Namangandagi yangi tumanning boshqaruv tuzilmasi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi Davlatobod tuman hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv xodimlarining sonini tasdiqladi.
Auditorlik faoliyati, Kasaba uyushmalari kuni va tadbirkorlik
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu sohalarda munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi
Energetika tashkilotlarida xizmat binolari va kerakli yongʻin oʻchirish texnikasi bilan ta’minlangan yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Sud qarorlarini ijro etishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Faoliyatni boshlash va tugatish toʻgʻrisida xabardor qilishni unifikatsiyalashni rejalashtirishmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Ta’lim olish uchun toʻlov: soliq chegirmasidan toʻliq hajmda qanday foydalanish mumkin
Soliq toʻlovchining Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan daromadlariga soliq solinmaydi. Qanday holatlarda mazkur imtiyozdan toʻliq hajmda, qanday holatlarda esa qisman foydalanish mumkin?
Statistika metodologiyalari auditi qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi.
Kredit byurolarini litsenziyalash tartibi oʻzgartirildi
Xususan, kredit byurosining ijro organi rahbari oliy iqtisodiy ma’lumotga ega boʻlishi, nomzod ijro organi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan yuridik shaxsda bankrotlik holatlari mavjud boʻlmasligi, iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun sudlanganlik holati boʻlmasligi kerak.
Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori belgilandi
Markaziy bank bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini belgiladi.
Yangiyoʻlda yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi
Uning hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari joylashtiriladi.
Qoraqalpogʻistonda - yanada koʻproq soliq imtiyozlari
2020–2023 yillarda Qoraqalpogʻistonni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
YHQni buzish holatlari boʻyicha telefon, video- va fotokameralar yozuvlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 20.09.2018 yildagi 747-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
2020 yil 9 oyi uchun Davlat byudjeti yakunlari nimadan dalolat bermoqda
Moliya vazirligi 2020 yil 1 oktyabr holatiga koʻra Davlat byudjeti ijrosi tahlilini ma’lum qildi. norma.uz iltimosiga koʻra «Norma» kompaniyasining yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeV idoraning sharhiga tushuntirish berdi.
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etildi
Uni oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar oladilar.
Korxona va tashkilotlardagi elektr qurilmalari sertifikatlangan boʻlishi lozim
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish va elektr qurilmalari xavfsizlik texnikasi qoidalari tasdiqlandi.
Oʻzbekistonda zararli organizmlardan xoli hududlar belgilanadi
Chora-tadbir karantin ostidagi mahsulotlarning ham respublika ichida, ham eksport qiluvchi mamlakatlardan xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan.
«Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi har yili tashkil etiladi
Tadbir dunyo musiqa san’ati sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangi ijod namunalari, musiqa uskunalari va cholgʻu asboblarini mutaxassislar, san’atkorlar, san’atshunoslar va keng omma e’tiboriga havola etishga qaratiladi.
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq davlat xizmatlari koʻrsatiladi
Kompleksga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qoʻyilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysini roʻyxatga qoʻyish, nafaqa toʻlash kiradi.
Poytaxtning yangi tumanida hokimlik tashkil etildi
Yangihayot tumani Toshkent shahrida poytaxtning Sergeli va Bektemir tumanlari hamda Toshkent viloyatining ayrim tumanlari hududlarining bir qismini birlashtirish hisobiga tashkil etilgan.
Qoraqalpogʻistonda "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi
Bogʻ muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish dasturi doirasida tashkil etilmoqda.
Korxonani sotishda qanday soliqlar toʻlanadi?
Buxgalter.uz DSQ mutaxassisi Nazokat XOLMATOVAdan korxonani mulkiy majmua sifatida sotishning soliq oqibatlari haqida soʻzlab berishni iltimos qildi.
Arxiv hujjatlari bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi
Xususan, davlat arxivlarida arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun ariza berish yoki rasmiy xat taqdim etish zarur. Ijobiy qarordan keyin foydalanuvchiga oʻquv zallarida ishlash uchun bir yil muddatga ruxsatnoma taqdim etiladi.
Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining vazifalari belgilandi
Bir oy muddatda qoʻmitaning hududiy boʻlinmalarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, shuningdek «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi huzuridagi Pillachilikni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari belgilanadi.
Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisi 20 noyabr kuni boʻlib oʻtadi
Bu haqdagi qaror Oliy Majlis Senati Kengashining 11 noyabrda boʻlib oʻtgan majlisida qabul qilindi.
OTMga kirishda testlar sifati oshiriladi
Prezidentning 6.11.2020 yildagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4884-son qarori qabul qilindi.
UKX tizimi byudjet tashkilotlariga ustamalar oshirildi
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi tashkil etiladi
U kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida oʻrta maxsus professional ma’lumotli kadrlarni tayyorlaydi.
Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi
Bojxona yigʻimlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi, qator stavkalar pasaytirildi, ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllash oʻrniga yigʻimlar joriy etildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


