Kasbiy ta’lim tizimi isloh qilinadi
Xalqaro va qoʻshma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar soni kamida 250 taga yetkaziladi.
Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi tashkil etilmoqda
U tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari oʻrtasida vujudga kelgan soliq nizolarini koʻrib chiqib, ular yuzasidan xulosalar chiqaradi.
Hokimiyat organlari xodimlarining ishi qanday baholanadi
Faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari har yil uchun ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, ularning bajarilishi har chorakda va yil yakunida "samaradorlik.uz" elektron platformasi orqali baholanadi.
Fuqarolarni kredit bilan bogʻliq tavakkalchiliklar toʻgʻrisida xabardor qilish uchun chek-varaqlar joriy etilmoqda
Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan banklarning shaffofligi, mas’uliyati va mijozlar huquqlarini himoya qilishni oshirishga qaratilgan bir qator yangi talablar belgilandi.
"O'zbekiston qayta sug'urta kompaniyasi"ning vazifalari belgilandi
Ulardan biri - respublika iqtisodiyotiga xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishda toʻgʻridan-toʻgʻri va portfel investitsiyalarni, tavakkalchiliklarni kompleks qayta sugʻurta himoyasini ta’minlash.
Yirik qarz oluvchilar kreditlarining xatarlar darajasi ustidan nazorat oʻrnatildi
Yirik qarz oluvchilarning moliyaviy holati boʻyicha uch toifaga – "past xatarli", "oʻrta xatarli" va "yuqori xatarli" toifalarga boʻlinadi.
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Uning vazifasi – kasbga oʻqitish sifatini yaxshilash, ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish va xalqaro standartlarga mos keladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Haydovchilik guvohnomasida "A1" kichik toifasi paydo boʻladi
2026 yil apreldan Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari joriy etiladi.
Sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish uchun qanday imtiyozlar olish mumkin
Prezidentning PQ-189-son qarorida sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantiruvchi investorlar uchun salmoqli imtiyozlar paketi, shu jumladan QQS va foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar nazarda tutilgan.
Energiya samaradorligini oshiruvchi qurilmalarni oʻrnatish xarajatlarining bir qismi qoplanadi
Xususan, uy-joy binolarini energiya tekshiruvidan oʻtkazish, quyosh panellari va quyosh kollektorlarini sotib olish va oʻrnatish xarajatlari subsidiyalanadi.
Ta’lim xizmatlarining huquqiy asoslari takomillashtirildi
Ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha ta’limning huquqiy asoslarini belgilovchi oʻzgartrish va qoʻshimchalar kiritildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar tahlilini taqdim etadi.
Qaysi voyaga yetmagan mahkumlar sudlanmagan deb tan olinadi
Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarini qurish uchun 20 milliard soʻm ajratiladi
Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarini maqbul joylashtirish bilan jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlangan tumanlar (shaharlar) hududida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Dorixonalar va tibbiyot muassasalari faoliyatini "sirli mijoz" tekshiradi
Iste’molchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish va "sirli mijoz" va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tajriba tariqasida NNT tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilayotgan turar joy majmualarining nomlari davlat tilida boʻladi
Hukumatning qurilish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Maxsus yuklar va qoʻshinlar tranzitiga ruxsatnoma berish tartibi soddalashtirildi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga vakolatli boʻlgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari belgilandi.
Mamlakatning yoʻldosh aloqasi qamrovi kengayadi
Oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tarmoqlarini tashkil etish bilan bogʻliq loyihalarga imtiyozlar berilgan.
Arxeologiya ob’yektlarining davlat katalogi qanday yuritiladi
Ushbu ob’yektlar davlat tasarrufiga oʻtkazilib, ilmiy, madaniy va ta’lim muassasalariga biriktiriladi.
Mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari kengaytirildi
Surxondaryo viloyatining tuman (shahar)laridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari tajriba tariqasida tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga oʻtkaziladi.
Mediatsiya instituti takomillashtirilmoqda
Ayrim qonun hujjatlariga nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi isloh qilinmoqda
Energetika va yirik ishlab chiqarish ob’yektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavflarni boshqarish va texnogen avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha yangi standartlar va metodikalar ishlab chiqiladi.
Madaniy meros ob’yektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligi monitoring qilinadi
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.
Tyutorlarning vazifalari va ularga qoʻyiladigan talablar belgilandi
Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Suv resurslarini boshqarish tizimiga DXSh joriy etilmoqda
2027 yil oxirigacha Namangan viloyatidagi nasos stansiyalarining 100 foizi uning namunali tajribasini hisobga olgan holda DXSh asosida boshqaruvga oʻtkaziladi
Davlat tili imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qanday erishish mumkin
Oʻzbek tilining dunyo tillari orasidagi oʻrni va xalqaro maqomini oshirishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya har yili oʻtkaziladi.
Musiqa va jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga sertifikatlar beriladi
V+ va undan yuqori darajadagi sertifikat uchun oylik maoshga ustama beriladi.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi
Ulardan biri – sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, DXSh bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
PRMda seminar: ustav fondi va u bilan bogʻliq barcha masalalar
«Korxonaning ustav fondi – belgilanishi, shakllantirish, hisobga olish tartibi. Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar» – «Norma» PRMda 13 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan bonusli seminar shunday nomlanadi. Tadbir korxonalar rahbarlari, bosh buxgalterlar, moliyaviy direktorlar, auditorlar va soliq maslahatchilari uchun qiziqarli boʻladi
Virtual mahsulotlarga real chegirmalar!
NRM.UZ Internet maydoni ilk marotaba jismoniy shaxslarga Norma kompaniyasi mahsulotlaridan nisbatan katta boʻlmagan haq evaziga foydalanish imkoniyatini taqdim etadi
Avtotransportga xarajatlarni qanday toʻgʻri hisoblash mumkin?
«Korxonada avtotransport: xarajatlarni rasmiylashtirish va hisobga olishning oʻziga xosliklari» — «NORMA» professional rivojlanish markazida 7 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan navbatdagi bonusli bir kunlik seminar aynan shunday nomlanadi
Oʻzbekiston qonunchiligidan erkin onlayn foydalanish imkoniyati
Bizda ajoyib yangilik bor! Ilgari yozganimizdek, NRM.UZ loyihasi doirasida barcha saytga tashrif buyuruvchilar toʻlovsiz va roʻyxatdan oʻtmasdan foydalanishlari mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining toʻliq bazasini taqdim etamiz! 70 000 dan ortiq hujjatlarni ikki tilda topishingiz mumkin! Bularning barchasi on-line rejimida! Internetga ulangan har qanday qurilmadan foydalanishingiz mumkin!
Boshlovchilar uchun buxgalteriya hisobi kursi
2017 yil 7 fevral kuni boshlanadigan ushbu kurs buxgalteriya hisobining elementlaridan boshlab, amaliy misollarda balans tuzishgacha boʻlgan bilimlarni sodda tilda tushuntirib berishni nazarda tutadi
Diqqat! Aksiya!!!
«NORMA» gazetalari birlashgan tahririyati» MChJ obunachilari orasida yangi aksiya oʻtkazmoqda
Norma kompaniyasi mahsulotlari onlayn qobiqda
Norma kompaniyasi oʻz mahsulotlari uchun NRM.UZ onlayn maydon tashkil etdi. Tadbirkorlar, buxgalterlar, yuristlar, kadrlar boʻyicha mutaxassislar orasida ommabop boʻlgan oʻrnatiladigan axborot elektron tizimlarni endi global tarmoqdan ham topishingiz mumkin
Mehnat huquqi: qoʻllash tajribasi, ish beruvchining odatiy xatolari
Navbatdagi bonusli seminarda Norma kompaniyasining katta eksperti Abdusalom Risqullayev xodimlarni ishga olishni huquqiy jihatdan nazorat qilish, hujjatlashtirish, boshqa vazifaga oʻtkazish, xizmat joyini oʻzgartirish, ishdan boʻshatish masalalarini tahlil qiladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


