Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.01.18

Avtoni rasmiylashtirish uchun endi oshirilgan stavka qoʻllanilmaydi

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi

09.01.18

YaIDXPda soliqlar boʻyicha qarzlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olish imkoniyati mavjud

YaIDXPda (my2.gov.uz) «Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma» xizmati ishga tushirildi

09.01.18

Advokat litsenziyasiga imtihon topshirish uchun hujjatlar – notarial tasdiqlanmagan holda

Adliya vazirining buyruqlari (roʻyxat raqamlari 1921-1 va 1928-1, 2018 yil 6 yanvar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom hamda Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

09.01.18

Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari avvalgi darajada saqlanib qolindi

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi

09.01.18

Hukumat aholi uchun suyultirilgan gazning narxlarini tasdiqladi

Vazirlar Mahkamasining 29.12.2017 yildagi 1033-son qarori bilan aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning chakana narxlari tasdiqlandi

09.01.18

Undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari oʻzgarmadi

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari belgilandi

09.01.18

Fuqarolar yigʻinlari ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb etadi

Bu Vazirlar Mahkamasining 27.11.2017 yildagi 944-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida nizomda koʻzda tutilgan

08.01.18

Byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar yagona toʻlovga birlashtirildi

Mazkur oʻzgartirishlar 29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorida koʻzda tutilgan

08.01.18

Top-100 eng yaxshi ish beruvchilar OAVda e’lon qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 29.12.2017 yildagi 1036-son “Yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi

08.01.18

Koʻproq ishlovchi pensionerlar toʻliq pensiya oladi

Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5291-son Farmoni hamda Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3450-son qarori bunga imkoniyat yaratdi

08.01.18

Yuk tashuvchilar soliqlarni qat’iy belgilangan soliqdan kam toʻlashmaydi

Yuk tashuvchilardan olinadigan soliqlarning eng kam miqdori Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan joriy etildi

08.01.18

Sobiq YaTT qachon bankrot deb topiladi

30.12.2017 yildagi OʻRQ–455-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksi va «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi

08.01.18

Parlament soʻroviga, senator yoki deputat soʻroviga javob bermadingizmi – EKIHning 7 baravarigacha jarima

3.01.2018 yildagi Qonun bilan parlament soʻrovini, senator yoki deputat soʻrovini koʻrib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi

06.01.18

Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov 2 baravar oshirildi

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan 2018 yil uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori belgilandi

06.01.18

Tayyorlovchi tashkilotlar YaSTni savdo kabi toʻlaydi

2018 yildan boshlab tovar aylanmasi tayyorlovchi tashkilotlar uchun soliq solish ob’yektiga aylandi

06.01.18

Eksport qiluvchi korxonalar uchun soliqlar stavkalarining kamaytirilishi 2018 yilning 1 aprelidan bekor qilinadi

Bu Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi qarorida koʻzda tutilgan

06.01.18

Chegiriladigan va chegirilmaydigan xarajatlar roʻyxatiga tuzatish kiritildi

29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi

06.01.18

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kamaytirildi

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan JShDSning oʻrtacha va eng yuqori stavkalari 0,5 foizga kamaytirildi

06.01.18

Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan tashkilotlar uchun imtiyozlar bekor qilindi

Bu Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan

06.01.18

Formali kiyim-bosh savdosi – litsenziya asosida

Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga 3.01.2018 yildagi OʻRQ-456-son Qonun bilan qoʻshimchalar kiritildi

06.01.18

Markaziy bank likvidlilik tanqisligi yuzaga kelganda banklarni kreditlaydi

“Markaziy bank toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar 3.01.2018 yildagi “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan kiritilmoqda

06.01.18

Jinoyat ishi boʻyicha jarima undirish uchun hujjatlar uch kun muddatda yuboriladi

3.01.2018 yildagi “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasiga tuzatishlar kiritildi

05.01.18

Norezidentlarning doimiy muassasalari sof foydasidan olinadigan soliq bekor qilindi

29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi

05.01.18

65 yoshdan katta pensionerlardan ortiqcha toʻlangan pensiya undirilmaydi

Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF-5291-son Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni e’lon qilindi

05.01.18

Biznesda koʻproq foyda qoladi

Foyda soligʻi stavkasining 7,5%dan 14%gacha oshirilishi obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining bekor qilinishi munosabati bilan foydaga nisbatan soliq yukining kamayishiga olib keladi

05.01.18

Yagona soliq toʻlovi stavkalari oʻzgarmadi

2018 yilda soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan korxonalar uchun YaST stavkalari 2017 yilgi darajada saqlanib qolindi

05.01.18

1 apreldan boshlab QQS boʻyicha alohida imtiyozlar bekor qilinadi

29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi

05.01.18

Bolalar bogʻchasi uchun toʻlov indeksatsiya qilindi

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun 2018 yilda ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari tasdiqlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.