Tax-Free tizimining turizm va iste’mol faolligini rivojlantirishga ta’siri: Yaponiya tajribasi va Oʻzbekistonda amalga oshirish muammolari
Ma’muriy tartib-taomillar va ma’muriy sud ishlarini yuritish tizimini takomillashtirish doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari boʻlib oʻtdi.
Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilindi
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan importni amalga oshirishda tovar qiymati boʻyicha 5 000 AQSh dollari miqdoridagi cheklov olib tashlandi, turistlarga uy-joyni 30 kungacha boʻlgan muddatga ijaraga berish boʻyicha talablar bekor qilindi.
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar tasdiqlandi.
Mas’uliyat kuchaytirildi va qoʻllab-quvvatlash choralari kengaytirildi: ijtimoiy himoya toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirildi
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qilindi.
Elektron retseptlar bosqichma-bosqich joriy etiladi
Tizimni joriy etishning birinchi bosqichida elektron retsept antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar va tizimli ta’sirga ega gormonal preparatlar uchun majburiy hisoblanadi.
"Biznes hamroh" markazlari tadbirkorlarga kompleks xizmat koʻrsatadi
SSP, shuningdek, xizmatlardan foydalanishda yuzaga keladigan masalalar va muammolar boʻyicha murojaatlarni qabul qilish, maslahat berish va hal etish uchun "Biznes hamroh" elektron platformasi va "Sall -markaz"ni ishga tushiradi.
Samarasiz foydalanilgan subsidiyalar qaytariladi
Biznesni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida olingan subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar maqsadsiz yoki samarasiz ishlatilgan boʻlsa, ularni qaytarishga toʻgʻri keladi.
Raqamli muhit va OAV ustidan nazorat kuchaytiriladi
Axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va media sohasida davlat nazorati tizimi oʻzgarmoqda. Chora-tadbirlar fuqarolarni – birinchi navbatda bolalar va yoshlarni notoʻgʻri va zararli kontentdan himoya qilishga, shuningdek, raqamli xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.
"Sirli xaridorlar" qanday oʻqitiladi
Tinglovchilar uchun oʻquv kurslari Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini oʻrganish markazida yoki masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldi
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, bu esa oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyani pasaytirishga yordam beradi.
Ekohududlarda turistik soʻqmoqlarni qanday tashkil etish mumkin
Noyob ekotizimlarga zarar yetkazmagan holda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda turistik soʻqmoqlarni tashkil etish tartibi tasdiqlandi.
Valyuta operatsiyalarini monitoring qilish qoidalari yangilandi
Imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar (offshor zonalar) roʻyxatidan Panama Respublikasi chiqarib tashlandi.
Oʻzbekistonda bir qator tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi
Prezident yashirin iqtisodiyotni qisqartirish toʻgʻrisida 10.12.2025 yildagi PF-246-son Farmonni imzoladi Asosiy yangilik – 2026 yil 1 apreldan alkogol, tamaki, koʻchmas mulk, avtomobillar va 25 mln soʻmdan yuqori boʻlgan tovarlarni sotib olishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi.
Davlat qishloq xoʻjaligida tavakkalchiliklar uchun mas’uliyatning bir qismini oʻz zimmasiga oladi
Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurtalashning yangi tizimi tasdiqlandi: davlat sugʻurta mukofotining bir qismini moliyalashtiradi, maxsus jamgʻarma esa favqulodda vaziyatlarda toʻlovlarni ta’minlaydi.
Yangi davlat boshqaruvi tizimi natijaga yoʻnaltiriladi
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari har besh yilda, odatda boshqa tumanga rotatsiya qilinadi.
Boʻlajak notariuslar uchun majburiy oʻquv kurslari joriy etiladi
Adliya vazirligi talabgorlarni tayyorlashning yangi tartibini tasdiqladi. Hujjat oʻqitish, imtihonlar va attestatsiyaning qat’iy qoidalarini nazarda tutadi, shuningdek, maxsus komissiyalar va raqamli tizimlar orqali nazoratni joriy etadi.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga subsidiyalar toʻlanadi
Birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosining har bir tonnasi uchun 2025 yil hosilidan boshlab 1 million soʻmdan subsidiya ajratiladi.
Maxfiy hujjatlar bilan ishlashning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Elektron tizimlarga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi va "Oʻzarxiv" agentligining vakolatlari kengaytirilmoqda, bu esa xizmat ma’lumotlarining xavfsizligini oshiradi va barcha davlat tuzilmalarida hujjat aylanishini standartlashtiradi.
Kimlar giyohvandlikdan majburiy davolanishga yuboriladi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi belgilandi.
"Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi
Sugʻurta hodisalari yuz bergan taqdirda sugʻurtalangan shaxslarga yoki ularning oila a’zolariga tegishli nafaqalar, shu jumladan dam olish kunlarida ham toʻlanadi.
Toshkentda yoʻl harakatini boshqarishning yangi modeli joriy etiladi
Shahar harakati qayta quriladi: poytaxtda Yoʻl harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) tashkil etilmoqda, u transportni yagona raqamli tizim orqali boshqarish vakolatini oladi – chorrahalardagi oqimlardan tortib metro va avtoturargohlarni rivojlantirishgacha.
YaMMT ish beruvchilar uchun tijoriy xizmatlarni ishga tushirmoqda
Endi ular xodimlarning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga (YaMMT) nafaqat mustaqil ravishda, balki tijoriy elektron xizmatlar yordamida ham uzatishlari mumkin boʻladi.
Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish: yangi qoʻllab-quvvatlash choralari tasdiqlandi
Prezidentning PF-240-son Farmoni bilan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va kasbiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Ob’yektingizda hisoblagichni qanday oʻrnatish kerak: elektr energiyasini hisobga olishning yangi qoidalari
2026 yil 1 martdan Oʻzbekistonda elektr energiyasini hisobga olishning yangi qoidalari amal qila boshlaydi. Ular 27.11.2025 yildagi 749-son VMQ bilan tasdiqlangan va hisobga olish tizimlarini oʻrnatish, ekspluatatsiya qilish va avtomatlashtirish tartibini batafsil tartibga soladi.
Moliyaviy texnologiyalar bozorining rivojlanishi tezlashmoqda
Prezident qarorida 2026 yildan boshlab venchur fondi, innovatsion xab tashkil etish, ochiq bankingni ishga tushirish va tokenlashtirilgan qimmatli qogʻozlarni qonuniylashtirish koʻzda tutilgan.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari me’yorlari yangilandi
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari roʻyxatiga ilgari xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan yongʻin xavfsizligi bilan bogʻliq ishlar kiritildi.
Jamoat tartibini saqlash boʻyicha bir qator NHHlar tizimlashtirildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlari tomonidan jamoat joylarida shaxslarni elektron identifikatsiyalashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qurilish materiallarining sifati va raqobatbardoshligi nazorati kuchaytiriladi
Davlat byudjeti parametrlarida qurilish materiallari ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish tizimlarini joriy etish xarajatlarini qoplash uchun har yili 100 milliard soʻm ajratiladi.
BIR.UZ dasturning birinchi ishtirokchilariga pullarini qaytaradi!
BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimi imtihonining barcha ishtirokchilari uchun ajoyib yangilik! 16-17 dekabr kunlari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Attestat olganlar uchun biz imtihon qiymatining 90%ini qaytaramiz
BIR.UZ: malaka oshirish oson!
Buxgalter – uzluksiz bilim olishni talab etuvchi ba’zi kasblardan biri. Qonunchilik oʻzgarmoqda, yangi hujjatlar deyarli har kuni e’lon qilinmoqda. Bularning barchasi u yoki bu tarzda buxgalteriya hisobida aks etadi
Yangi hujjatlar – har ish kunida!
Internet tarmogʻi orqali yangilanadigan «NORMA. OʻzR Qonunchiligi» AQT foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilik! 1 dekabrdan boshlab tizim sizning hujjatlar bazangizni har kuni avtomatik tarzda yangilaydi!
Birinchi raqamli Bosh buxgalter Attestatini kimlar oladi
Bu savolga javobni 16-17 dekabr kunlari birinchi marotaba Buxgalterlar malakasini baholash tizimi doirasida oʻtkaziladigan imtihon natijalariga koʻra bilib olamiz
Normal ish sharoitlardan chekinishda ish haqini qanday toʻgʻri hisoblash kerak
9 noyabr kuni «Norma» PRMda «Normal ish sharoitlarida oylik ish haqi, nafaqa, kasallik boʻyicha va dekret ta’tili nafaqalarini toʻlash» mavzusida bir kunlik seminar oʻtkaziladi
Xodimlarni ishga olish, oʻtkazish va boʻshatishni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak
7 noyabr kuni «Norma» professional markazida bir kunlik «Mehnat qonunchiligi: qoʻllash amaliyoti» deb nomlangan trening boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar xodimlarni ishga olish, boshqa ishga oʻtkazish, qoʻchirish hamda ishdan boʻshatishni huquqiy muvofiqlashtirish va hujjatlashtirishning asosiy jihatlarini koʻrib chiqishadi
TIF ishtirokchilari uchun soliq solish masalalari
«Eksport-import operatsiyalari: hisobga olish, soliq solish, hatolar» mavzusidagi bir kunlik seminar «Norma» PRMda 2 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar nazoratchi organlarning diqqat markazida boʻlgan faoliyat sohasida qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti bilan tanishib chiqishlari mumkin boʻladi
Umumbelgilangan soliqlar toʻlovining barcha jihatlari
11 noyabr kuni «Umumbelgilangan soliq toʻlovchilari boʻlgan korxonalarda soliq solishning oʻziga xosliklari» mavzusida bonusli seminar boʻlib oʻtadi. Asosiy mavzu – 2017 yilda soliqlarni hisoblash va toʻlash borasidagi oʻzgarishlar
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


