Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaxslardan olingan qarzlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi Ekologiya organlarining koʻrsatmasiga qanday munosabat bildirish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
20.06.25

Avtotransportni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplanadi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ushbu davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

20.06.25

Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi

Ular qimmatli qogʻozlar hisobini tashkil etish va yuritishning yagona prinsiplarini belgilaydi, depozitar operatsiyalarni amalga oshirish tartibini, hujjat aylanishi va boshqalarni belgilaydi.

19.06.25

Qimmatli qogʻozlar qanday yoʻq qilinadi

Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha Yoʻriqnomaning yangi tahrirda qabul qilinishi bu sohaning raqamlashtirishni tezlashtirish va infratuzilmasini rivojlantirishga imkon beradi.

19.06.25

«Yashil» davlat xaridlari tizimi joriy etilmoqda

2026 yil 1 yanvardan boshlab eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha xarid hujjatlariga ekologik mezonlar majburiy tartibda kiritiladi.

18.06.25

MIB Majburiyatlar reyestrini yuritadi

Reyestrdagi ma’lumotlar 10 yil saqlanadi va unga ijro hujjati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning kiritilishi qarzdorni bankrot deb topish tartibiga toʻsqinlik qilmaydi.

18.06.25

Ba’zi oʻquvchilarga toʻgaraklar uchun xarajatlarining bir qismi qoplanadi

Oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida koʻpi bilan ikkita toʻgarakni tanlashi va ularga koʻpi bilan 9 oy qatnashishi mumkin.

17.06.25

IT sohasida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻi kengaytiriladi

Vazirlar Mahkamasi zarur hollarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida yaratilgan maktablar sonini koʻpaytirish huquqiga ega.

17.06.25

Ayrim tovarlarni bojsiz olib kirish normalari oʻzgartirildi

Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritildi.

13.06.25

Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi

Oʻrta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun Markaziy bank boshqaruvi 2025 yil 12 iyunda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

12.06.25

Suvdan foydalanishdagi qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar ragʻbatlantiriladi

Ular taqdim etgan foto va videomateriallar sodir etilgan huquqbuzarlik va uni sodir etgan shaxs haqidagi ma’lumotlar va boshqalarni aks ettirishi kerak.

12.06.25

Aybsizlik prezumpsiyasiga oid normalar takomillashtirilmoqda

Ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyati hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

11.06.25

Koʻchmas mulk ob’yektlari savdosi tartibi oʻzgartirildi

Shunday qilib, savdolarni tashkil etuvchi sifatida nafaqat mol egasi yoki mulkiy huquq sohibi, balki ixtisoslashtirilgan tashkilot ham chiqishi mumkin.

10.06.25

Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

Yagona milliy baholash standartiga qoʻshimchalar kiritildi. Baholanayotgan mol-mulkni baholashda baholovchi qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlaridan birini qoʻllaydi.

10.06.25

Qaysi mahsulotlarning tasnifiy kodlari oʻzgartirilmoqda

Vazirlar Mahkamasi tomonidan TIF TNning yangilangan shakli amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgartirilgan mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlandi.

10.06.25

Tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan hududlar roʻyxati kengaymoqda

Ushbu hududlarda oylik maoshga ustamalar va qoʻshimcha ta’til kunlari beriladi

09.06.25

Yangi hosildan bugʻdoy qanday xarid qilinadi

"d-xarid.uz" axborot tizimi omborlardan don sotish, qabul qilish va berish jarayonlari, shuningdek moliyaviy hisob-kitoblarning tezkorligi va shaffofligini ta’minlaydi.

04.06.25

NNTlar xorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini xabardor qiladi

Safrardan oldin uning maqsadi, uchrashuv/tadbir oʻtkaziladigan manzil, moliyalashtirish manbalari haqida ma’lumot berish kerak.

04.06.25

Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

U oʻrmonlar holatini real vaqt rejimida monitoring qiladi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etadi va bu sohada sun’iy intellektdan foydalanadi.

04.06.25

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

2025 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

03.06.25

Oʻrmon fondi yerlari alohida muhofaza qilinadi

Oʻrmon fondi yer maydonlari toifasini oʻzgartirish faqat Prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

03.06.25

Foydalanishga topshirilgan ob’yektning kamchiliklarini bartaraf etish xarajatlari qanday qoplanadi

Byudjet tizimi hisobidan foydalanishga topshirilgan ob’yektlarni sugʻurtalash tartibi belgilandi.

02.06.25

Mebel sanoati uchun imtiyozlar va preferensiyalar

Prezident mebel va yogʻochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni tasdiqladi.

02.06.25

Qurbon hayiti 6 iyunda nishonlanadi

2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi boʻyicha ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.

30.05.25

Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi

Joriy yilning oktyabrigacha pensiyalarni tayinlashda amaliy yordam koʻrsatish xizmati, xususan staj va ish haqiga oid elektron ma’lumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlay boshlaydi.

30.05.25

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga oʻzgartirishlar kiritildi.

30.05.25

Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi qanday oshiriladi

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari huzurida ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish direksiyalari tashkil etiladi.

29.05.25

Qoraqalpogʻistonda kunjut va mosh ekinlari koʻpaytiriladi

Ushbu ekinlarni yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar har bir tumanda «bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida kamida 50 gektar maydonda amalga oshiriladi.

29.05.25

Ijodkor yoshlar qoʻllab-quvvatlanadi

Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorda grantlar ajratish rejalashtirilmoqda.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Vo­lon­tyor­lik kad­rlar za­xi­ra­si­ga va ish­ga ki­rish­ga yor­dam be­ra­di

Faol volontyorlar davlat organlarining kadrlar zaxirasiga kiritiladi, volontyorlik faoliyati uchun esa ehtiyojlarga sarflash mumkin boʻlgan «ijtimoiy tokenlar» hisoblanadi. «Fidoyi volontyor» koʻkrak nishoni ta’sis etilmoqda.

Suv om­bor­la­ri­da tu­riz­mni ri­voj­lan­ti­rish­ga qara­til­gan biz­nes uchun im­ti­yoz­lar jo­riy etil­moqda

Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm va servis infratuzilmasini rivojlantirish choralari belgilandi. Turistik xizmatlarni tashkil etuvchi tadbirkorlar yer soligʻi va mol-mulk soligʻining 50 foizlik stavkalaridan foydalanishi mumkin boʻladi.

Qoraqal­pogʻis­ton­da 5 mlrd dol­lar in­ves­ti­siya jalb etish va 513 min­gta ish oʻrni­ni yara­tish re­ja­lash­ti­ril­moqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. 2027 yilda investitsiyalar hajmini ikki baravarga oshirib, 5 mlrd dollarga yetkazish, eksportni 550 mln dollarga oshirish, 513 ming kishini ish bilan ta’minlash hamda yangi sanoat, qishloq xoʻjaligi va IT-loyihalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Eks­tre­mizm uchun ja­vob­gar­lik cho­ra­la­ri oʻzgar­ti­ril­di

Ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish va ularni tuzganlik uchun endi turlicha jazo belgilandi. Ekstremistik materiallarni birinchi marta tayyorlash va saqlash uchun esa ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestrini yuritadi.