Pulni telefon raqami orqali oʻtkazish mumkin boʻladi
Yangi qoidalar kuchga kirgandan keyin fuqarolar oluvchining faqat mobil telefon raqamini yoki maxsus bogʻlash kodini koʻrsatgan holda Tezkor toʻlovlar tizimi orqali mablagʻlarni yuborishlari mumkin boʻladi. Operatsiya bajarilishidan oldin tizim oluvchining ma’lumotlarini va vositachilik haqini koʻrsatadi.
Kichik va mikro GESlar quvvati oshiriladi
Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini kengaytirish, ularning umumiy quvvatini 204 MVtdan oshirish hamda 350 mingta aholi xonadonini ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Tarmoqni rivojlantirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli platforma ham yaratiladi.
Jahon banki gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish uchun 10,6 mln AQSh dollari ajratdi
Jahon banki ishtirokidagi qoʻshma loyiha doirasida mamlakatda gaz sizib chiqishlarini aniqlash va bartaraf etish mexanizmi yaratiladi. Bundan avval, bank koʻmagida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida «Oʻztransgaz» AJ ob’yektlarining 1 000 tadan ortiq nuqsonli nuqtalarida 35 mln kub metrgacha hajmda gaz sizib chiqish holatlari aniqlangan edi.
Kriptologiya instituti davlat organlari tizimlarini ekspertizadan oʻtkazish va IT-kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi
Institut mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlaydi, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va axborotni himoya qilish sohasida milliy yechimlarni ishlab chiqadi, shuningdek, davlat axborot tizimlarini xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshiradi.
Menejerlik sertifikatini olgan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ustamalar bilan ragʻbatlantiriladi
Vazirlar Mahkamasi kasbiy ta’lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlariga menejerlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda – ish haqining 50 foizi, ularning oʻrinbosarlariga esa 30 foizi miqdorida har oylik ustama beriladi.
Dual tizim boʻyicha oʻquvchilarni oʻqitayotgan ish beruvchilarni imtiyozli kreditlash kengaytirilmoqda
Vazirlar Mahkamasi texnikumlar bilan dual ta’lim dasturlarini amalga oshirayotgan va bitiruvchilar bandligini ta’minlayotgan tashkilotlarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibini tasdiqladi. Ish beruvchilar 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd soʻmgacha kredit olishlari mumkin boʻladi.
Qaysi turistik startaplar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Har yili eng yaxshi 10 ta turistik loyiha yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi miqdorida – har bir loyiha uchun 1 mlrd soʻmgacha subsidiya olishi mumkin boʻladi. Qoʻllab-quvvatlashdan foydalanish uchun kompaniyalar biznes-reja taqdim etishlari hamda startapning yangiligi va turistlar uchun dolzarbligini tasdiqlashlari lozim.
Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun maxsus huquqiy rejimga ega boʻladi
Prezident tomonidan Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlovchi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Markaz rezidentlari uchun 2100 yilgacha boʻlgan davrda investitsiyalar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni himoya qilish sohasida xalqaro standartlarni, shuningdek soliq va boshqa imtiyozlarni nazarda tutuvchi maxsus tartibga solish rejimi belgilanadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etilmoqda
Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi YuNESKO bilan hamkorlik doirasida tashkil etilmoqda. U xalqaro tadqiqotlar va ta’lim dasturlari, bolalarni erta rivojlantirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, shuningdek, 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish bilan shugʻullanadi.
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga vaqtinchalik boshpana berish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirish tartibini belgiladi. 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan muhtoj oilalarga ham munitsipal turar joylar imtiyozli stavkada ijaraga beriladi.
Koʻp kvartirali uylardan texnik foydalanish normalari yangilandi
Boshqarish organlari fasadlardagi nuqsonlarni bir oy ichida bartaraf etishlari, magistral tarmoqlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashlari va liftlar xavfsizligi boʻyicha yangi talablarga rioya qilishlari shart boʻladi. Shuningdek, kirish yoʻlaklariga konditsionerlar va isitish qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan oʻrnatish taqiqlanadi.
Biznes uchun yangi qonun: 8 ta asosiy oʻzgarish
Asossiz tekshiruvlardan himoya qilish, biznesning yangi toifalari, tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri va xususiylashtirish natijalarining huquqiy daxlsizligi – Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun faoliyat shartlarini oʻzgartiradigan OʻRQ-1168-son Qonun (17.08.2026 y.) imzolandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining litsenziyalanadigan bozorlarga kirishi soddalashtirildi
Tadbirkorlar uchun «Biznesga litsenziyasiz kirish» rejimi joriy etiladi. Uning doirasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyasiz yoki ruxsatnomasiz vaqtincha amalga oshirish mumkin boʻladi. Shuningdek, arxivda saqlash qoidalari yangilandi: elektron va nodavlat arxivlar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Yangi qoidalar asosida muddatli toʻlovga sotish
2027 yil 1 yanvardan boshlab muddatli toʻlov xizmatlari operatorlari faoliyati MB tomonidan tartibga solinadi. Yangi qoidalar operatorlarni maxsus reyestrga kiritishni, muddatli toʻlov muddati va qoʻshimcha toʻlovlar miqdorini 12 oy bilan cheklashni, shuningdek iste’molchilarning jarimalar va komissiyalarsiz muddatidan oldin toʻlov huquqini nazarda tutadi.
Fuqarolar va tadbirkorlarning sudlarga murojaat qilish jarayoni soddalashtirildi
Bir qator NHHga fuqarolar va tadbirkorlar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Ular dastlabki eshituvlarni joriy etishni, ma’muriy jarayonlarda davlat organlari vakillarining majburiy ishtirokini va mamlakatdan tashqaridagi sudlar yurisdiksiyasini kengaytirishni nazarda tutadi.
Prezident Administratsiyasi toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
U Prezident Administratsiyasining maqomi, vakolatlari va ish tartibini belgilaydi, uning davlat boshligʻi faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlashdagi rolini mustahkamlaydi. Hujjat, shuningdek PAning davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligini tartibga soladi va uning mansabdor shaxslari uchun huquqiy kafolatlarni belgilaydi.
Sud jarayoniga zamonaviy huquqiy mexanizmlar joriy etilmoqda
Prezident sud tizimini keng koʻlamli isloh qilishni nazarda tutuvchi «Odil sudlov – 2030» strategiyasini tasdiqladi. Hujjat odil sudlovning mustaqilligi va ommabopligini oshirish, sudgacha boʻlgan bosqichda sud nazoratini kuchaytirish va yagona sud tizimini shakllantirishga qaratilgan.
Samolyotlar, poyezdlar va avtobuslardan kimlarga bepul va imtiyoz asosida foydalanish huquqi beriladi
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab urush ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, urush oqibatida nogironligi boʻlgan fuqarolar, shuningdek Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan shaxslar havo yoʻlovchi transporti, temir yoʻl va shaharlararo avtobus transportidan bepul yoki 50 foiz imtiyoz asosida foydalanish huquqiga ega boʻladilar.
Fermer xoʻjaliklarining buxgalteriya hisobini kim va qanday yuritadi
«Soliq-servis» aksiyadorlik jamiyati tomonidan fermerlarning buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi. Nizom (11.08.2026 y. AV roʻyxat raqami 3921-son) fermer xoʻjaliklariga buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatish reglamentini mustahkamlab qoʻyadi.
Rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisining vazifalari belgilandi
Ularning vazifalariga til toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish, hujjatlarni lingvistik ekspertizadan oʻtkazish va sohaviy atamalar lugʻatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish kiradi.
Chorvachilik va baliqchilik xoʻjaliklaridagi loyihalar uchun imtiyozlar kengaytirildi
Tadbirkorlar komplekslarni tashkil etish va naslli chorva mollarini xarid qilish uchun 5 mlrd soʻmgacha, naslli chorva mollari va baliq yetishtirish boʻyicha alohida loyihalar uchun esa yillik 10 foiz stavkada 20 mlrd soʻmgacha kreditlar olishlari mumkin boʻladi.
Rieltorlar ishiga qoʻyiladigan talablar yangilandi
«Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, u koʻchmas mulk bozori mutaxassislariga nisbatan yangi talablarni va rieltorlik faoliyatini rasmiy ravishda yuritish tartibini belgilaydi.
Pulli yoʻllarni tashkil etish qoidalari qonun bilan mustahkamlandi
«Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri yoʻl tarmogʻini qurish, undan foydalanish va uni saqlashni tartibga soladi. Pulli avtomobil yoʻllarining faoliyat koʻrsatishining huquqiy asoslari hamda haydovchilarga bepul muqobil yoʻnalish mavjudligi kafolatlari joriy etilmoqda.
Chorvachilik tarmogʻi: yangi subsidiyalar va servis koʻmagi
Subsidiyalar nasldor chorva mollarini saqlashga va sohaviy agentlik huzurida ixtisoslashtirilgan servis korxonasini tashkil etishga yoʻnaltiriladi. Yangi mexanizmlar naslchilik chorvachiligini kengaytirish, chorva mollari importini soddalashtirish va fermer xoʻjaliklarini kompleks kuzatib borishni yaxshilash imkonini beradi.
Inklyuziv ta’lim yanada qulay boʻladi
Alohida ta’limga ehtiyoji boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash koʻlami kengaymoqda. Bunday bolalarni erta aniqlash, individual ta’lim rejalarini joriy etish, assistiv vositalar bilan ta’minlash hamda maktablarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.
Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish tizimi isloh qilinmoqda
Islohot odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy integratsiya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Jabrlanganlarni identifikatsiya qilishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari kengaytirilmoqda, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini qanday oshirish mumkin
Xavfli chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Ular chiqindilar harakatini raqamli monitoring qilishni, ular bilan ishlashni majburiy rejalashtirishni, davlat nazoratini kuchaytirishni hamda radioaktiv va kimyoviy xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasini oshirishni nazarda tutadi.
Boshpanasiz shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatiladi
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga yordam koʻrsatish tizimi oʻzgarmoqda. Sud qarori bilan majburiy joylashtirish oʻrniga ijtimoiy markazlarda ixtiyoriy ravishda boʻlish tartibi joriy etilib, bunda vaqtinchalik boshpana, ijtimoiy xizmatlar, kasbga oʻqitish va ishga joylashishga koʻmaklashish nazarda tutilmoqda.
Moʻmin Ashurov: «Soliq solishdagi yangiliklarga oʻqitishda yangicha yondashamiz»
«Norma» professional rivojlanish markazi soliq solish tizimidagi oʻzgarishlarga bagʻishlangan navbatdagi seminar va kurslarga qabul e’lon qiladi. Bu haqda batafsil «Norma» PRM direktori Moʻmin Ashurov bilan intervyuda
Qay biri afzal: soddalashtirilgan QQSmi yoki umumbelgilangan QQS?
Kompaniyangiz uchun qaysi – soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan QQS foydaliroq ekanini qanday bilish mumkin? «Norma» kompaniyasi yaqin orada tashkil etadigan vebinar ishtirokchilari shu va boshqa savollarga javob topishlari mumkin boʻladi
Butun «buxgalteriya» BUXGALTER.UZga oʻtadi
Yaqin orada norma.uz portali buxgalteriya kontentini buxgalter.uz ixtisoslashtirilgan resursiga oʻtkazib, uni e’lon qilishni toʻxtatadi
Pochta «Norma» nashriyotiga kitoblarni qaytarib berishiga nima sabab boʻldi?
16.11.2018 yildagi materialda knigi.uz internet-doʻkoni xaridori buyurtmani oʻz vaqtida olmagan birinchi holat batafsil koʻrib chiqilgan edi. Ushbu materialda vaziyat qanday yakun topgani haqida soʻz yuritamiz va «Norma» nashriyoti direktorining barcha mijozlarga murojaatini e’tiboringizga havola etamiz
Moʻmin Ashurov: «Vir.uz tizimi bilan QQS haqida hamma narsani bilib olish oson»
«Norma» PRM «QQS – nimalarga e’tibor berish lozim» ommabop kursi doirasida oʻqitishni tashkil etishga yondashuvni oʻzgartirdi. Natijada mashgʻulotlar tugaganidan keyin tinglovchilarning aksariyati yakuniy testlardan muvaffaqiyatli oʻtmoqdalar. Markaz direktori Moʻmin Ashurov innovatsiyalar haqida batafsil soʻzlab berdi
Kimlarni qisqartirsa boʻladi?
Direktor qisqartiriladigan xodimlarning roʻyxatini tayyorlashni buyurdi. Korxonaning kadrlar xizmati qanday mezonlarga amal qilishi lozim? Ekspert Abdusalom Risqullayev ushbu materialda mazkur savolga javob berdi. Kadrlar ishini yuritishga doir boshqa savollarni «Norma» PRMda 3 dekabrda boshlanadigan oʻquv kursi doirasida berish mumkin
Ish joyining oʻzida buxgalteriyadan saboq olayotgan boʻlsangiz
Oʻzbek tilidagi «Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»ning ikkinchi qismi sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkoni ma’muriyati endi ikki jildli ommabop yangi nashr ham oʻzbek, ham rus tilida mavjud ekanligiga e’tiboringizni qaratadi
Iqtisodiy jinoyatlar: buxgalter nimalarni bilishi kerak
Tekshiruv va dastlabki tergov natijalariga koʻra boshqalar yoʻl qoʻygan qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilish xataridan buxgalter qanday himoyalanishi mumkin? 2018 yil 28 noyabrda «Norma» PRMda oʻtkaziladigan seminarda advokat Eleonora Mazurova shu xususda batafsil tavsiyalar beradi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


