dollargacha eksport – ortiqcha qogʻozbozliksiz
Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSh dollarigacha tovar va xizmatlarni eksport qilish boʻyicha bitimlar yozma shartnoma tuzish, TSOYaEATga axborot kiritish va BYuDni rasmiylashtirishni talab etmaydi (Prezidentning 30.10.2018 yildagi Farmoni)
Mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimlarini avtomatlashtirishda nimalarni inobatga olish zarur?
Oʻzbekistonda mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimi yaratilmoqda. Uning joriy etilishidan hamma yutadi. Soliqlarning yigʻiluvchanligi oshadi, bozorlar yanada shaffof tus oladi. Qonuniy ishlab chiqaruvchilarning tushumi koʻpayadi, biznes-jarayonlar ham samaraliroq kechadi. Iste’molchilar esa sifatli tovar sotib olganlariga ishonch hosil qila oladilar
Tushumni hajmidan qat’i nazar oʻzlari inkassatsiya qilishlari mumkin, EKIHning 20 baravarigacha – istalgan davrda
Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Prokuratura xodimlariga – uy-joy va avtomobil sotib olish uchun foizsiz qarz
U kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida beriladi. Ushbu imtiyozni olish huquqiga ega xodimlar toifasi, qarz olish tartibi va muddatlari - sharhimizda
Tashqi savdo vazirligi eksportchilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazmoqda
Soʻrov natijalariga koʻra mahalliy mahsulotlar xorijiy bozorlarga chiqishi uchun sharoitlarni yaxshilashga doir chora-tadbirlar qabul qilinadi
Pensiya qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etildi
Kasallikka chalingan bolalar va qariyalarni parvarishlash bilan shugʻullangan shaxslarning pensiyaga chiqishiga toʻsqinlik qilayotgan cheklovlarni bekor qilish taklif etildi
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning roʻyxatlari kengaytirildi
I – IV roʻyxatlarga (muomalada boʻlishi taqiqlangan va cheklangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar) oʻzgartirishlar kiritildi
Gumonli va shubhali bank operatsiyalari: yangi mezonlar
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi . Ular 3 oy oʻtgach amal qila boshlaydi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


