Baholovchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar qayta koʻrib chiqildi
Bir qator NHHlarga alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishga taalluqli oʻzgartirishlar ham kiritildi.
Eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi
Mablagʻlar eksport bilan bogʻliq savdo va eksportoldi operatsiyalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Davlat oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlaydi
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Litsenziyalarni amal qilish muddatlariga cheklovlar olib tashlandi
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi 14.07.2021 yildagi OʻRQ-701-son Qonun qabul qilindi.
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlariga birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi qoplab beriladi.
Qishloq xoʻjaligiga qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi vazifalari belgilandi
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bosh vazirning moliyaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarining vazifalari belgilandi
Shuningdek Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalardan qanday foydalaniladi
Elektron plombalarni qoʻllagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Tizim Oʻzbekiston hududiga tovarlarning noqonuniy olib kirilishining oldini olish chora-tadbirlari oʻz vaqtida koʻrilishiga imkoniyat yaratadi.
Qorakoʻlchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning Farmoni bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining vazifalari kengaytirildi.
Moliya vazirligi MHXS boʻyicha oʻqitish va imtihon xarajatlarini qoplab beradi
Bugunga qadar oʻquv markazlari va talabgorlarga 167 187 166 soʻm ajratildi, kelib tushgan arizalar boʻyicha jami 138 180 000 soʻm qoplab berildi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar – elektron shaklda
Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi
Tadbirkorlik sub’yektlariga chetdan xom ashyo sotib olishga va bojxona toʻlovlari toʻlamagan holda qayta ishlagandan soʻng istalgan xorijiy hamkoriga sotishga ruxsat berildi.
"Yangi Andijon" shahrini barpo etish chora-tadbirlari belgilandi
Prezident tomonidan "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Oʻzbekistonliklar Qurbon hayitida uch kun dam olishadi
Prezident tomonidan 13 iyul kuni “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Oʻzbekiston 10 ta poyezd sotib oladi
“Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish” loyihasining TIA tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi – xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari kengaytirildi.
Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi
Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida joylarda «Men Qoʻqonga boraman» shiori ostida koʻrgazma va koʻrik-tanlov tashkil etiladi.
Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining yangi kotibiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.
Ipak va jun ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratiladi
Xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga hamda qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilib, eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl va qorakoʻlcha terilari uchun subsidiyalar beriladi.
Davlat ob’yektlari «nol» qiymatda sotilmaydi
Shuningdek davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibiga oʻzgartirish kiritildi.
Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
«Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash» loyihasiga jamgʻarma tomonidan 41 mln saudiya riali summasidagi kredit ajratiladi.
Qoʻshma ta’lim dasturlari ekspertizadan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari nimaga rahbarlik qiladi
Uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional vazifalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomda aks ettirilgan.
Vazirlar Mahkamasida yangi kotibiyat tashkil etildi
Kotibiyat hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi masalalari bilan shugʻullanadi, unga Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
«Termiz» xalqaro savdo markazi: tovarlarni oʻtkazish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilanishicha, tovarlar «Termiz xalqaro savdo markazi» hududiga bojxona toʻlovlari toʻlanmasdan olib kiriladi.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish qanday shakllantiriladi
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar reyestrga kiritiladi, davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishni boshlaydi.
Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi
Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


