Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi qarz shartnomalarini hisobga qoʻyish kerak, jarimalar boʻladimi? Soliq qoʻmitasi sizning savollaringizga javob berdi Soliq qarzini qarzdordan undirish: suiiste’mol qilish xavfi QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi?
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
17.06.26

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer va imoratlarga boʻlgan huquqlarni tan olish tartibi soddalashtirilmoqda

Fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish muddatlari qisqartirildi hamda noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni tan olish mexanizmlari takomillashtirildi.

16.06.26

Mehmonxonalarga "yashil" sertifikatlar xarajatlarining yarmi qoplab beriladi

Xalqaro e’tirof etilgan ekologik standartlarni joriy etgan mehmonxonalar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Ularga belgilangan talablarga rioya qilgan taqdirda "yashil" sertifikatlar uchun xarajatlar kompensatsiya qilinadi.

16.06.26

Sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etishning yangi qoidalari belgilandi

"Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida"gi yangi Qonunning kuchga kirishi ekspertizalar oʻtkazishga, mutaxassislar maqomiga va sud-ekspertiza tashkilotlari ishiga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.

15.06.26

Ish tashlash masalalari tartibga solindi

Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi, xususan, ish tashlash huquqi joriy etilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga yangi normalar kiritildi.

15.06.26

Eng yaxshi muhandislik loyihalariga ega maktablar Prezident mukofoti uchun kurashadi

8-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Ilgʻor muhandislik maktabi" milliy tanlovini oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Tanlov STEM fanlarini oʻqitish sifatini oshirish, muhandislik tafakkurini rivojlantirish va ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etayotgan maktablarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

15.06.26

Talabalarni davlat oliy ta’lim tashkilotlariga koʻchirishning yangi tartibi joriy etildi

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarni davlat OTTlariga koʻchirishning yangi qoidalari tasdiqlandi. Arizalar YaIDXP, maxsus platforma va davlat xizmatlari markazlari orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

15.06.26

Ixtirolarga patent berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi soddalashtirildi

Intellektual mulk sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi yangilandi. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va boshqa intellektual mulk ob’yektlariga patentlar berish va ularni oʻz kuchida saqlab turish boʻyicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

15.06.26

Intensiv mevali bogʻlar yaratiladi

Eskirgan bogʻlar yangilanadi va 2026-2028 yillarda 172 ming gektar sanoatlashgan bogʻlar barpo etiladi.

12.06.26

Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisidagi qonun: hududlarni yangilash – yagona qoidalar asosida

Hujjat turar joy va jamoat hududlarini yangilash mexanizmlarini belgilaydi, loyihalarni mulkdorlar bilan kelishish talablarini belgilaydi, kompensatsiya va aholini vaqtincha joylashtirish kafolatlarini mustahkamlaydi.

11.06.26

Paxta yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati uzaytirildi

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash choralari kengaytirildi, bu esa fermerlarga moliyaviy yukni kamaytirish va sohada davom etayotgan islohotlar sharoitida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.

10.06.26

Harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi

Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori oshiriladi.

10.06.26

Moʻmin Xurramovich Ashurov olamdan oʻtdi

2026 yil 9 iyun kuni katta ichki madaniyat, tiniq aql va noyob insoniy halollik egasi boʻlgan Moʻmin Xurramovich Ashurov vafot etdi.

10.06.26

Sudlarda korrupsiyaga qarshi nazorat kuchaytiriladi va raqamli kadrlar tizimi joriy etiladi

Ushbu chora-tadbirlar ixtisoslashtirilgan xizmatlarni tashkil etish, manfaatlar toʻqnashuvini monitoring qilish va sud apparati xodimlarining daromadlarini deklaratsiyalashni nazarda tutadi, bu esa sudlar faoliyatining shaffofligini oshirishi va jamiyatning odil sudlovga boʻlgan ishonchini mustahkamlashi kerak.

09.06.26

Eng yaxshi sun’iy intellekt startaplari prezident granti uchun kurashadi

Sun’iy intellekt sohasidagi istiqbolli startaplarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "President AI Award" tanlovini oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Gʻoliblar loyihalarni rivojlantirish uchun sarmoya oladilar, tanlovning oʻzi esa innovatsion yechimlarni ilgari surish maydoniga aylanadi.

09.06.26

“Nol energiya sarfli binolar” (ZEB) tizimi joriy etiladi

Binolarni “Nol energiya sarfli binolar” tamoyillari asosida modernizatsiya qilish, qayta ta’mirlash va qurish konsepsiyasi tasdiqlandi.

08.06.26

Qurilish xizmatlari raqamli formatga oʻtkaziladi

Qurilish sohasini isloh qilish ruxsat beruvchi hujjatlarni olish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish, qurilish jarayonlarining shaffofligini oshirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

05.06.26

Shahar avtobus yoʻnalishlarida yoʻl haqi chiqish vaqtida toʻlanadi

Shahar yoʻlovchi transporti tizimini modernizatsiya qilish davom etmoqda. Yangi chora-tadbirlar zamonaviy avtobus va elektrobuslarni olib kirishda imtiyozlar berish, avtobuslar, metro va shahar atrofi elektropoyezdlarini birlashtiruvchi yagona transport toʻlov platformasini joriy etishni nazarda tutadi.

05.06.26

Madaniyat, san’at va adabiyotni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda

Qoʻllab-quvvatlash dasturi ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishning yangi choralarini, soha tashkilotlari uchun soliq imtiyozlarini, kino sanoatini rivojlantirish va ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimini modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.

05.06.26

Koʻchmas mulk qachon texnik inventarizatsiyadan oʻtkaziladi

Koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazishni tayinlash asoslari va koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.

04.06.26

Sugʻurta agentlari faoliyati tartibga solindi

Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish uchun qoʻshimcha cheklovlar oʻrnatiladi, nomzodlarni ishga kirishishdan oldin majburiy oʻqitish joriy etiladi va insofsiz sugʻurta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi.

04.06.26

Harbiy san’at tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi

U mamlakatning harbiy tarixi, buyuk sarkardalar va milliy Qurolli Kuchlar rivojiga oid materiallarni birlashtiradi hamda zamonaviy multimedia yechimlari va sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlanadi.

03.06.26

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash koʻlami kengaydi

"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash doirasida yana ikkita ijtimoiy yordam turi joriy qilindi.

03.06.26

Suv fondi yerlaridan samarali foydalanishni qanday ta’minlash mumkin

Suvdan foydalanish sohasida bozor mexanizmlarini qoʻllash kengaytirilmoqda: suv fondi yerlarini shaffof ijara tizimi orqali xoʻjalik aylanmasiga yanada faol jalb etish rejalashtirilgan boʻlib, bu suv xoʻjaligi tashkilotlari uchun qoʻshimcha daromad manbalarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash imkonini beradi.

03.06.26

Yoshlarning biznes gʻoyalari qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Kelgusi uch yilda 300 mingdan ortiq yoshlarni imtiyozli moliyalashtirish va bandlik dasturlari bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Yangi mexanizmlar oʻqitish, oʻz ishini boshlash va biznes loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli mikroqarzlar va kreditlar ajratishni nazarda tutadi.

03.06.26

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni toʻlashda nimalar oʻzgardi

Ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan shaxslarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi MHTEKMning 5 baravarigacha miqdorda toʻlanadi.

02.06.26

Besh yillik ekologik monitoring dasturi tasdiqlandi

U atrof-muhit holatini, tabiiy ob’yektlarning ifloslanish darajasini va ekotizimlarga salbiy ta’sirning oqibatlarini tizimli ravishda kuzatish imkonini beradi. Kuzatuv natijalari muntazam ravishda yillik ekologik byulletenlarda e’lon qilib boriladi.

02.06.26

Kichik va oʻrta biznes yangi moliyaviy xizmatlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi

Prezidentning 26.05.2026 yildagi PQ-204-son qarorida belgilangan chora-tadbirlar kreditlashni jadallashtirish, sun’iy intellektni joriy etish va moliyadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ta’minlaydi.

01.06.26

Umumiy soliqlarga majburiy oʻtish chegarasi oshirildi

Prezidentning 26.05.2026 yildagi PF-100-son Farmoni kichik biznes uchun soliq tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik faoliyatini yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Kompaniya yangiliklari
06.08.18

Yuliya Galtseva: «Imtihon oldidan bevosita maslahat berganlari ma’qul»

Yuliya Galtseva Bir.uz tizimi attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib oldi. Bilimiga yarasha I toifali bosh buxgalter attestatini qoʻlga kiritdi

02.08.18

«Norma» nashriyotining bestselleri yana sotuvda

1 avgustdan Abdusalom Risqullayevning «Nastolnaya kniga menedjera po personalu» uchinchi nashri sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkonining xaridorlari nashrni ikki koʻrinishda sotib olishlari mumkin

01.08.18

Natalya Krasilnikova: «Bir.uz professional darajani saqlashda koʻmak beradi»

«CLASS SHINE» MChJ bosh buxgalteri Natalya Krasilnikova – Bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimining faol foydalanuvchisi. U 9 ta ixtisoslik boʻyicha elektron sertifikatlarni oldi. Oʻtgan shanba kuni esa II toifali buxgalter-kassir attestati beriladigan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdi

30.07.18

knigi.uz internet-doʻkoniga kirish uchun 5 ta sabab

«Norma» nashriyoti buxgalterlar, kadrlar ishi xodimlari va yuristlar uchun foydali boʻlgan kitoblarni xarid qilishning qulay usulini taklif qiladi. knigi.uz internet-doʻkoni xizmatlaridan foydalaning

26.07.18

2019 yilda qanday foyda olasiz?

Yangi soliq solish sharoitida tushum, tannarx va soliq yukini prognozlay olgan har bir tadbirkor bu savolga javob topa oladi. Norma PRMda oʻtkaziladigan maxsus trening bunda yordam beradi. Markaz kompaniyalar rahbarlari, muassislari va mulkdorlarini yangi soliq solish tizimining foydaga ta’sirini baholash noyob uslubiyati bilan tanishishga taklif etadi

25.07.18

Davlat Nazarov: «Direktor.uz da onlayn-kursdan oʻtdi, malaka imtihoniga navbat keldi»

Oʻnlab foydalanuvchilar Direktor.uz saytida onlayn-kursdan oʻtishdi. Ular orasida «Daewoo Textile» XK MChJ (Fargʻona) bosh menejeri Davlat Nazarov ham bor. Shu munosabat bilan u norma.uz portali muxbirining savollariga javob berdi

25.07.18

Korporativ oʻqishni tanlang

«Norma» professional rivojlanish markazi kompaniyangiz oldida turgan strategik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan korporativ ta’lim dasturlarini taklif etadi

19.07.18

Baxtiyor Xudoyberdiyev: «direktor.uz yordamida biznes yuritmoqchiman»

direktor.uz ish boshlashi bilan oʻzbek tilidagi masofaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda biznes asoslarini oʻrganish imkoniyati yuzaga keldi, bu juda samarali jarayondir, – deya qayd etdi norma.uz portali muxbiri bilan suhbatda buxorolik Baxtiyor Xudoyberdiyev

Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.