Pensionerlar va faxriylar uchun bepul oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak pul bilan almashtirildi
Bepul yetkazib beriladigan kiyim-kechak va poyabzallar oʻrniga BHMning 15 baravari miqdorida har yili toʻlanadigan toʻlov, oziq-ovqat mahsulotlari uchun - BHMning 1 baravari miqdorida har oyda toʻlanadigan toʻlov joriy qilinadi.
Kasanachilikni ragʻbatlantirish rejalashtirilmoqda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
MIZ va KSZ muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanadi
Bunday infratuzilma yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarida ham barpo etiladi.
Yoshlarni sportga jalb etish yanada faollashtiriladi
Prezidentning qarorlari bilan Oliy sport mahorati instituti va Paralimpiyachilarning matonat maktabi tashkil etiladi.
“IT-Park University” raqamli universiteti tashkil etildi
Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi va talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida byudjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etildi
Vazirlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi
"Yangi Oʻzbekiston" universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi hamda Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Sport qanday rivojlantiriladi
Respublikada Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi, Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi sport maktablari trenerlarining bazaviy tarif stavkalari oʻrtacha 1,35 baravarga oshiriladi.
Ichki audit milliy standartlari qanday boʻladi
Moliya vazirligi tomonidan QHTBT portalida “Ichki audit milliy standartlarini tasdiqlash haqida”gi buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Yosh velosipedchilar tayyorgarlikni velosport maktab-internatida davom ettirishlari mumkin
Respublika velosport mahorat maktab-internatiga velosport turlari boʻyicha belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.
Yer usti metro yoʻnalishlari ostidagi joylar «E-Auksion» savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi
Ularda avtoturargohlar, aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar, bolalar va sport maydonchalarini tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Elektr energiyasi va gaz uchun tariflarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining "Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portaliga joylashtirildi.
Ayrim tovarlarga bojxona bojining «nol» stavkasi qoʻllaniladi
Tovarlarni oxirgi iste’molchiga yetkazib berishda narxlar oshishining oldini olish, aholini asosiy oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talabini qondirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi
Oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi, talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya beriladi.
Koʻp kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik boʻyicha tekshiriladi
Tekshiruv natijasiga koʻra ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha xulosa chiqariladi.
Gʻallani adolatli sotib olish va sotishni Respublika shtabi ta’minlaydi
Uning vazifalaridan biri - bugʻdoyni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish boʻyicha taklif tayyorlash.
Muzeylarda xizmatlarni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi
Boshqalar qatorida, davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish huquqi berildi.
Keyingi yildan boshlab “Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushiriladi
Uning vazifasi – fuqarolarga yuridik yordam koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari bilan integratsiya qilishdan iborat.
«Tadbirkorlik kodeksi» biznesni tartibga soladi
Adliya vazirligi tomonidan «Tadbirkorlik kodeksi» loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlarida biznesni rivojlantirishga yordam berishadi
Xususan, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarining barcha xaridorlariga xarid toʻlovlarini 7 yil muddatda boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash rejalashtirilmoqda
Moliya vazirligi tomonidan «Uy-joy-kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi nizom loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portalida joylashtirildi.
1 iyundan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2022 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Yerni jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari oʻzgartirilmoqda
28 may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Davlat xaridlari bilan bogʻliq tartib-taomillar belgilandi
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimi yanada takomillashtiriladi
2023 yil 1 yanvardan boshlab narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish boʻyicha barcha tibbiy tekshiruvlar amalga oshiriladi.
Xalqaro reytinglarda respublikaning oʻrni qanday oshiriladi
Buning uchun xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar 1 yanvarga qadar past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlar boʻyicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha rejalarni ishlab chiqadi.
Har yili markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti uchun 50 mlrd soʻm ajratiladi
Qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “Oʻzsuvta’minot" AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tugatilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi ularning asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


