Paxtani qayta ishlash uchun bino va inshootlar boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi
Ular paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkilotchilariga ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida modernizatsiya qilish sharti bilan sotiladi.
1 yanvardan yoʻlkira haqini oshirishni rejalashtirishmoqda
QHTBT portalida Toshkent shahar hokimining “Yangi tariflar joriy qilinishi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlash tartibi oʻzgartirildi
Xususan, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat byudjetidan subsidiyalar toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi
U gidroenergetika, irrigatsiya, melioratsiya, qishloq xoʻjaligida innovatsion texnika va texnologiyalar, suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va boshqa yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlaydi.
Hududlarda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari paydo boʻladi
2022 yilda tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda 29 ta massiv quriladi.
Avtomobilda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari ochiq tenderlar yakunlari boʻyicha taqsimlanadi
Chora-tadbirlar avtomobil transportida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yanada yaxshilashga yoʻnaltirilgan.
Voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishda psixolog ishtirok etishi mumkin
Pedagogni va (yoki) psixologni soʻroq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi.
Pedagogik mahorat markazining vazifalari belgilandi
Ular jumlasiga xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalaridagi oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash va sertifikatlash ham kiritilgan.
Uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirildi
Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritildi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi
U amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtatlar soni saqlangan holda Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi.
Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi
Uning vazifalari orasida - fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini hamda bu borada oʻtkaziladigan tadqiqotlarini va ijtimoiy soʻrovlarini moliyalashtirish.
Nima uchun XYT daftarchasidan foydalanish huquqidan mahrum qilishadi
Xalqaro tashuvchilarni yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Asosiy stavka yana oʻzgarishsiz qoldirildi
Yillik inflyatsiya koʻrsatkichlarining pasayishi bilan birga qator inflyatsion xatarlar saqlanib qolmoqda, shu munosabat bilan MB asosiy stavkani yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.
Oliy Majlis Senatining XXII yalpi majlisi 15 dekabrda boʻlib oʻtadi
Unda “2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi, “Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlar koʻrib chiqiladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Klasterlarni tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xomashyosining kamida 50%ini oʻzida qayta ishlash quvvati mavjud boʻlgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi.
XYT daftarchasi qanday olinadi
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Kam ta’minlangan fuqarolarning yashash sharoitlari yaxshilanadi
«Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan uy-joyga muhtoj boʻlgan xotin-qizlarni, shuningdek boshpanasiz qolgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hokim yordamchilari oʻqishga yuboriladi
Keyingi yildan boshlab oliy ma’lumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilari davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Qurolli Kuchlarning 30 yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi
U bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar taqdirlanadi.
XYT daftarchasi qanday qoʻllaniladi
1975 yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizom tasdiqlandi.
Tuman (shahar) hokimlarining biznesni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari boʻladi
Ular mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay oʻrganish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki beradigan omillarni belgilash va boshqalar bilan shugʻullanadilar.
Apostil DXM va YaIDXP orqali qoʻyiladi
2022 yil 1 martdan boshlab rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati taqdim etiladi.
Termizda yangi institut tashkil etiladi
Unda geologiya va konchilik tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi.
Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari binolari turar joy toifasiga qanday oʻtkaziladi
Ularni turar joy toifasiga oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
“Avtomobil tarixi”da uning barcha YTHlari koʻrsatiladi
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanilishi ustidan nazorat kuchaytirildi
Xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yaratilishi, ishlab chiqarilishi, Oʻzbekiston hududiga olib kirilishi, tashilishi, realizatsiya qilinishi, sotib olinishi, saqlanishi va foydalanilishi taqiqlanadi.
Import qilinadigan tovarlarga tarif kvotalari joriy qilinadi
Kvotalar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qaroriga muvofiq import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadi.
Uy-joylar arzonlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 dekabr kuni qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


