Davlat auditi oliy maktabiga kiruvchilar uchun talablar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarorida iqtidorli yoshlarni davlat auditi sohasiga maqsadli yoʻnaltirish, ushbu sohadagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar integratsiyasini ta’minlash vazifasi belgilangan.
Yer toifalari qanday oʻzgaradi
Agroportalda qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish uchun arizalar qabul qilinadi, kompensatsiya toʻlovlari esa avtomatik tarzda hisoblanadi.
Binolarning energiya samaradorligi avtomatik ravishda baholanadi
Turar va noturar binolarning energiya samaradorligini tezkor baholash tizimi joriy etilib, elektr va gazni tejash choralari kengaytirilmoqda. Shuningdek, energiyani tejashning keng koʻlamli koʻrsatkichlariga erishish uchun "yashil" kreditlashni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomi qonunlashtirildi
Qabul qilingan OʻRQ-1145-son Qonun kurort va rekreatsion zonalarda xoʻjalik faoliyatini cheklash, ekologik zararli ishlab chiqarishlarni taqiqlash hamda tabiiy komplekslarni sanoat va antropogen ta’sirdan qoʻshimcha himoya qilishni nazarda tutadi.
Ekologik ekspertiza kimlar uchun majburiy
Sanoat korxonalarining atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sirini oldini olish va kamaytirish boʻyicha xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy mexanizmlar joriy etilmoqda.
Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda
Lalmi va yaylov yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi aylanmasiga jalb qilishning yangi tizimi qariyb 1 million gektar yerni oʻzlashtirish, togʻ va togʻoldi hududlarida loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutadi.
Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilganlik uchun davlat boji miqdorlari kamaytiriladi
Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilganlik uchun, Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi tomonidan apellyatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun davlat boji miqdorlari yuridik shaxslar uchun keskin kamaytiriladi.
Yirik investitsiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan subsidiya va ssudalar berish tartibi yangilandi
Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
Ma’muriy qonunchilik yangilanadi
Ma’muriy javobgarlik tizimini kompleks qayta koʻrib chiqish ishlari boshlandi. Prezidentning F-30-son farmoyishi bilan zamonaviy sharoitlarni hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va sud nazoratini kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.
Tibbiy xizmatlar sifati yagona standartlar asosida nazorat qilinadi
Tibbiy xizmatlar sifati va tibbiyot muassasalarini litsenziyalash tizimiga qoʻyiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Tegishli chora-tadbirlar Prezidentning PQ-170-son qarorida nazarda tutilgan.
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida huquqiy tartibga solish takomillashtiriladi
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida zamonaviy, shaffof va raqamlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etiladi.
Xususiy tibbiyot uchun yangi imkoniyatlar
Prezidentning PF-74-son Farmonida nodavlat klinikalarning davlat tibbiy sugʻurtasi tizimidagi ishtirokini kengaytirish, yangi soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, hududlarda tibbiy infratuzilmani rivojlantirish uchun investitsiya mexanizmlarini ishga tushirish nazarda tutilgan.
Gaz ta’minoti korxonalarining xatlov va koʻrik dalolatnomalari elektron shaklda rasmiylashtiriladi
Gaz ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchilarda oʻtkazilgan xatlov va koʻrik dalolatnomalari bir sutka davomida “HGT Billing” tizimiga kiritilmagan boʻlsa, ushbu dalolatnomalar haqiqiy emas deb topiladi.
Elektr ta’minoti qoidalari yangilandi: shartnomalar elektron shaklga oʻtkaziladi
Energiya ta’minoti sohasini raqamlashtirish va elektr energiyasi iste’moli ustidan nazoratni kuchaytirish davom etmoqda. Shartnomalarning elektron shakli joriy etilib, hisobga olinmagan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi aniqlashtirildi.
Yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 05.05.2026 yildagi 224-son qarori "Face-ID" va "Mobile-ID" tizimlaridan foydalanishni, YaIDXP orqali masofadan roʻyxatdan oʻtish imkoniyatini nazarda tutadi, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish va bekor qilish asoslarini aniqlashtiradi.
Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari joriy etiladi
Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari asosida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va barqaror rivojlanish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilish standartlari”ni joriy etish va ushbu standartlar asosida hisobot tayyorlash qoidalari tasdiqlandi.
Ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirildi
Yuridik shaxslar uchun atrof-muhitni ifloslantirganlik, daraxtlarni noqonuniy kesganlik va ruxsat etilgan chiqindilardan oshib ketganlik uchun jarimalarni bir necha barobar oshirishni nazarda tutuvchi moliyaviy sanksiyalar tizimi joriy etilmoqda.
Yirik aholi punktlarida FVVning yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tashkil etiladi
Maqsad – respublika tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, shuningdek, muhim ob’yektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini ta’minlash.
Gidroenergetika: yangi quvvatlar, milliy loyihalar va keng koʻlamli investitsiyalar
Gidroenergetika tarmogʻini rivojlantirish quvvatlarni oshirish va investitsiyalarni jalb qilishga asoslanadi. Yangi inshootlar qurish, milliy loyihalar modelini joriy etish koʻzda tutilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda hokimlarning mas’uliyati oshiriladi
OʻRQ-1142-son Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga korrupsiyaning oldini olish, odil sudlovga erishishni kengaytirish va sud jarayonlarini optimallashtirish uchun yangi mexanizmlarni yaratishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi.
Turizm sohasida loyiha boshqaruvi joriy etilmoqda
Prezidentning PQ-161-son qarori hududlarda turizm infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini koʻpaytirishga qaratilgan.
Koʻp kvartirali uylarni saqlash qoidalari yangilandi
Koʻp qavatli uylardan foydalanishning yangi qoidalari boshqaruv kompaniyalari va aholi uchun qat’iy standartlarni belgilaydi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarining energiya samaradorligi oshiriladi
Prezidentning 29.04.2026 yildagi PF-70-son Farmoni energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash hamda sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.
YaIDXPda tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestri ishga tushiriladi
Bu joriy etilgan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasi boʻlib, sohadagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlaydi.
Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi optimallashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qaror agrar va oziq-ovqat ekinlariga subsidiyalarni taqsimlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud byurokratik yukni bartaraf etishga qaratilgan.
Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qanday olish mumkin
Endi yuridik shaxsni Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish uchun yangi davlat xizmatidan foydalanishi mumkin.
Buxgalterlarga yordam turkumidagi yangi kitoblar
«Norma» nashriyoti boshlovchi buxgalterlar uchun Buxgalterlar malakasini baholash bir.uz tizimi materiallariga asoslangan yangi turkumdagi kitoblarni nashr qilishga kirishdi
Ibrohim Xudoyberganov: «Direktor.uz ni doʻstlarimga tavsiya qilaman»
Direktor.uz da deyarli 600 kishi roʻyxatdan oʻtishdi va ta’lim olishyapti. Ular orasida Toshkent shahridan Ibrohim Xudoyberganov ham bor. Norma.uz portali muxbiri undan resurs haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashishni soʻradi
Mehnat toʻgʻrisidagi lokal hujjatlar
Korxonada lokal normativ-huquqiy hujjatlar qanday tartibga solinadi? Bu savolga mehnat huquqi sohasi eksperti Abdusalom Risqullayev «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursida javob beradi. Kurs 16 iyul kuni «Norma» professional rivojlanish markazida boshlanadi
TOP-3: Buxgalterlar malakasini oshirishlariga toʻsiq boʻladigan bahonalar
Tashkilotda soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi, qonun normalariga muvofiq hisob yuritish, moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish va boshqalar buxgalterga bogʻliq. Aynan shu bois boshlovchilar ham, tajribali mutaxassislar ham oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari foydadan xoli boʻlmaydi. Buxgalter bilimini sinab koʻrishiga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
Xalqaro kelishuvlarda mulk huquqini e’tirof etish haqida batafsil
«Eksport-import operatsiyalari: hisob, soliq solish, xatoliklar» seminarining asosiy mavzusi mulk huquqini e’tirof etishning murakkab masalalari boʻldi. Mashgʻulotlar 2018 yil 11 iyulda «Norma» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladi
«Norma» nashriyoti bestsellerni qayta nashr qilmoqda
«Norma» iyul oyida Abdusalom Risqullayevning muallifligi ostida «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi» uchinchi nashrini chiqaradi. knigi.uz kitob internet-doʻkoni yangiliklarini kuzatib boring
Ish haqidan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qanday qilib toʻgʻri ushlab qolish kerak?
Soliq solish – ish haqini hisoblashdagi eng murakkab jarayon. «Norma» professional rivojlanish markazida boʻlib oʻtadigan «Ish haqi – boshlangʻich ma’lumotdan amaliyotgacha» navbatdagi oʻquv kursida ana shu mavzu yoritiladi. Mashgʻulotlar 2 iyuldan boshlanadi
Kitoblarni vaqtida oldilar
«Norma» nashriyoti knigi.uz kitob internet-doʻkonining dastlabki mijozlari oʻz buyurtmalarini oldilar. Qoraqalpogʻistonlik Bauirjan Tuzekenov ham ular sirasiga kiradi. Shu munosabat bilan u muxbirimizning savollariga javob berdi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


