Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi qarz shartnomalarini hisobga qoʻyish kerak, jarimalar boʻladimi? Soliq qoʻmitasi sizning savollaringizga javob berdi Soliq qarzini qarzdordan undirish: suiiste’mol qilish xavfi QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi? QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi?
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
03.07.25

Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxonaning dastlabki qarori qanday olinadi

Buning uchun manfaatdor shaxs bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishdan oldin bojxona organlariga murojaat qilishi kerak.

03.07.25

Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga boʻlgan talablar kuchaytirildi

Bunday moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish uchun litsenziya berishdan oldin Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishish zarur.

03.07.25

Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlaridan foydalanish qoidalari belgilandi

Kollektorlarni yaratish va joylashtirishga boʻlgan umumiy talablar «Qurilishda xavfsizlik texnikasi» shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.

02.07.25

Melioratsiya boʻyicha dasturlar qanday shakllantiriladi

Kelgusi yil uchun hududiy dasturlarni ishlab chiqish maqsadida har yili 15 yanvarga qadar viloyat va tuman ishchi guruhlari tuziladi.

02.07.25

Nogironlik pensiyasi va kompensatsiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi tasdiqlandi

Pensiyani tayinlash yoki tayinlashdan bosh tortish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda fuqarolarning mobil qurilmalariga SMS-xabar koʻrinishida yuboriladi.

01.07.25

Gʻaznachilik xizmati va pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimlari tugatiladi

Shuningdek fuqarolarning pensiya toʻlovlariga undirish qoʻllanishidan oldin ular bu haqda oldindan xabardor qilinadi.

01.07.25

Soliq kodeksida OʻRQ-1071-son Qonun boʻyicha nimalar oʻzgardi va tuzatishlar qachon kuchga kiradi

Soliq kodeksiga 27.06.2025 yildagi OʻRQ-1071-son Qonun bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

01.07.25

Zargarlik sohasini qoʻllab-quvvatlashga 100 mlrd soʻm ajratiladi

Prezident qarori bilan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni sanoat darajasiga olib chiqish, jumladan xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

30.06.25

Barcha qamoqqa olinganlar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

Chora qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

27.06.25

Banklarni sanatsiya qilish va tugatishning huquqiy asoslari belgilandi

Qabul qilingan «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida»gi Qonunning ta’siri banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga tatbiq etiladi.

27.06.25

1 iyuldan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2025 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

26.06.25

Sogʻliqni saqlashning yangi modelini joriy qilish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi boshlanmoqda

Uning doirasida tuman tibbiy birlashmalari bazasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi.

26.06.25

Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari boʻlgan korxonalariga imtiyozlar beriladi

Shuningdek «qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish» yoʻnalishi toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar tarqatiladigan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxatiga kiradi.

26.06.25

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari kengaytirildi

Ular endi davlat koʻchmas mulki ekspluatatsiyasi uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash, avtomobillar harakati tezligini tartibga soluvchi yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berish huquqiga ega.

25.06.25

«Eng namunali yashil turizm ob’yekti» tanlovini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi

Uning vazifalari – turizm ob’yektlarida plastik mahsulotlar va chiqindilardan foydalanishni kamaytirish, atrof-muhitni va ekologiyani muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion yechimlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va boshqalar.

25.06.25

Qanday kasalliklar bepul davolanadi

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.

24.06.25

Kuryerlik xizmatiga talablar belgilandi

Yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatishning asosiy tamoyillari orasida ishonchlilik va oʻz vaqtida yetkazish turibdi.

24.06.25

Yangi davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi bir yilga tuziladi

Endilikda davlat xizmatchilari har kuni jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishadi.

23.06.25

BTSYo muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

Shunday qilib, bepul tibbiy xizmatlarga bemorlarni qabul qilish, davolash va maslahat berish, bolalarni yosh toifalari boʻyicha davriy profilaktik va skrining tekshiruvlari, tahlillar va tekshiruvlar va boshqalar kiradi.

23.06.25

Togʻli va choʻl hududlarda turizm subsidiyalar bilan qoʻllab-quvvatlanadi

Ular ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualarini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplashga yoʻnaltiriladi.

23.06.25

Milliy malaka tizimi sohasida nimalar oʻzgaradi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator NHH tasdiqlandi, shular orasida – Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha Respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom va Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti mavjud.

20.06.25

"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustamalar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan suv xoʻjaligi birlashmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

20.06.25

Kimga imtiyozli ijtimoiy xizmatlar uchun vaucher beriladi

"Inson" markazi tomonidan berilgan vaucher boʻyicha ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari koʻrsatilgan xizmatlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadigan subsidiya koʻrinishida qoplanadi.

20.06.25

Avtotransportni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplanadi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ushbu davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

20.06.25

Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi

Ular qimmatli qogʻozlar hisobini tashkil etish va yuritishning yagona prinsiplarini belgilaydi, depozitar operatsiyalarni amalga oshirish tartibini, hujjat aylanishi va boshqalarni belgilaydi.

19.06.25

Qimmatli qogʻozlar qanday yoʻq qilinadi

Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha Yoʻriqnomaning yangi tahrirda qabul qilinishi bu sohaning raqamlashtirishni tezlashtirish va infratuzilmasini rivojlantirishga imkon beradi.

19.06.25

«Yashil» davlat xaridlari tizimi joriy etilmoqda

2026 yil 1 yanvardan boshlab eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha xarid hujjatlariga ekologik mezonlar majburiy tartibda kiritiladi.

18.06.25

MIB Majburiyatlar reyestrini yuritadi

Reyestrdagi ma’lumotlar 10 yil saqlanadi va unga ijro hujjati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning kiritilishi qarzdorni bankrot deb topish tartibiga toʻsqinlik qilmaydi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.